Tarixiy yondashuv turli davlatlarda ta’limning davrlar va o’zgarib boradigan tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarda rivojlanish jarayoni, dinamikasini tahlil etish va tavsiflash imkonini beradi. Ushbu yondashuvni amalga oshirish jarayonida u yoki bu davlatning ta’lim tizimini shakllantirish va rivojlantirishga poydevor vazifasini bajargan tarixiy voqea hamda hodisalarni hisobga olish zarur.
Madaniy yondashuv jamiyatning umumiy madaniy rivojlanishi asosida ta’lim jarayonida yuz beradigan o’zgarishlar, yuksalishlarni kuzatish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |