Insonparvar yondashuv ta’lim jarayonida shaxs, uning o’rni, ahamiyatini aniqlash yo’l va usullarini tushunishga yordam beradi. Bu o’rinda pedagogning ham, tarbiyalanuvchining ham subyekt pozitsiyasi asosiy o’rinda turadi. Turli mamlakatlarda ta’limning insonparvar rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilish hamda ta’limni insonparvarlashtirishda o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shgan ta’lim va maorif arboblarini o’rganishga yordam beradi. Shuningdek, bu yondashuv turli ta’lim tizimlarida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro munosabatni, u yoki bu ta’lim muassasasida har bir ta’lim oluvchining ijtimoiy va individual pozitsyasini tushunishga ham yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |