Kompleks yondashuv zamonaviy ta’limning ko’proq ahamiyatga ega bo’lgan komponentlarini (masalan: ta’lim mazmuni, metodlari, ta’limni tashkil etish shakllari, tarbiya qadriyatlari, ta’limni asosiy bosqichlari yoki darajalar sh.k.)ni ajratish va tahlil etish ahamiyatli sanaladi. Ushbu yondashuvni qo’llash orqali turli ta’lim tizimlarini u yoki bu asosini o’zaro taqqoslash mumkin bo’ladi. Turli ta’lim tizimlarini taqqoslash uchun zamonaviy ta’lim tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi ta’lim va tarbiya maqsadi (bu ta’lim tizimi g’oyasi to’g’risida tasavvur hosil qiladi) muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |