scuoleparitarie
scuole private autorizzate
Bulardan birinchisi scuoleparitarie maktablari bo`lib, ular 2000 – yildan buyon davlat ta’lim muassasasi sifatida bitiruvchilarga guvohnoma berib kelmoqda.
Ikkinchi turi esa, scuole private autorizzate maktablaridir. Bunday maktablarning o`ziga xosligi shundaki, ularni ma’lumotga ega bo`lmagan, shuningdek, yuridik shaxs bo`lmagan o`rta maktabni bitirgan fuqarolar boshqaradi. Bunday maktablar bitiruvchilarga sertifikat berish huquqiga ega emas.
Shuningdek, Italiya ta’lim tizimida anchagina nom qozongan xususiy ta’lim muassasalari mavjud. Bular Steynarian maktablaridir. 2000 – yil 11 – sentabrda Italiya ta’lim vazirligi qabul qilgan shartnomaga ko`ra, bu maktablarga faqat boshlang`ich sinflarni tashkil etish uchun ruxsat berilgan bo`lib, ularda Montessori metodi bo`yicha dars o`tiladi shu bois, bunday sinf rahbarlaridan maxsus Montessori didaktikasi differensial diplomiga ega bo`lish talab etiladi.
Italiya maktablarida ko`p miqdorda o`qituvchilar uchun alohida darsliklar va yordamchi materiallar mavjud. Biroq o`qituvchilar o`zlari istagan boshqa darsliklardan foydalanishlari mumkin. Bu esa, natijalarning samarali bo`lishini ta’minlaydi. Italiya maktabi ta’lim tizimininig boshqa davlatlar ta’lim tizimidan o`ziga xos farqli jihatlaridan biri shundaki, Italiya maktablarida multi sinflar mavjud. Bunday sinflar o`quvchilarini turli yoshda bo`lgan bolalar tashkil etadi. Ularning soni 6 dan 12 nafargacha bo`ladi. Multi sinf o`quvchilari birgina o`qituvchi nazoratiga topshiriladi. Lekin bunday sinflar barcha maktablarda mavjud emas. Ular faqatgina tog`li jorlarda, aholi juda kam joylashgan hududlardagi maktablarda tashkil etiladi. Bu sinfda ota – onalar bolalari bilan shug`ullanish imkoniyati bo`lmagani yoki boshqa sabablarga ko`ra band oilalar farzandlari tahsil olishadi. Maktabda o`quv jarayonini tashkillashtirish maktabning hududiy joylashuvi hisobga olingan holda olib boriladi. O`quv yili 1 – sentabrdan boshlanib, yozgi ta’til 30 – iyundan boshlanadi. Maktab bitiruvchilari bitiruv imtihonlarini iyul oyida topshiradilar.
Boshlang`ich maktablarda darslar haftasiga 27 – 30 soatni tashkil qilsa, shundan 3 soati chet tilini o`rganishga ajratiladi. Dars jadvalini rejalashtirish jarayonida asosiy e’tibor fanlarni bir xil taqsimlashga qaratiladi.
Umumiy modul tizimidagi maktablarda (haftada 27 soat) haftada 5 kun o`qitiladi. O`quv jarayoni 40 soatni tashkil etadigan maktablar ham haftasiga 5 yoki 6 kun ishlaydi. Soatning ko`pligiga qarab darslar umumta’lim maktablar uchun 8:30 dan 16:00 gacha olib boriladi. O`rtadagi tanaffus uchun 30 daqiqa vaqt ajratiladi. 5 - sinf yakunida o`quvchilar esame di licenza elementare, ya’ni boshlang`ich ta’limning yakunlanishi imtihonini topshirishdi. Shundan so`ng, ikkinci bosqich scuola mediaga o`rta ta’limga o`tadilar. Imtihonda nafaqat o`quvchi, balki o`qituvchining salohiyati ham tekshiriladi. Ya’ni, o`quvchi ustozidan olgan bilimni qanchalik egallaganini ko`rsata olishi kerak. Test savollarida matematika va mantiq fanini o`zlashtirish darajasi tekshiriladi. Boshlang`ich ta’limni tugatgach, birinchi bosqich imtihonini topshirgan o`quvchiga maxsus guvohnoma beriladi. Bu hujjat ta’limning ikkinchi bosqichiga o`tish huquqini beradi.
Italiya ta’lim tizimi boshqaruvida asosiy e’tibor boshlang`ich ta’limni to`g`ri tashkil etishga qaratilishi bejiz emas. Chunki aynan shu bosqich keyingi ta’lim jarayonlarining samarali olib borilishini ta’minlaydi. O`quvchilar haftada besh kun 30 soat o`qiydilar. Har bir ta’lim bosqichining oxirida imtihon o`tkaziladi. Baholar og`zaki tartibda “juda yaxshi”, “durus” va “past” darajalarda baholanadi. Italiyada birinchi besh yillikda ya’ni ikki bosqichni tugatganidan so`ng yozuvga oid va og`zaki imtihon olinadi. Uning natijasiga qarab oquvchilarga shahodatnoma majburiy beriladi va ular o`rta maktabga o`tadilar. Qayerda o`qishlaridan qat’iy nazar, ta’lim 14 yil. Italiyada o`quvchilar bu bosqichda italyan tili, tarix, geografiya, matematika va tabiiy fanlar, xorijiy til, san’at, musiqani o’rganishadi. So’ng yil oxirida imtihon topshiriladi. Italiyada o’quvchilar imtihonlarda italyan tili, matematika va chet tilidan – yozma, qolgan fanlardan – og`zaki imtihon topshiradilar.
Italiyada litsey tizimi Umumiy maktablardan keyin universitatga kirish uchun litseylarda tayyorlanishadi. Universitetlarga tayyorlanish litseylarda amalga oshiriladi. Litseylarning uch turi mavjud: Klassik Texnikaga oid litseylar Litseylar dasturi quyidagilarni o`z ichiga oladi. Italyan adabiyoti, lotin tili, matematika, fizika, tabiiy fanlar, falsafa, tarix. Bitiruvchilar topshiradigan imtihonlar fransuzlarning topshiradigan imtihonlariga juda ham o`xshash. Oliygohga kirish yetuklik attestati orqali qabul qilinadi. Klassik litseyda oliygohga kirish uchun umumiy tayyorgarlik amalga oshiriladi va bitiruvchilar har qanday fakultetga o’qishga kirishga haqli. Italiya ta’lim tizimida oliy o`rta maktablar kasbga yo’llovchi o`quv korxonalar (texnik oliygohlar, san’at maktablari) va litseylar hisoblanadi. O’quvchilar boshlang`ich va o`rta ta’limda 14 + 5 yil ta’lim bilan 19 yil o`qiydilar. Oliy ta`lim
Italiya oliygohlarida ko`proq o`rta asr an’analari saqlangan. Bayramlarda Robin Gud uslubida kiyinishadi, turli rangdagi kepkalar kiyishadi.
Oliy ta`limning zamonaviy andozalari 2001–2002 yillarda qabul qilingan. Bugungi kunda bu ta’lim tizimida 60 000 professor dars beryapti. Italiyada dunyoga mashhur universitetlardan biri – Bolonskiy dorilfununi mavjud. Italiyada oliy o`quv yurtlari ikki turga: universitetlar; oliygohlar va kollejlar. Italiyada 83 ta universitetlar, shu jumladan: - 58 ta davlat universitetlari; - 17 ta nodavlat universitetlari; - 3 ta oliy maktablar; - 3 ta Politexnika universiteti. Ma’orif o`quv muassasalari nouniversitet sektorida bundan tashqari oliy ma`lumot olish mumkin bo`lgan to`rt turdagi ta`lim muassasalari mavjud: 1. Oliy dizayn maktablari; 2. Politexnika, san`at oliygohlari; 3. Nafis san`at akademiyasi; 4.Konservatoriya. Italiyada Milliy akademiyaning: oliy maktablar, til tayyorgarligi hamda oliy va yarim oliy ma’orif muassasalari faoliyat ko’rsatadi. Bir qator davlat va xususiy oliygohlarda xorijiy talabalar ommabop yo`llanma asosida ingliz tilida dizaynerlik ishi, san`at va modani o`rganishlari mumkin. Italiya dorilfununlarida bir necha yo’nalishli, bosqichli ikki turdagi o`quv dasturlari qo’llanib, ular yangi tartib va an`anaviylikka asoslangan. Avvalgi standartlarga mos ravishda yangi talablar bilan birinchi bosqichda o`qitish amalga oshiriladi. Oliy ta`limning birinchi bosqichida o’qish uch yil davom etadi Bakalavrlik dasturida asosiy mo`ljal o`qitishning umumiy ilmiy usullari, maxsus ta’lim hamda kasb malakalarini egallashni maqsad qilib qo’yilgan. Oliy ta`limning ikkinchi bosqichida yangi tizim bilan mos ravishda ikkinchi pog`ona ta`lim dasturlari bo`yicha mutaxassislar tayyorlanadi, dasturlarni ixtisoslashtirish madsadida birinchi bosqichni davom ettirgan holda magistirlik dasturlari davom ettiriladi. Ikkalasida o’qish uch yil. Talabalar uchinchi bosqichda oliy ta`limni davom ettirish uchun yangi sistemada aspiranturani o`qiydilar.
Rimda 5 ta katta universitetlardan biri La Sapienzaga 200 ming abiturient hujjat topshirib, ortiqcha bo`sh o`rin yo`qligi sababli 10 abiturientdan 3 abiturient o’qishga qabul qilinadi. Diplom olgan talabalar Angliya va Germaniyaga qaraganda 3 baravar kam.
Kimyo, me’morchilik, odontalogiyani o`rganish 5 yil, tibbiyot 6 yil.
Mutaxasislar bakalavriat va magistraturani tugatgandan so’ng akademik daraja olish uchun malakaga oid imtihon topshirib, o`qishni aspiranturada davom ettirishadi. Aspiranturada o`qish 3 yil davom etadi.
Imtihonlar yozma va og`zaki shaklda o’tkaziladi. Adabiyot, tarix, tilshunoslik, filologiya odatda og`zaki topshiriladi. Har qaysi imtihon 99,9% mustaqil tayyorlanishni talab qiladi.
Italiya ta’lim tizimida har xil tilga oid kurslar tashkil etilgan. Til o’rganish kurslarining turli ko’rinishlari tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |