TARBIYA JARAYONI - o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni.
TARBIYA MAZMUNI - shaxsning shakllanishiga qo’yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyati.
AXLOQIY TARBIYA – muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo`lgan tartib, odob, o`zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o`quvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko`nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo`naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
AQLIY TARBIYA - shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to`g’risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga yo`naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |