MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………...4
I BOB. Internet haqida ma’lumot
1.1§ Internet tarixi……………………………………………………....6
1.2§ World Wide Web……………………………………………….…6
1.3§ Internet Explorer dasturi………………………………………… 12
II BOB. Web sahifalarni yaratish uchun dasturlar
2.1§ HTML tili…………………………………………………………16
2.2§ HTML redaktorlari………………………………………………..17
2.3§ PHP tili…………………………………………………………… 22
III BOB. Web – server va server texnalogiyalari
3.1§Lokal server – Denverni o’rnatish………………………………… 49
3.2§ Dastur kodining taxriri…………………………………………….54
IV BOB. PHP dasturlash tilida test olish dasturini loyihalash va yaratish
4.1§ Dasturni ishga tushirish…………………………………………… 57
4.2§ Test dasturidan foydalanish tartibi…………………………………61
4.3§ Dasturning kodi…………………………………………………… 64
Xulosa………………………………………………………………..70
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………….71
K I R I SH
Bugungi kunda XXI asrni tehnika asri deb atalmoqda. Bu bejiz emas albatta. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so`ng yurtboshimiz tashabbuslari bilan biz yoshlarga katta e`tibor berishmoqda. Shu e`tiborni debochasi sifatida oliygohlar, kollej va akadekmik litseylar, maktablar zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlanmoqda. Shundan kelib chiqib, hozirgi vaqtda inson hayotiga kompyuter jadal kirib kelmoqda deb bemalol ayta olamiz.
XIX asrdan boshlab bu mashinalarga o`hshash mashinalar juda ko`p qo`llanar edi. Asosan bu mashinalar harbiylar tomonidan qo`llanar edi. Lekin hisoblash tezligi juda past edi, chunki bu mashinalar hotiraga ega emas edi. Universal avtomatik hisoblash mashinani yaratish g`oyasi va loyihasi Kembridj universitetining proffesori Charl'z Beybidjga (1792-1871) mansubdir.
Uning loyihasi bo`yicha bu mashina hotira qismi, hisoblash qismi, boshqarish qismi va chiqarish qismiga ega bo`lishi shart edi. XIX asrning ohirida va XX asrning o`rtalarida fan va tehnikaning barcha sohalarida juda ko`plab kashfiyotlar va ihtirolar qilindi. Bu ko`p mehnat talab qiladigan mashinalarni yaratishga zarurat paydo qildi. Beybidjning loyihasi asosida ko`p olimlar mashinalar yaratishga harakat qilgan va 1941 yilda Govard Eyken elektromehanik rele asosida birinchi EHM (elektro hisoblash mashinasi) yaratdi. Bu mashinani nomi MARK-1 edi. Lekin uning tezligi shu zamon talablariga javob bermas edi.1943 yilda Jhon Mochli va Prespera Ekerta elektron lampalar asosida boshqa EHMni yaratgan. Uning nomi ENIAC edi. U MARK-1 dan ming marta tezkorroq edi, lekin uning ham kamchiliklari bor edi: ogirligi - 30 tonna; uzunligi 30 metr honani egallar edi; tarkibida 18 000 elektrolampalar bor edi; ishlash jarayoni juda murakkab va bu mashina juda tez ishdan chiqar edi. Shu kamchiliklarni bartaraf qilish uchun olimlar juda ko`p mehnat qilar edi. Birinchi EHM lar avlodi lampali deb nomlanadi. 1948 yildan elektron lampalar urniga kashf etilgan tranzistorlar qo`llana boshlandi va shuning uchun 2 avlod EHM lari tranzistorli deb nomlangan. 1959 yilda Robert Noys (INTEL firmani aratgan odam) bitta plastinada bir nechta tranzistorlarni joylashtirib integral shemalar yoki chiplarni yaratgan. 1968 yilda Burroughs firma tomonidan integral shemalarda ishlaydigan birinchi kompyuterni chiqardi. Uchinchi EHMlar avlodi katta integral shemali deb nomlanadi. To`rtinchi esa kichik integral shemali avlod deb nomlanadi.
Ma’lumki, xozirgi kunda WEB-saxifalarni yaratish eng zamonaviy dasturlashlardan xisoblanadi. Bir necha yil avval ko’plab WEB-saxifalarini yaratuvchilar statistik ma’lumotlargagina qo’llar edilar. WEB-saxifalar html-fayllardan tashkil topib, foydalanuvchi o’z brauzerini ishga yuklar va o’qiy olar edi. Sekin asta WEB –tarmog’ida foydalanuvchilar bilan aloqa uchun formalar yaratilib, qidiruv funktsiyalari hamda o’zaro axborot almashinish imkoniyatlari yaratila boshlandi, lekin saxifaga murojat qiluvchiga statistik ma’lumotlar avvalgidek ko’rinishda ifodalab berildi. Eng e’tiborli tomoni tarmoq magazinlari paydo bo’lib, oldi-sotdi ishlarini shu tarmoq asosida amalga oshiruvchi dasturlar ishlab chiqarila boshlandi.
Shu kunlarda esa, WEB-saxifalarini yaratish dasturlari eng asosiy qurollardan biriga aylanib koldi. Kompyuterlan foydalanuvchi o’z shaxsiy ish rejalariga ega bo’lib, bu ishlarni, ya’ni elektron pochtani tekshirish, ko’rish rejalarini tartibga solish kabilarni shu saxifa asosida amalga oshiradi. Xatto ba’zi bir maxsus ma’lumotlarni tarmoq orkali mijozga namoyish etish uchun ham saxifa ko’rinishida uzatilib beriladi.
Ushbu ma’lumotlarni inobatga olib, men diplom loyihamni yaratishda PHP dasturidan foydalandim. Diplom loyiha onlayn sinov test dasturini yaratishga qaratilgan.
Loyiha asosan besh qismga bo’lingan bo’lib, birinchi qismda kirish qismi. Ikkinchi asosiy qism. Bu qismda veb saxifa tayyorlash bo’yicha tavsiyalar, internet explorer dasturidan foydalanish va PHP tili haqida ma’lumot keltirilgan. Uchinchi qism texnologik qism. Bu qismda Denver serverni ornatish, vasturni ishga tushirish, test dasturidan foydalanish tartibi, dastur kodi kabi ma’lumotlar keltirilgan. To`rtinchi qismda hulosa va beshinchi qismda foydalanilgan adabiyotlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |