1868 yilda Toshkentda birinchi bosmaxonaning tashkil etilishi bilan Turkistonda kitob bosish, matbaachilik yo`lga qo`yildi. 1870 yilda bir qator kattaroq boshqa bosmaxona tashkil etilgandan keyin, «Turkestanskiye vedomosti» gazyetasi chiqarila boshlandi. Shu yildan e`tiboran bu gazetaning o`zbek va qozoq tillarida (arab alfavitida) ilovalari chiqa boshladi. Ana shu tariqa Turkistonda vaqtli matbuot tarixi o`z ilk qadamini tashladi. Huddi shu 1870 yilning oxirlarida Xorazmda ham toshbosma paydo bo`ldi. 1880 yilda Navoiyning «Hamsa»si («Xayratulabror»ning birinchi kitobi), «Devoni Munis» va «Devoni Raji» asarlari bosilib chiqdi. 1883 yilda «Toshkentda toshbosmada birinchi marta So`fi Olloyorning «Kitobi sabotulojizin»i bosilib chiqdi. Shu davrdan boshlab o`zbek va tojik tillaridagi kitoblar asosan toshbosmada chiqadigan bo`ldi. Turkiston xalqlari hayotida toshbosma katta rol o`ynadi. «Turkestanskiye vedomosti» gazetasining o`zbekcha va qozoqcha ilovalari 1883 yilda «Turkiston viloyatining gazeti» nomi ostida mustaqil chiqarila boshladi. 1898 yilda Toshkentda «Russkiy Turkestan», 1904 yildan boshlab Samarqandda «Samarqand» gazetalarini chiqarish yo`lga qo`yildi. 1905 yildagi inqilobiy ta`sirida«Russkiy Turkestan» va«Samarqand» gazetalarining rahbarligi bolsheviklar qo`liga o`tib ketdi. Podsho hukumati bu gazetalar faoliyatini taqiqlab qo`ygach ular o`z nomlarini o`zgartirib : «Turkiston», «Vperyod» «Russkiy Turkistan»), «Zaravshan», «Novoy Samarqand», «Russkiy Samarqand» («Samarqand») nomlari ostida chiqarila boshladi. 1906 yilga kelib bu gazyetalarni chop etish umuman taqiqlab qo`yiladi. XX asrning boshlariga kelib mahalliy milliy matbuotni yo`lga qo`yish borasidagi sayi harakatlar ijobiy yakunlandi. 1906 yilda Toshkentda birinchi marta o`zbek tilida «Taraqqiy» gazetasi chiqarildi. Bu o`zbek milliy matbuotining ilk debochasi sifatida tarixga kirdi. Shundan so`ng birin-ketin bamisoli qo`ziqorindek yangi-yangi matbuot organlari vujudga kela boshladi. Rus demokratlari va jadidlar 1916 yil 1 iyuldan Andijonda «Turkestanskiy golos» gazetasini chiqara boshlaydilar.

.XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida mustamlaka Turkistonda har qanday og`ir muhit sharoitida bo`lsada ijtimoiy fan sohasida va badiiy ijodda qalam tebratgan, o`z xalqining dardu-hasrati bilan kuyib yongan va uning kelajak istiqboliga so`zsiz ishongan dono mutafakkir va yozuvchi shoirlar bo`ladi. Bu davrda tarix, badiiy ijod bobidaasarlar yozgan adiblarning aksariyati mahalliy boylar, amaldor to`ralarning o`tkazgan zulmkorlik siyosatlaridan 1 Qosimovа O. O’zbekistondа kutubxonаchilik tarixi.T., «O’qituvchi», 1992. 232 to`yib ado bo`lgan va Turkistonni o`z mustamlakasigaaylantirgan chor ma`murlaridan umid va najot kutgan xalq ommasining intilishlari, ezgu niyatlarini tarannum etdi. Ammo ular intilgan narsa quruq, amalga oshmaydigan orzu sarob edi. Shunday bo`ldi ham, xalq orasidan yetishib chiqqan ijodkor farzandlar tez orada buni tushinib yeta boshlaydilar, hayot maktabi tobora ularning ko`zini moshdek osha boradi.