Ahmad Donish Mahdum ibn Nosir (taxallusi Kalla) (1827-1897). Ahmad Donish taxallusi bilan elga tanilgan Ahmad Mahmud o`z davrining yirik ma`rifatparvar olimi va filosofi, yozuvchisi vaastronomi, tarixchisi vaarxitektori, musavviri va musiqa navisi edi. 1Donish qiziqishlari dunyosining naqadar serqirraligini uning yozgan asarlaridayoq ko`rsatib turibdi. Ma`rifatparvar mutafakkirning bizgacha yetib kelgan asarlari jumlasiga «Nomus-al-a`zam» («Ulug` qonun»), «Muntahab-al-ahkom» («Tanlangan qarorlar»), «Navodir-ul-vaqoe`» («Noyob voqealar») va «risolai muhtasare az ta`rixi salatanati xonadoni amironi Mang`it» («Mang`it amirlari xonadoni saltanatining qisqacha tarixi»)lar kiradi. - Ahmad Donish Mahdum ibn Nosir (taxallusi Kalla) (1827-1897). Ahmad Donish taxallusi bilan elga tanilgan Ahmad Mahmud o`z davrining yirik ma`rifatparvar olimi va filosofi, yozuvchisi vaastronomi, tarixchisi vaarxitektori, musavviri va musiqa navisi edi. 1Donish qiziqishlari dunyosining naqadar serqirraligini uning yozgan asarlaridayoq ko`rsatib turibdi. Ma`rifatparvar mutafakkirning bizgacha yetib kelgan asarlari jumlasiga «Nomus-al-a`zam» («Ulug` qonun»), «Muntahab-al-ahkom» («Tanlangan qarorlar»), «Navodir-ul-vaqoe`» («Noyob voqealar») va «risolai muhtasare az ta`rixi salatanati xonadoni amironi Mang`it» («Mang`it amirlari xonadoni saltanatining qisqacha tarixi»)lar kiradi.
Furqat (1858-1909).O`zining xalqchil va demokratik ruhda yozilgan asarlari bilan xalq ommasi o`rtasida katta obro` va e`tibor topgan shoirlardan biri Furqat Xolmuhammad Zokirjon o`g`lidir. U shoirlar maskani Qo`qonda tug`ilgan. Ammo umrining talaygina qismini o`z ona diyoriga sig`magan Furqat Mustamlakachi to`ralar, mahalliy betamiz va farosatsiz zolim boyvachchalardan qochib xorijiy mamlakatlarda xoru-zorlikda o`tkazadi. Siyosiy dunyoqarashi va saviyasi yetarli darajada charxlanmagan ba`zi bir vatandoshlari singari Furqat ham dastlabki davrlarda Turkistonni bosib olgan chor ma`murlariga umid nigohini tikadi, hatto rus ilm fani, texnikasi va madaniyatini madh etuvshi asarlar yozib, o`z xalqini unga da`vat etadi. «Gimnaziya», «Ilm xosiyati», «Vistavka xususida», «Suvorov», «Nag`ma bazmi xususida» kabi yozgan asarlari bu fikrimizning isbotidir. Ammo hayot jumboqlari va haqiqati borgan sayin Furqatning ko`zini ocha boradi, uning ongi, dunyoqarashi tadrijiy bir tarzda o`sib boradi. Bu o`rinda shoirning «Furqatnoma» asari fikrimizga yorqin dalildir. - Furqat (1858-1909).O`zining xalqchil va demokratik ruhda yozilgan asarlari bilan xalq ommasi o`rtasida katta obro` va e`tibor topgan shoirlardan biri Furqat Xolmuhammad Zokirjon o`g`lidir. U shoirlar maskani Qo`qonda tug`ilgan. Ammo umrining talaygina qismini o`z ona diyoriga sig`magan Furqat Mustamlakachi to`ralar, mahalliy betamiz va farosatsiz zolim boyvachchalardan qochib xorijiy mamlakatlarda xoru-zorlikda o`tkazadi. Siyosiy dunyoqarashi va saviyasi yetarli darajada charxlanmagan ba`zi bir vatandoshlari singari Furqat ham dastlabki davrlarda Turkistonni bosib olgan chor ma`murlariga umid nigohini tikadi, hatto rus ilm fani, texnikasi va madaniyatini madh etuvshi asarlar yozib, o`z xalqini unga da`vat etadi. «Gimnaziya», «Ilm xosiyati», «Vistavka xususida», «Suvorov», «Nag`ma bazmi xususida» kabi yozgan asarlari bu fikrimizning isbotidir. Ammo hayot jumboqlari va haqiqati borgan sayin Furqatning ko`zini ocha boradi, uning ongi, dunyoqarashi tadrijiy bir tarzda o`sib boradi. Bu o`rinda shoirning «Furqatnoma» asari fikrimizga yorqin dalildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |