Ta’limda boshqaruv: muammo va yechim.
Italiya xalq ta’limi tizimi boshqaruvining o`ziga xosligi haqida gap ketganda, uning huquqiy asoslari va mavjud an’anaviy me’yorlariga e’tibor qaratiladi. Mamlakatda uzluksiz ta’limning birinchi bo`g`inini, ya’ni boshlang`ich ta’lim boshqaruvining o`z talablari bor. Bolalarni maktabga qabul qilishning o`z shartlari bor. Ya’ni o`qishga ma’lum yilning 31 – avgustidan kelasi yilning 30 - apreligacha 6 yoshga to`lgan bolalar qabul qilinadi. Faqatgina maktablar uchun binolarning yetishmovchiligini hisobga olmaganda, barcha xarajatlar davlat tomonidan to`lanadi. Kitoblar, o`quv qurollaridan tortib, to maktab avtobusi va oshxona xarajatlarigacha bepul.
Italaiyada boshlang`ich ta’lim bosqichi 5 yil davom etadi. Boshlang`ich ta’lim boshqaruvning ikki ko`rinishini taklif etadi:
- Klassik
- Amodulo ( ikki sinf uchun 3 nafar o`qituvchi yoki 3 sinf uchun 4 o`qituvchi).
Shuningdek, (xalq ta’limi tizimida 3-5 yoshli bolalar uchun majburiy bo`lmagan maktabgacha tarbiya muassasalari ham mavjud). Haftada 27-130 soat dars jadvali bo`lgan maktablar hamda classi atempo pieno maktablarida bir sinf uchun 2 nafar o`qituvchi bo`lib, darslar haftasiga 40 soatni tashkil etadi. Har bir o`quv muassasasasi o`z hududidan kelib chiqqan holda boshqaruvning tashkiliy tuzilishini ishlab chiqadi. Maktabning boshlang`ich sinflarida, odatda, 10 dan 25 nafargacha o`quvchi ta’lim oladi. Majburiy maktablarda 6 – 11 yoshli bolalar 5 yil boshlang`ich maktabda ta’lim olsa, quyi o`rta maktabda 3 yil ta’lim oladilar. Boshlang`ich ta’lim umumiy ta’limning dastlabki bo`g`ini hisoblanadi. Ta’lim muassasalari va davlat boshlang`ich ta’lim maktablari mamlakatdagi umumiy qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlar orqali boshqariladi.
Turli xil maktablarning o`zaro farqlari ularning binolari, o`quvchilar soni, sinflar va dars jadvalining tuzilishi bilan farq qilishi mumkin.
Italiyada davlat va xususiy maktablar faoliyati teng olib boriladi. O`quv dasturlari bir – biridan uncha farq qilmaydi. 1985 – yilda qabul qilingan qonunga muvofiq boshlang`ich maktablar konstitutsiyada belgilangan shaxs va fuqarolarning ta’lim olish huquqlariga asosan ish ko`radi. Ta’lim tizimini boshqarishda fuqarolarning erkinliklariga qadriyat sifatida qaraladi va inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi talablariga javob beradi.
Boshlang`ich ta’limning yana bir asosiy talablaridan biri bu – bolalarda madaniy savodxonlikni shakllantirishdir. Maktablar afsuski, ta’limda amalga oshirilishi ko`zda tutilgan barcha vazifalarni to`liq bajara olmaydi. Shuning uchun o`qituvchilar doimo ota – onalar va tashkilotlar yordamiga ehtiyoj sezishadi. Ular bilan hamkorlikda ish faoliyatini olib borishadi. Asosy maqsad o`quvchilarning bilim olib, savod chiqarishlari barobarida erkin demokratik jamiyatda yashashga o`rgatishga qaratiladi. Ta’lim tizimi qonunchiligida asosan maktablar o`ziga xos yo`nalishlarga bo`linadi va ulardan o`quvchilarda avvalo, shaxsni rivojlantirish, ularning individual qobiliyatlarini hisobga olish talab etiladi. Shu bois maktablar o`quvchilarning o`z fikrini shakllantirish va erkin ayta olish, savodxonlik, tabiiy fanlarni o`rganishda fundamental imkoniyatlarni yaratish bu borada ta’limda ilmiy metodlarni qo`llash, shuningdek, kommunikativ uslublar orqali tarbiyalashga alohida e’tibor qaratadi.
Italiyada maktablar 2 turga bo`linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |