Glossariy pedagogika yunoncha «paidagogike»


-ma’ruza. Evropa mamlakatlarida ta’lim-tarbiya masalalarining olib borilishi va qiyosiy tahlil



Download 494,52 Kb.
bet84/129
Sana24.01.2022
Hajmi494,52 Kb.
#407877
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   129
Bog'liq
КИЙСИЙ ПЕДАГОГИКА

18-ma’ruza. Evropa mamlakatlarida ta’lim-tarbiya masalalarining olib borilishi va qiyosiy tahlil.

Reja:

1. O’zbekiston va Evropa davlatlari ta’lim-tarbiya jarayonining qiyosiy tahlili.

2. Italiya ta’lim tizimi.

3. Polsha ta’lim tizimi.

Tayanch iboralar: ta’lim, baholash, daraja, integrasiya.

Italiya Evropaning janubida, iliq O`rta dengiz sohillarida, Appenin yarim oroli hamda unga yondosh Sitsiliya, Sardiniya va boshqa orollarda joylashgan. Alp tog`lari Italiyani shimoliy shamollardan to`sib turadi. Mamlakatning ko`p qismida qish yumshoq keladi, yozda esa jazirama issiq bo`lmaydi. Janubda qishda ham unchalik sovuq emas. Aholisi 57820000 kishi. Maydoni 301200 km². Italiya  Fransiya, Shvetsariya, Avstriya,  Sloveniya kabi yirik mamlakatlar bilan chegaradosh. Italiyada 2 ta mustaqil davlat  Vatikan va San Marino joylashgan.


Eng yirik va ko`hna shahri, mamlakat poytaxti – Rim. Bu yerda milodgacha qurilgan binolar saqlanib qolgan. Mamlakat aholisi 58 mln. kishini tashkil etadi. Mamlakat rasmiy tili – italiyan tili, 94% aholisi italyanlar. Shuningdek, Italiyada bir qancha boshqa xalqlar ham istiqomat qiladi: nemis - 0, 5% , albanlar - 0, 17%, slovenlar - 0, 12%, katta bo`lmagan guruhda yunonlar - 0, 03% va fransuzcha so`zlashdiganlar  aholining - 0, 03% ni tashkil etadi. Hozirgi Italiya hududida miloddan avvalgi quldorlik davlati – Rim imperiyasi  mavjud bo`lgan. U inqirozga yuz tutgach, ko`plab mayda davlatlar  vujudga kelgan, ularning bir qismini qo`shni mamlakatlar egallab  olgan. Faqatgina 1870-yilda  Italiya  birlashdi. Mamlakatning yagona davlat bo`lib birlashishida J.Garibaldi katta rol o`ynadi.

Italiya rivojlangan sanoat markazi. Uning zavodlarida avtomobil, kema, turli elektrotexnika va kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqariladi. Italiyada simob,  oltingugurt, marmar konlari bor, ko`mir va temir rudasi konlari kam.

Italiyada dehqonchilik taraqqiy qilgan. Dehqonlar bug`doy, makkajo`xori, sholi, qand lavlagi, uzum, limon, apelsin, zaytun mevasi yetishtirishadi. Italiyaning noyob me`moriy yodgorliklari va san`at xazinalariga ega bo`lgan ajoyib qadimiy shaharlari olamga mashhur. Appenin yarim orolining sharqiy sohilida Venetsiya port shahri bor. Bu shahar 118 orolda joylashgan. Shaharda kanallar ko`cha vazifasini bajaradi. Maktab, do`konga qayiqda suzib borishga to`g`ri keladi. Arno daryosi sohillarida mamlakatning qadimiy va go`zal  shaharlaridan biri Florensiya joylashgan. Shu shaharda Italiyaning shon-shuhratini oshirgan astronom G.Galiley,  shoir Dante, olim va rassom Leonardo do Vinchi, rassom Mikelanjelo kabilar yashab ijod qilgan.

Neapol ko`rfazining  yoy shaklidagi qo`ltig`i sohilida go`zal Neapol porti o`z chiroyini ko`z-ko`z qilib turibdi. Ko`p mamlakatlar bilan bo`ladigan savdo aloqalari shu port orqali amalga oshiriladi. Harakatdagi Vezuviy vulqoni shaharning hamma tomonidan ko`rinadi. Neapol ko`rfazining o`zidagi kichkina Kapri orolida qurilgan shifoxonalar dunyoga mashhur.

Italiya Evropaning janubida joylashgan, markazda O`rta yer dengizi tufayli o`zining geografik joylashuvi orqali ko`plab asrlar davomida boshqa qit`alardagi mamlakatlar o’rtasida ko`prik bo’lib xizmat qilgan. Turli madaniyatlar bilan sivilizatsiyalarni birlashtirgan.
Sardiniya va Sitsiliya orollari mashhur. Hamda boshqa mayda orollarchalar mavjud. Italiyaning aksariyat dunyoga dong taratgan madaniy va tabiiy merosi, tarixiy obidalari YUNESKO ro`yxatiga kiritilgan, bugungi kunda dunyo sayyohlarni o’ziga mahliyo qilib kelmoqda.  

Italiyada zamonaviy xalq ta’lim tizimi XIX asrning ikkinchi yarmida tarkib topa boshlagan. Dastlab 1859-yilda bolalarning majburiy ta’lim olishi to`g`risidagi qonun qabul qilingan bo`lib, 6-14 yoshdagi bolalar uchun majburiy 8 yillik ta’lim joriy etilgan.

Italiyada mavjud majburiy o`rta ta`lim 14 yil. O`qishni boshlang`ich maktablarda boshlab, universietlarda tugatadilar. Xususiy maktablar 5% ni tashkil etadi. Mamlakatda bugungi kunda davlat mamlakatlari bilan bir qatorda diniy ta’lim muassasalari va xususiy maktablari ham faoliyat olib boradi.


Italiyada umumiy o`rta ta’lim quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:
- boshlang`ich ta’lim – 5 yil
- birinchi davr o`rta ta’lim – 3 yil
- ikkinchi davr o`rta ta’lim – 5 yil
Xorijiy o`quvchilar Italiyada o`rta ta’limni faqat xalqaro maktablarda yoki xususiy maktab pansionlarida olishlari mumkin. Italiyada bolalar 6 yoshdan maktabga qabul qilinadi. Hamma uchun ta’limning 1- 2- bosqichlari majburiy va bepul. Barcha uchun umumta’lim fanlardan o`qish, yozish, rasm solish, arifmetika, musiqa majburiy hisoblanadi. Faqat din xohishga ko`ra o`rgatiladi.

1985 – yilda mamlakatda Ta’lim vazirligi tomonidan yangi o`quv rejasi tasdiqlandi. Unga muvofiq, o`qitiladigan fanlar, xususan italyan tili, chet tili, matematika, tarix, geografiya jamiyatshunoslik, san’at, musiqa, jismoniy tarbiya asosiy predmetlar hisoblanadi. Dinshunoslik esa qo`shimcha fan bo`lib, uni dars jadvaliga qo`yish yoki qo`ymaslikni ota – onalar hal qiladi. Har bir fan uchun maxsus jadval mavjud bo`lib, unda fanning mundarijasi, maqsadi, erishish kerak bo`lgan natijasi, dars berish usuli, boshqa fanlar bilan bog`liqlik jihatlariga alohida ahamiyat beriladi.

Birinchi ikki yil ichida o`qituvchilar o`quvchilardan qat’iy intizomni talab qilishadi. Jadvalda ko`rsatilgan darsliklarning maqsadlarini o`qituvchilar oldindan bashorat qila olishlari, qaysi usul bilan o`tilgan amaliy mashg`ulotlar ko`proq natija berishini bilishi lozimligi talab etiladi. Shuningdek, o`qituvchilarning kundalik rejasining ko`p qismi darslarni o`zlashtira olmaydigan o`quvchilarga mavzuni tushuntirish bilan o`tadi.

So`nggi paytlarda baholash jarayoni Italiyada ham turlicha kechmoqda. Avvaliga baholash tizimi 0 dan 10 gacha bo`lgan raqamlar orqali baholanar edi. Keyinchalik esa ball tizimi, A, V, S, D, Y harflari bilan belgilangan bo`lsa, bugungi kunda 4 daraja orqali baholanadi. Ya’ni bu:

-A’lo -Yaxshi -Qoniqarli -Qoniqarsiz




Download 494,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish