Ekologiya – tirik organizmlarning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasini o‘rganuvchi fan.
Eksternaliya iqtisodiy faoliyatning tashqi samarasi (yoki oqibatida) bo‘lib, u ushbu faoliyatning subyektiga ijobiy yoki salbiy (ko‘pincha) ta’sir ko‘rsatadi.
Eksternaliya xarajatlari tabiiy resurslarning cheklanganligi bilan bog‘liq holda paydo bo‘ladi. Bunda atrof-muhitning sezilarli zararli oqibatlarsiz ma’lum miqdordagi chiqarmalarni o‘ziga olishi (singdirishi) qobiliyati resurslarning cheklanganligi sifatida ishtirok etadi. Atrof tabiiy muhitning bu sifati assimilyatsiya potensiali deb ataladi. Assimilyatsiya potensiali hajmidan oshib ketgan chiqarmalar ziyonni keltirib chiqaradi va shunga mos holda eksternaliya xarajatlari paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |