ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.
G.m.larni 4 guruxga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan G.m.
— jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hoz.
kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei
katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy
qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan boʻlsa, qoloq mamlakatlarda
avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka
qarshi tahdidlar paydo boʻldi. Buni terrorchilik, ekstremizm koʻrinishlari vujudga kelganligi
tasdiqlaydi; 2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n G.m. — jahon xoʻjalik tizimi
vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi.
Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar jahon
iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda
ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot
yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa. 20-
asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86%ini ishlab chiqargan
boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1%ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan
davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil
boʻlsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir.
Jahon iqti-sodiy
munosabatlaridagi globalla-shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni siqib
qoʻyadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi harakatni
keltirib chiqardi — Yevropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi.
Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi moliyaviyiqtisodiy jinoyat
guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan G.m. — jahon aholisi muttasil
koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi
kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan
qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va
umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf
tugʻdiruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi;
4) inson va tabiat oʻrtasidagi muno s a batl arning buzilishi natijasida vujudga kelgan G.m. —
ular katoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora
qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy
moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida q.x.da ekin ekiladigan yerlarning
katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda q.x. sohasida texnokratik
siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni
keltirib chiqardi. G.m.ga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat
kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro
anjumanlarda soʻzlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda G.m.ning kelib chiqish sabablari va
ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va
barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi eʼtiborini karatdi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Karimov I., Oʻzbekistan XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka taxdid,
barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari, T., 1997; Shaxnazarov G., Kuda idyot chelovechestvo, M., 1985;
Otaboyev Sh., Nabiyev M., Inson va biosfera, T., 1995; Sanginov S, Filosofskiy analiz
modelirovaniya globalnix protsessov, T., 1996.
Sayfiddin Joʻrayev.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Global_
muammolar&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Adabiyotlar
…
Soʻnggi tahrir 2 yillar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Global_muammolar&oldid=206
6860
" dan olindi