sitoplazmasida ko‘p miqdorda pinotsitoz pufakchalar mavjud
bo‘lib, ular turli moddalarni kapillyar bo‘shlig‘idan to‘qimalarga
va modda almashinuv mahsulotlarining esa oraliq moddadan
kapillyarlarga o ‘tishida muhim o ‘rin tutadi.
Endoteliy hujayralari joylashgan bazal plastinka (membrana)
fibrillyar tolalardan va ko‘p miqdorda mukopolisaxaridlar
saqlovchi amorf moddadan iborat boMib, uning holati kapillyarlar
o ‘tkazuvchanligini belgilaydi. Endoteliy hujayralari biriktiruvchi
to‘qimaning kollagen tolalariga nozik ipchalar - filamentlar orqali
birikadi (Rasm 5.10).
182
Red blood
celi
Plasma in
the lumen
Endotheiial
celi
Intercellular
cleft
Rasm 5.10.
Endoteliy hujayrasi vaperitsit
Xulosa qilganda, endoteliy hujayralari mezenximadan taraqqiy
etib, qon (yoki limfa) va to‘qima!ar orasidagi moddalar
almashinuvida muhim o ‘rin tutadi. Bu jarayonda endoteliy hujay-
ralaridagi yupqalashgan qismlardagi fenestralar, hujayralar orasi
dagi yoriqlar va sitoplazmadagi - pinotsitoz pufakchalar katta
ahamiyatga ega.
Peritsitlar (pericyti, periangiocyti)
Qon tomir endoteliy hujayralarining tashqi tomonida bazal
membrana hosil qilgan yoriqlarda yoki bazal membrana bilan
endoteliy hujayra bazal plazmolemmasi orasida peritsit hujayralari
joyiashib, ularni perikapillyar hujayralar yoki periangiotsitlar deb
ham yuritiladi.
Peritsitlarning o ‘ziga xos xususiyatlaridan biri ularning hamma
tarafdan bazal membrana bilan o ‘ralgan holda joylashishidir.
Bazal membrana peritsitga yaqin erda ikkiga bolinib, hujayrani
Do'stlaringiz bilan baham: |