Gistologiya, stitologiya va



Download 12,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/297
Sana14.04.2022
Hajmi12,68 Mb.
#551898
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   297
Bog'liq
Gistologiya Sitologiya embriologiya

Metafazada
butunlay shakllangan xromosomalar ekvatorial 
yuzada joylashgan bo'ladi. Xromosomalarning dukka qarab 
harakat qilishi xromosoma sentromerlarining mitotik apparatning 
xromosoma iplarga birlashishi bilan tugaydi (ekvatorial plastinka 
yoki onalik yulduzi). Metakinez (xromosomalarning dukka 
harakati) natijasida xromosomalar duk ipchalarga nisbatan 
perpendikulyar yotadi, xromosomalarning bunday joylashishi 
ularning sonini, shaklini va kattaligini aniqlashga yordam beradi. 
Har bir tur mavjudotda ma’ lum sondagi xromosomalar bor. Xuddi 
shu fazada har bir xromosoma bir xil ikki nusxadan -
xromatidadan tashkil topganligi k o‘ riladi.
Anafaza -
xromosomalar xromatidalarining bir-biridan ajra- 
lishidan boshlanadi. Bu vaqtda har bir xromosoma hosil qilgan qiz 
xromosomalar (xromatidalar) qarama-qarshi qutbga qarab harakat 
qiiadi. Bu tarzda «qiz yulduzi» shakllanadi. Xromosomalarning 
harakati bir xilda — sinxron kechadi. Bu harakat mexanizmi hali 
noma’ lum.
Telofaza -
mitozning oxirgi davri. Uning boshlanishi xro­
mosomalarning hujayraning qarama-qarshi qutblariga etishiga 
to‘ g ‘ ri keladi. Telofaza g o ‘ yo profazaning teskarisi b o ‘ lib, hamma 
jarayonlar teskari tartibda ketadi. Duk y o ‘ qoladi, buralgan 
xromosomalar Yoyilib, uzunlashadi. Qiz yadrolar qaytadan 
tiklanadi, yadrocha va yadro qobig‘ i hosil b o ‘ ladi. Mitotik apparat 
parchalanadi 
va hujayra tanasining b o ‘ linishi ro‘ y beradi 
(sitotomiya yoki sitokinez). Sitotomiya jarayoni aktin bilan 
b og ‘ langan miozindan iborat mikrofilamentlar faoliyati hisobiga 
amalga oshadi, ular hujayra membranasi ostida o ‘ ziga xos belbog1 
hosil qiiadi B elbog‘ ning siqilishi natijasida qiz hujayralar bir 
biridan ajraladi..
Xromosomalar (yunon. chroma - rang, soma - tana) - yadro 
xromatinidan tashkil topgan b o ‘ lib, hujayralarning irsiy belgilarini 
saqlovchi substratdir. Har bir xromosoma uzunasi b o ‘ ylab ikkita 
m orfologik bir xil tuzilgan xromatidalardan tashkil topgan. Har bir 
xromatida bir gigant dezoksiribonukleoproteid ipchadan hosil 
b o ‘ lgan.
89


Shunday qilib, xrom osom a, xromatidaning asosiy siruktur 
birligi D N K molekulasidir. Xromosomalarda uzunligi b o ‘ yicha 
b o ‘ yaluvchi 
qismlar 
-
xromomerlar 
(yoki 
disklar) 
va 
b o ‘ yalmaydigan - xromomerlar orasidagi qismlar farq qilinadi.
Har bir gom ologik xromosomalar - ma’ lum bir muntazam 
tuzilishga ega. Xromosomalarning tuziiishi ma’ lum turlar uchun 
doimiy. 
Xromosomalarning 
shakli 
birlamchi 
tortmaning 
joylashishiga, ya’ ni xrom osom a ikki elkasining birlashish o'rniga 
bogMiq. Xromosomalarning bu eri och b o ‘ )ih, unda ma’ lum 
struktura - sentromera (kinetoxor yoki kinomera) joylashadi.
Xromosomalarning katta-kichikligi turli hayvonlarda keng 
doirada farq qiiadi. Odatda odam xromosomalarining uzunligi 4 -6
mkm atrofida. Turli hujayralarda xromosomalar soni har лл1 
boMadi. Odam somatik hujayralarida soni juft, ya’ ni diploid 46 
xromosoma 
bor. 
Jinsiy 
hujayralar 
yakka. 
ya’ ni 
gaploid 
xromosomalar to plamini saqlaydi (odamda 23 ta). Ikki gameta- 
ning (erkak 
va
ayol) birlashishi natijasida gom ologik xrom oso­
malar qo'shiladi va diploid to plam xromosomalarini hosil qiiadi, 
ular keyingi hamma somatik hujayralarga beriladi.
Hujayraning xromosoma to‘ plami faqat oddiy xromosomalarni 

Download 12,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish