Ochiq va yopiq sakrashlar —o‘ng oyoq bilan qadam tashlab, yuqoriga itariladi, chap oyoq bukilib, oldinga ko‘tariladi (tizza va bo‘ksa orasidagi burchak 90° bo‘lishi kerak), qo‘llar siltanib oldinga cho‘ziladi. bosh oldinga egiladi, yelkaning orqa qismi egik holatda bo‘ladi, keyin qadam tashlanib, chap oyoqdan yuqoriga itariladi, o‘ng oyoq tekis holatda orqaga itariladi, qollar siltanib, pastga yonga-orqaga qilinadi, yelka va bosh orqaga tashianadi.
Tayyorlov mashqlari: tayanchga yon bilan turib, bukilgan oyoqni oldinga va yuqoriga ko'tarish. Barmoqlami tashqariga yoyish, yelka va boshni orqaga bukish. Xuddi shu mashqlarni birga bajarishda, bo‘sh qo‘l siltanib oldinga ko‘tariladi, keyin pastga, yonga, orqaga qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |