Nazorat darsi uchun kombinatsiya
1. Poyalar oxiridan sakrab tayanish va qollarda itarilish
-
|
bilan bir vaqtda oldinga turishgacha harakatlanish —1,0 b.
|
2.
|
Tirsaklarga tayanishga tushish va tebranish
|
—1,0 b.
|
3.
|
Oldinga siltanib oyoqlami ochib o‘tirish
|
—2,5 b.
|
4.
|
QoTlarni oldinga o‘tkazib ushlab, oldinga
|
|
umbaloq oshib oyoqlami ochib o‘tirish
|
-- 2,5 b.
|
5.
|
Ichkariga siltanib o‘tish va orqaga siltanish
|
—0,5 b.
|
6.
|
Oldinga siltanish boshlanishida qollami
|
|
|
bukish va siltanish oxirida yozib, orqaga siltanib
|
|
|
o‘ngga (chapga) kerilib sakrab tushish
|
—2,5 b.
|
Burchak tayanish
Bajarish texnikasi. Qo‘llar to‘g‘rilangan, bel to‘g‘ri, bosh tikka, oyoqlar poyalarga parallel (430-rasm).
‘rgatish ketma-ketligi. Burchak taya nish — bu statistik holat bo‘lib, bel mu-shaklari, qorin, sonning oldingi va orqa mushaklarining kuchli rivojlanishini talab
qiladi.
430-rasm Shuning uchun qo‘l va qorin mushaklarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ko‘pgina mashqlar (o‘tgan bosqichlardagi materiallarga qarang), asosan,
gimnastik devorda osilib oyoqlami to‘g‘ri ko‘tarish, burchak osi lish, kuch bilan ko‘tarilib to‘ntarilish kabi mashqlami bajarish, berilgan mashqni o‘zlashtirishga yordam beradi.
11.7. I lalcs ada bajariladigan mashqlar
Halqalar boshqa gimnastika snaryadlaridan farqli o'laroq, qimirlab turadi. Halqada tebranish mashqlari bajarilganda gim-nastikachining og‘irlik markazi halqalammg osma nuqtasidan o‘tadigan vertikal yuzalik bo'yicha siljishga harakat qiladi. Bunda tananing har qanday nuqtasi parabolaga o‘xshash egri chiziqlarni hosil qiladi, chunki harakatchan halqalar tebranishga teskari yo‘nalishda old-orqa yuzalikda harakatlanadi.
Og‘irlik markazining bunday harakatlanishi halqada mashq bajarishning yana bir xususiyatidan dalolat beradi. Yuqorigi holat dan pastki vertikal holatga tushishda (erkin tushishda) og‘irlik markazi pastga harakatlana borib, pastki vertikaldan о Чауotarida . amalda juda tez, harakat yo‘nalishini qarama-qarshi yo‘nalishga almashtiradi.
Bu hoi tumikda mashqlar bajarishga nisbatan kaft va barmoq - larni bukuvchi muskullarga yuklama kuchini bir necha bor oshiradigan kuchli siltanish sifatida seziladi. Shuning uchun halqada tebranganda vertikal holatdan uzilib ketish ehtimoli tumikka nisbatan bir qancha ko‘proq boladi.
Kuch talab qiladigan mashqlar snaryadda yana ham katta jismoniy kuchni talab qiladi, chunki umumiy og‘irlik markazi - (UOM)ning vertikaldan biroz siljishi ham gimnastikachi harakatiga noaniqlik kiritadi.
Halqada tebranish mashqlari kamroq zo‘r berib, harakatlami yaxshiroq ijro etishni talab qiladi. Bu mashqlarda og‘irlik markazi, ayniqsa, tebranishlaming oxirgi nuqtalarida vertikaldan kobproq siljiydi. Gimnastikachi mashq bajarish davomida hech qachon, oxirgi holatdan tashqari, muvozanat holatida bo‘lmaydi. Shuning uchun uning noaniq harakatlari mashqni umuman bajara olmas likka olib keladi. Gimnastikachi shunday harakat qilishi kerakki, uning mashqni ijro etishga qaratilgan barcha harakatlari mashq oxirida uni muvozanat holatiga olib kelsin. Muvozanat holati barcha vaziyatlarda shunday bo'lishi kerakki, bunda UOM ham, tayanch nuqtasi ham halqalar osilgan nuqtadan tushiriJgan b ii vertikalda joylashsin. Halqada bajariladigan asosiy mashqlar:
Tebranish. Halqada o‘rgatishni tebranishdan boshlash tavsiya qilinadi, chunki to‘g‘ri tebrana olish halqada ijro etiladigan ko‘pchilik mashqlarning muhim texnik qismidir. Tebranish bilan bir vaqtda bukilib osilish, kerishib osilish kabi holatlar ham o‘rgatiladi. Bir darsning o‘zida past halqada tayanish holatida mashq qilishga ham ozroq vaqt ajratish lozim, o'quvchilarga quyidagi mashqlarni bajarish ni tavsiya qilish mumkin:
Sakrab chiqib, tayanib oyoqlarni oldinga va orqaga siltash
(431-rasm).
Sakrab chiqib tayanib, burchak hosil qilish (o‘quvchilaming burchak hosil qilishni oldin boshqa asboblarda bajarganliklari nazarda tutiladi).
431-rasm
Tayanish holatida tebranib, oldinga siltanib orqaga tashlanib, bukilib osilish.
Burchak hosil qilib tayanish holatidan oldinga bukilib osilish holatiga tushish (432-rasm).
Osilish holatida tebranayotib oldinga siltanganda tananing holati qanday bo‘lishi to‘g‘risida to‘g‘ri tasawur hosil qildirish uchun quyidagi usul tavsiya qilinadi: past halqada osilgan holatda gimnastikachi birorta tayanchga (masalan, stul orqasi, shug"ulla-nuvchiga yuz tomon turgan treneming yelkasiga tovonlari bilan tayanadi. Shu holatda gimnastikachiga gavdani tos-son bo‘g‘inidan biroz bukkan va boshni oldinga engashtirgan holni saqlab bir necha marta qo'llarini orqaga, bosh orqasiga yo‘naltirish tavsiya qilinadi. Shundan keyin bu harakatlarni oldinga tebranganda tayanmasdan, baland halqada bajarish taklif etiladi.
Navbatdagi mashg‘ulotlarda tebranishni oldinga tebranganda bukilish, orqaga tebranganda bukilish, oldinga tebranganda sakrab tushish va orqaga tebranganda sakrab tushish kabi mashqlar bilan qo‘shib ijro etish tavsiya qilinadi. Ayniqsa, diqqatni oldinga tebranishda bukilmasdan kerilib osilishni bajara olishga qaratish lozim. Bu mashq nazorat mashq hisoblanib, o‘quvchilarning teb ranishni to‘gM o‘zlashtirganliklari to‘g‘risida ishonch hosil qilishga imkon beradi. Bukilmasdan kerilib osilishni faqat tebranishdan keyingina bajarmasdan, shuningdek, orqaga tebranganda qo‘llami to‘g‘rilashdan keyin yoki qo‘llarni bukib osilishdan oldinga tebrangandan keyin ham bajarish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |