Gimnastika (yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari)



Download 9,51 Mb.
bet231/511
Sana17.09.2021
Hajmi9,51 Mb.
#177338
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   511
Bog'liq
4gimnastikapdf

M~ R.
/?, — /? sin W bo'lgani bois (bu yerda W burchak tananing vertikal holatdan og‘ish darajasi hisoblanadi), og‘irlik kuchining aylanish momenti M gimnastikachi tanasi og£irligi R ning vertikal holatga nisbatan gimnastikachi tanasining og‘ish darajasini tavsif-lovchi burchak sinusi sin W va radius R ga ko‘paytmasiga teng:

  • = P • sinW' S.

Aylanish moment'!ning qiymati tana OUM aylanish radiusi (ОС) va burchak kattaligi (W)ga qarab o‘zgaradi. Eng katta qiymatga u tananing gorizontal holatida ega bo‘ladi (MR= R R), chunki sin 90° = 1; tana vertikal holatga o‘tgach esa u nolga teng bo‘ladi (sin Oa = 0).
Mashqning ikkinchi qismida tana vertikal chiziqdan o£tganidan keyin kuchning harakat yo‘nalishi Rl qarama-qarshi tomonga o‘zgaradi: u soat mili yo£nalishida harakat qiladi va binobarin, gimnastikachi tanasining gorizontal holatida eng katta qiymat bilan manfiy belgiga ega boladi. So‘ngra tana snaryad uzra (katta aylanishni bajarishda) vertikal holatga yaqinlashishiga qarab uning qiymati nolgacha kamayadi va gorizontal holatga yaqinlashishga qarab yana maksimumgacha, lekin endi musbat belgi bilan o‘sa boshlaydi, chunki uning harakati soat mili harakatiga qarshi yo‘nalishga qaratilgan bo‘ladi.
Og‘irlik kuchining radial qismi Rf doim radius bo‘ylab harakat qiladi va tanani tayanchdan tortadi yoki tayanchga qisadi. Mazkur kuch qiymati tananing vertikal holatdan og‘ish burchagiga bog‘liq: bu burchak qancha kichkina bo‘lsa, uning qiymati shuncha katta bo‘ladi. Eng katta qiymatga u tananing vertikal holatida (/^ = R)y eng kichkina qiymatga esa gorizontal holatda (R2 = 0) ega bo‘ladi; gorizontal chiziqdan pastroqdagi sektorda u aylanish o£qidan, gorizontal chiziqdan yuqoridagi sektorda esa aylanish o£qiga tomon

harakatlanadi. Vertikal holatda snaryad ostida K2 harakati yo‘nalish jihatidan og‘irlik kuchi ta’siri bilan muvofiq keladi. Ammo bu selpinma harakat bo‘lgani tufayli, mazkur kuchlar ta’siriga markazdan qochma kuch (F) ham qo‘shiladi. Uning qiymati jism massasiga (m), tana OUM chiziqli tezligi kvadratiga ( v 2) to‘g£ri proporsional va OUM radiusiga (R) teskari pro-portsionaldir:


Vertikal holatda gimnastikachi tanasiga kuchlarning ta’siri uning og‘irligidan 2—5 baravar ortiq bo‘lishi mumkin, ayniqsa, oyoqlar bilan tebranma harakatlar bajarilayotganda. Tayanch-harakatlanish apparatiga tushadigan bunday og'ir yuk snaryad mahkam ushlanishini va ishonchli xavfsizlik vositasini ta’minlashni talab etadi. Snaryaddan ajralishlar boshga yiqilishlar va og‘ir jarohatlar olishga sabab bo‘lishi mumkin.


Yuqorida bayon etilgan qonuniyatlardan va harakatlar miqdori momentlarining tengligi qonunidan foydalanish og‘ir selpinma mashqlami bajarish uchun imkoniyat yaratadi va gimnasti-kachining harakatlarini yengillashtiradi. Buning uchun mashqning birinchi qismida tana OUM tayanchdan mumkin qadar uzoq-lashtiriladi va shu tariqa boshlang‘ich holatda mashqni bajarish uchun mumkin qadar ko‘proq inersiya moment!, selpinma harakatlarni bajarish jarayonida esa harakatlar miqdorining eng ko‘p momenti yaratiladi. Mashqning ikkinchi qismida (vertikaldan keyin) tana OUM gavdani tos-son bo‘g(imlarida bukish yo‘li bilan yoki biron-bir boshqa usulda aylanish o‘qiga yaqiniashadi. Bu holda R2 radiusining kichrayishi tegishli ravishda burchak tezligi v 2 oshishiga, binobarin, tana OUM I selpinma harakat boshlangan nuqtadan yuqorida joylashgan II balandlikka ko‘ta-rilishiga olib keladi.
Ko‘pgina selpinma harakatlarni bajarishda eng yaxshi samaraga erishish va gimnastikachi harakatlarini yengiUashtirish uchun gavda va oyoqlar harakatlari miqdori momentlarini qayta taqsjmlashga to‘g‘ri keladi.

Hatto, turnik va halqalarda oldinga selpinib sakrab tushishlar kabi oddiy harakatlarda ham mashqning birinchi qismida, tana vertikal chiziqqa yaqinlashganda, gavda yuqori qismining burchak tczligini oshirishga, oyoqlaming burchak tezligini esa susayti-rishga to‘g‘ri keladi. Mashqning ikkinchi qismida, vertikal chiziqdan o'tilganidan so‘ng, aksincha, oyoqlar burchak tezligini gavda hisobiga oshirishga, demak, ulaming harakatlar miqdori momenti ni ham oshirishga to‘g‘ri keladi.


Selpinma harakat oxirida, oyoqlarga, ular olgan harakatlar miqdori momentiga yoki kinetik energiyaga «tayanib», binobarin, ulaming burchak tezligini susaytirib, shuningdek, tumikdan qollar bilan itarilib, siltanma harakatni bajarish va tana OUMni zaruriy balandlikka ko‘tarish mumkin.
Harakatlar miqdorining momentini tana bo‘g‘inlari o‘rtasida bunday qayta taqsimlash sakrab tushishni yanada balandroq va chiroyliroq bajarish imkoniyatini beradi.
Ko‘pgina selpinma harakatlami bajarish texnikasi zamirida harakatlar miqdori momentini tana bo‘g‘inlari o‘rtasida qayta taqsimlash prinsipi yotadi.

Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish