Nazorat va hisoblash
Sportchilar xavfsizligini ta’minlash uchun ham egri, ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazoratni amalga oshirishingiz kerak. Egri nazo rat shuni anglatadiki, siz harakatlar zonasida turib butun sodir bolayotgan voqealarni ham eshitasiz, ham ko‘rasiz. Siz:
mashg‘ulot hali rasmiy boshlanmasidan gimnastikachilami nazorat qilish uchun mashg‘ulot joyida mos holatda turi-shingiz kerak;
to‘liq ko‘rinish uchun munosib holatda va harakat zonasiga lahzada yetish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz lozim;
gimnastikachiga ziyon yetkazuvchi sharoitlarga e’tiborli va ulami himoya qilish uchun choralar qabul qilishga tayyor bo‘lishingiz darkor;
favqulotda holatlarga bir zumda diqqatingizni qaratish va to‘g'ri qaror qabul qila olish imkoniyatiga ega bo‘ling;
mashg‘ulot yoki musobaqadan oxirgi sportchini olib ket-gunlarigacha gimnastika zalida boiing.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat, mashg‘ulotlar vaqtida harakatlar ustidan faol nazoratni o‘z ichiga oladi. Xususan, siz gimnastika chilarga yangi elementlarni o‘rgatayotganingizda, ulami bajarish uchun nimalar talab qilinishini, qanaqa xavflar mavjudligi va qanday qilib ulardan qochishni tushunmagunlarigacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazoratni ta’minlashingiz kerak. Siz sportchilar qoidalarini buzayotganlarini ko‘rganingizda yoki ulaming jismoniy holatidagi o‘zgarishlami sezganingizda ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat o‘ma-tishingiz zarur. Qoida bo‘yicha, faoliyat qanchalik xavfli bolsa, to‘g‘ridan-to‘g'ri nazorat shunchalik kerak. Bu shuni anglata diki, kuchaytiriigan to'g£ridan-to‘g‘ri nazorat, ancha yosh va taj ribasi kam gimnastikachilar hamda birmuncha xavfli mashqlami o‘rganayotgan va qayta ishlayotgan kattalarga talab qilinadi.
Murabbiyga maslahatlar. Yoshidan qat’iy nazar, katta bo‘l-magan guruh sportchilari ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazoratga erishish ancha oson. Murabbiy-assisentlami yordamga chaqirib, jamoani kichik gurahlarga bo‘lishi mumkin. Bu gimnastikachilar xavfsiz shug'ullanishlariga kafolat beradi. Nazorat qilishga yordam beradigan kattaiar qancha ko‘p boisa, gimnastikachilar zarur mashqlarni shunchalik osoyishta o‘rganishlari va bajarishlari mumkin. Bundan tashqari, kichik guruhlar har bir murabbiyga aniq aks aloqa berishiga imkon beradi.
Xavfli vaziyatlami oldindan ko‘rish va ulami yo‘qota oladigan holatda joylashish ham sizning majburiyatlaringizga kiradi. Bu gimnastikani, ayniqsa, xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan qoi-dalami yaxshi bilish demakdir. Xavfli ovoragarchiliklami taqiqlang va mashg‘ulotlami faqat tinch sharoitlarda o‘tkazing. To‘g‘ridan-to‘g‘ri nazoratni ketma-ket amalga oshirish mashg‘ulotni gimnas tikachilar uchun ancha xavfsiz qiladi va baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda sizni jinoiy javobgarlikdan himoya qiladi. Qo‘shimcha himoya uchun mavsum, mashg‘ulotlar rejasini va sportchilar jarohatlanishini hisob-kitob qilib boring.
Do'stlaringiz bilan baham: |