To‘g‘ri yurishni mustahkamlash uchun namunaviy mashqlar:
tekis joyda yurish, egilgan joyda yurish, boshda yuk bilan zinadan chiqish, tovonda va oyoq uchida turli qadamlar tashlab yurish. Bunda quyidagilar turli tezlikda bajarilishi kerak: maxsus qadamlar, yarim cho‘qqayib yurish.
Qo‘llar va oyoqlami tog‘ri qo‘yish. Qo‘l barmoqlari yig‘ilib, bosh barmoq kaft ichida, o‘rta barmoq qarshisida bo‘ladi. Bilak va tirsak bo‘g‘imlari salgina bukiladi. Mushaklar bo‘shashtiriladi. Qo‘llar ko‘tarilganda harakat tirsakdan boshlanadi. Yelka qismi ham baravar harakatlanadi. Qo‘I panjasi harakatdan ozgina orqada qoladi, barmoqlar biroz bo‘shashtiriladi. Qo‘llar doira yasaydi. Oxirgi nuqtada qo‘l barmoqlari zo‘riqishsiz cho‘ziladi va harakatni tugallaydi. Qo' llarni kotarganda yelka orqaga bukiladi (204-rasm).
a b с 204-rasm
d e
Do'stlaringiz bilan baham: |