Gavda va qo‟llar bilan to‟lqin
. Yaxlit to‟lqinni bajarishda tananing barcha
a‟zolari ishtirok etadi.
Bunda tana, qo‟l va xatto panjalarning harakati ma‟lum
darajada “to‟lqinli” koordinatsiyaga bo‟ysunadi. Keyinchalik bu harkatlar alohida
bo‟lib o‟zida to‟lqinsimon harakatlarni namoyon qiladi.
Gavda bilan to‟lqin
asosan yaxlit to‟lqinga o‟xshab bajariladi. Gavda bilan
to‟lqinni bajarish uchun umurtqa pog‟onasining bel va ko‟krak qismlari
egiluvchanligi yaxshi bo‟lishi kerak, aks holda bajarish keskin qiyinlashadi.
Qo‟l bilan to‟lqin yaxlit to‟lqindan alohida va ular bilan birga bajarilishi mumkin.
Gimnastikachining qo‟llari – qo‟l bo‟g‟imlarining barchasidan muntazam “o‟tib
keladigan” to‟lqinsimon harakatni o‟z ichiga olgan ochiq kinematik zanjirdir. 6-
rasmda qo‟llar yonda bo‟lgan holatdan boshlanadigan va yakunlanadigan to‟g‟ri
to‟lqin ko‟rsatilgan.
3. Siltash texnikasi asoslari va tuzilishi
Harakat
tuzilishi, mushak koordinatsiyasi va biomexanik tavsifi bo‟yicha siltashlar,
to‟lqinlar va ballistikxarakterdagi tezkor siltash harakatlari orasidagi holatni
egallaydi.
Siltash, uning xarakterli tavsifi shakliga qarab ikki asosiy harakat fazasini o‟z
ichiga oladi.
Birinchi faza – asosan ishni bartaraf qilishda faol harakatlanadigan bo‟sh a‟zolar
harakatini tezlashtirish. Boshlang‟ich tezlik qancha katta bo‟lsa, mazkur fazada
harakatni boshlash uchun beriladigan impuls qancha kuchli bo‟lsa,
yaxlit siltashni
bajarish jismonan qiyin bo‟ladi.
Ikkinchi faza – tana a‟zolarining inertsiya bo‟yicha siltanib harakatlanish. Shu
yo‟sinda xozirgina faol fazoda harakatlangan mushaklarga chekinuvchi tartibda
ishlab turib asta-sekin bo‟shashadi yoki bir oz zo‟r berib, erta boshlagan harakatini
oxirigacha davom ettiradi. Siltashning mazkur fazasi xuddi “natijaviydir”. Bu
yo‟lda harakatning birinchi fazasida sarf qilingan kuch bevosita amalga oshiriladi
.
Agar siltash murakkab ko‟p bo‟g‟imli harakterga ega bo‟lsa, uning ikkinchi
fazasida ancha “tezkor” periferik a‟zolar muntazam ravishda boshqa a‟zolarni
og‟irligi
ortib boradi, siltash tezligi qonuniy ravishda kamayadi.
To‟lqinsimon va siltashsimon harakatlarni solishtira turib, ularning farqini aytib
o‟tish zarur.
Siltashlarning ma‟lum xususiyatlaridan biri – mazkur harakat uchun kerak bo‟lgan
asosiy kuchning bir vaqtda va bir lahzada kelishidir (siltashning birinchi fazasidagi
asosiy harakatga qarang). Ular bilan to‟lqinsimon
harakatlarni solishtirganda
kuchning uzluksizligi va doimiyligi muhimdir.
Agar siltashda harakatni hammasini bajarish uchun boshlang‟ich portlovchi kuch
ko‟pincha etarli darajada bo‟lsa, unda to‟lqinni bajarish uchun uning oxirigacha
faol harakat qilish zarur.
Shu bilan birga, keltirilgan farqlarga qaramay to‟lqin, siltash,
uloqtirish va shunga
o‟xshash harakatlar orasida aniq chegara yo‟q. Chunki bu harakatlarning texnik
tuzilishi, belgilari ko‟pincha bir harakatda yoki shunga o‟xshash oddiy
elementlarning ketma-ketligida birlashadi.
Ba‟zida bo‟g‟imlarda kichik amplitudada tezkor to‟lqinni oddiy siltashdan ajratish
qiyin, tana yoki qo‟l va oyoqlar bilan erkin siltash harakatlarini
bajarishda esa
to‟lqinga ozmi-ko‟pmi o‟xshash harakatlar bo‟ladi.
Nihoyat, siltashlar murakkab harakatda boshqa turdagi harakatlar – burilishlar,
sakrashlar, uloqtirishlar bilan birlashadi. Bunday holatda siltashni bajarish
malakasi (qanday va butun bir harakatni bajarish sharoiti) zarurat tufayli
murakkablashadi. Masalan, o‟zgaruvchan
sharoitda muvozanat saqlash, buyum
bilanmanipulyatsiya qilish va boshqalar.
Quyida ba‟zi siltash turlari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: