b) hayotiy zarur ko`nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan mashqlar (amaliy mashqlar, tayanmay sakrashlar).
v) harakatlantiruvchi qobiliyat va irodaviy xislatlarni intensiv rivojlantirish va takomillashtirish qaratilgan mashqlar. (Erkin mashqlar, tayanib sakrash, snaryadlarda bajariladigan mashqlar, akrobatika mashqlari va badiiy gimnastika mashqlari).
Ko`pchilik muhim ko`nikma va malakalarni takomillashtirish hamda mustahkamlash, shug`ullanuvchilarning emotsional kayfiyatini ko`tarish va mashg`ulot jarayonida ishtiyoqni oshirish maqsadida gimnastika mashg`ulotlarida mashqlar bilan bir qatorda xilma-xil harakatli o`yinlar keng qo`llaniladi. Estafetalar o`tkazganda ham o`yinlardagi maqsad ko`zda tutiladi, ammo estefetalarda musobaqalashuv elementi ko`proq ko`zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |