Darsning tuzilishi
Darsning tuzilishi deganda, pedagogik masalalarni hal qilishdagi muayyan izchillik va shunga muvofiq jismoniy mashqlarning navbatlanish tartibini tushunamiz.
Darsning eng maqsadga muvofiq izchilligini, ya'ni uning to`g`ri tashkil qilinganligini belgilaydigan omillar quyidagilar:
Shug`ullanuvchilarning kuch va vaqtini minimal saqlab maksimal natijalarga erishishi.
Butun dars davomida shug`ullanuvchining yuqori ish qobiliyatini saqlash.
Mashg`ulot o`tkazishda, uning rejimini belgilashda shug`ullanuvchilarning sog`ligi uchun qulay sharoit yaratish.
Har qanday gimnastika mashg`ulot uchun 3 bosqich mavjuddir.
1-bosqichda shug`ullanuvchilar asosiy ishga tayyorlanadilar;
2-bosqichda asosiy ish bajariladi;
3-bosqichda esa-u yakunlanadi.
Bu bosqichlarni dars qismlari, ya'ni darsning tayyorlov, asosiy va yakunlovchi qismlari deb nomlash qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |