Gimnastika mashg`ulotlarini rejalashtirish va xisobga olish reja: Gimnastika mashg`ulotlarini rejalashtirish


Gimnastika bo`yicha musobaqalarini tashkil qilish va o`tkazish



Download 45,89 Kb.
bet15/21
Sana17.06.2021
Hajmi45,89 Kb.
#69165
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Gimnastika mashg

Gimnastika bo`yicha musobaqalarini tashkil qilish va o`tkazish.

  1. Musobaqalarning ahamiyati

  2. Musobaqalarning turlari

  3. Musobaqalar dasturi

  4. Musobaqalar nizomi

  5. Musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o'tkazish

  6. Ommaviy musobaqalarni o`tkazish

  7. Gimnastikada hakamlik qilish

Musobaqalarning ahamiyati

Gimnastika musobaqalari — o'quv-mashg'ulot jarayonining tarkibiy qismidir. Ular talabalar (sportchi)ning gimnastikadan tayyorgarligini tekshirishning asosiy usulidir. Musobaqalar muayyan

bir o‘quv davri uchun (chorak, semestr, yarim yillik, butun o‘quv yili) o‘quv ishiga aniq va obyektiv ravishda yakun yasashga yordam beradi.

Shuningdek, ular musobaqa qatnashchilarining axloqiy- irodaviy tayyorgarligini tekshirishning samarali vositasi bo‘lib xizmat qiladi va jamoada uyushqoqlik va intizomlik hissini rivojlan­tiradi va shuningdek, iroda va jasoratni tarbiyalashga yordam beradi. Musobaqada u yoki bu tashkilot qatnashchilarining ko‘rsatgan nati- jalariga qarab, o‘quv-mashg‘ulot jarayonining kelajakdagi yo'na­lishi belgilanadi, o'quv-mashg'ulot ishining usuliga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Bundan tashqari, musobaqalar eng yaxshi ko‘rgazmali tashvi- qot vositasidir. Namunali tashkil qilingan va tantanali o'tkazilgan musobaqalarni qatnashchilar ham, tomoshabinlar ham uzoq vaqt eslab qolishadi. Musobaqalar gimnastikaning yoshlar o'rtasida keng tarqalishiga va ularning gimnastika sho'balari, sport klublarining mashg‘ulotlariga doimo qatnashib yurishlariga jalb etadi.

Musobaqalarning turlari



0‘zbekistonning turli sport tashkilot va muassasalari, shu jum­ladan, umumta’lim maktablari, o‘rta va oliy o‘quv maskanlari hamda KSJ (Ko‘ngilli sport jamiyatlari)ning sport ishida gimnastika musobaqalarini uyushtirish va o'tkazish borasida muayyan an’analar paydo bo‘ldi. Ular maqsadi, shakli, ko‘lamiga qarab, quyidagi turlarga ajratiladi:

  1. Yo'nalishi (maqsadi) bo'yicha: Olimpiada o'yinlari, Jahon chempionati, Multi sport o'yinlari, Mika sovrini tasnifiy musoba­qalar. Xalqaro gimnastika federatsiyasi boshchiligida o'tkaziladigan turnirlar, mamlakat birinchiligi, kubogi, saralash musobaqalari, eng kuchli gimnast, g'olib jamoalarni aniqlash musobaqalari, o'rtoqlik uchrashuvlari, O'zbekiston gimnastika federatsiyasi bosh- chiligidagi ommaviy musobaqalar (osonlashtirilgan dastur bilan, ko'pki’rashi bo'yicha va h.k.).

  2. Shaxsiy, jamoa va shaxsiy-jamoali birinchilik va saralash muso­baqalari tasnifiy -I), jamoali musobaqalarni finali (C-1V), ko'p- kurash (C-1I) va sport jihozlaridagi final musobaqalar (C-II1).

  3. Tuman, shahar, viloyat, mamlakat birinchiligi yoki chem­pionati.

  4. Ko'ngilli sport jamiyatlari, bolalar, o'smirlar maxsus sport maktablari va terma jamoaga saralash musobaqalari.

  5. Ochiq musobaqalar, konkurslar, biron-bir tantanali kunga bag‘ishlangan musobaqalar.

Odatda, har bir musobaqaga bir necha vazifa qo‘yiladi. Masa­lan, sport maktablarining birinchiligida gimnastika mashg‘ulotiga, chorakka, o‘quv yiliga yakun yasash mumkin, shuning bilan birga, eng yaxshi gimnastlarini terma jamoaga (tuman, shahar va h.k. birinchiliklari uchun) nomzodlar tarkibini ko‘rsatish mumkin. Bu musobaqa nizomda aniq ko‘rsatiladi.

Musobaqalar dasturi



Musobaqalarning vazifasi, qatnashuvchilar tarkibi va оЧка- zilish shartiga qarab, dasturlar bir-biridan jiddiy farq qilishi mum­kin. Masalan, sportchining texnik tayyorgarligini aniqlash va unga biror sport toifasini berish uchun davlat (tasnif) dasturlari mavjud. Turli xil sport musobaqalari uchun dasturlarni musobaqa o‘tkaza- digan tashkilotning o‘zi (bolalar, o'smirlar maxsus sport maktab­lari, kasb-hunar kolleji va boshq.) tuzishi mumkin. Bunday muso­baqalar osonlashtirilgan dastur va soddalashtirilgan qoida bo‘yicha, XGF qoidasiga tayangan holda o‘tkaziladi.

Musobaqalar nizomi



Musobaqa o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom uni o'tkazadigan tash­kilot tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, unda ishtirokchilarni va muso­baqa o'tkazadigan mas’ul shaxslarni tayinlash bilan bog'liq barcha tashkiliy ishlar rejalashtiriladi. Nizom musobaqani o‘tkazadigan tashkilot tomonidan sport tadbirlari taqvimi asosida ishlab chiqiladi va musobaqa boshlanishidan kamida 3 oy oldin ishtirok etadigan jamoalar (bolalar va o‘smirlar sport maktablari)ga tarqatiladi.

Musobaqa nizomida quyidagilar ko‘rsatiladi:

  1. maqsad va vazifalar;

  2. o‘tkazish joyi va vaqti;

  3. musobaqani boshqarish;

  4. dastur;

  5. ishtirokchilarga musobaqaga qatnashishga ruxsat berish va g‘oliblarni aniqlash shartlari;

  6. g‘oliblarni mukofotlash.

Odatda, har bir jamoada eng yaxshi natijalar masalan, 6 tadan 4—2 tasi hisobga olinadi. Bunda ayrim ishtirokchilar, jamoalar o‘rtasidagi sport bellashuvining borishi aniq ifodalanadi, bu esa musobaqalardagi kurashni keskinlashtirib yuboradi.

Download 45,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish