Gimnastika mashg`ulotlarini rejalashtirish va xisobga olish reja: Gimnastika mashg`ulotlarini rejalashtirish



Download 45,89 Kb.
bet18/21
Sana17.06.2021
Hajmi45,89 Kb.
#69165
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Gimnastika mashg

Uchinchi bosqichda qatnashuvchi jamoa (tashkilot)lar vakillari bilan kengash o'tkaziladi, jihozlarning mustahkamligi tekshiriladi, sportchilar jihozlarni sinab mashq o'tkazadilar va musobaqa turlari bo'yicha hakamlar boshchiligida o'tkaziladi, bunda musobaqaga jalb qilingan hamma mas’ul shaxslarning musobaqa o'tkazishga tayyorligi tekshiriladi.

Bo'lajak musobaqaga boshchilik qilish jamoalar vakillari bilan o'tkaziladigan yig'ilishga bog'liq bo'ladi, bunda musobaqa o'tkaza- digan tashkilot vakili, ularga bosh hakamlar hay’atini tanishtiradi, nizomning alohida bandlarini aniqlab, qayta ko'rib chiqadi, hakamlik ish texnikasini tushuntiradi, musobaqani o'tkazish jadvali va tartibini e’lon qiladi. Shu bilan birga, musobaqani ochilish maro- simida saflanish joyini, ishtirokchilarning musobaqaga chiqishini, ularning tarkibi va kiyimini, ochilish va yopilish marosimini, mukofotlash tartibini va boshqalarni aniq belgilab olmoq zarur.

Ishtirokchilarga bir xil sharoit yaratish va ularni yaxshiroq uyushtirish maqsadida jihozlarda mashq qilib ko'rish musobaqadan bir kun oldin o'tkazilishi va bunda jihozlarda mashq bajarishda qur’a bo'yicha aniqlangan tartib saqlanishi kerak

Jamoalarning vakillari uchun (yig'ilishga) papkalar va muso­baqa materiallarni tayyorlab qo‘yish kerak: sportchilar chiptalari, dastur, eslatmalar, musobaqani 0‘tkazish jadvali, shuningdek, qaydnomalar uchun daftarcha va boshqalar.

Musobaqa ishtirokchilarining namoyishi, ularni tanishtirish bilan ochiladi. Bu tantanali qismni bayramona, aniq 0‘tkazish lozim. Odatda, u birinchi kun musobaqalarini birinchi kunning yarmidan keyin o'tkaziladi (ayrim hollarda musobaqa ishtirok- chilaridan ba’zilari bir kun qatnashmasa, birinchi va ikkinchi kun­ning orasida, masalan, erkaklarni ham, ayollarni ham tanishtirish zarur bo‘ladi). 0‘tgan yil birinchiligidagi g‘oliblarni bayroq ko‘tarish ishtiroki marosimi — namoyishning muhim qismidir.

Musobaqani boshqarish (navbatdagi sportchilarning chiqishi, jihoz turlarida mushaklar chigalini yozishning boshlanishi va tugashi), bir jihozdan ikkinchisiga o'tish va boshqalar bosh hakam o‘rinbosari yoki hakamlar tomonidan amalga oshiriladi.

Musobaqa turlarida baholash (hakamlik qilish). Musobaqa turida 6 hakamlar brigadasi (4+2).(«I» — hakamlar guruhi sportchilarni qo‘ygan xatosi, mahorati (artistizm). «D» —hakamlar guruhi bajarilgan mashqlarni maksimal qimmatini baholaydi) ishtirok etadi. Sportchilar chiqishidan oldin hakamlar guruhi musobaqa dasturi, ishtirokchilari va musobaqalarni o‘tkazish shartlari haqida xabardor bo'lishlari shart. Musobaqa gilami chizig'idagi hakamlarga, xronometraj hakamlarga ko‘rsatmalar beriladi. Bu musobaqaga qatnashish tajribasiga ega bo'lmagan sportchilar ishtirok etganda muhimdir.

Musobaqalarni moddiy-texnika jihatdan ta’minlash (jihozlarni o'rnatish va almashtirish, zaxira qismlarini almashtirish, magneziya, yog'och, konifol va boshqalar bilan ta’minlash) ishlari musobaqa sohibi rahbarligida olib boriladi, u bosh hakam yoki uning o'rin- bosariga bo'ysunadi.

Shifokor nazorati va zarur bo'lganda birinchi tibbiy yordamni musobaqa shifokori bosh hakamining (tibbiyot ishlari bo'yicha yordamchisi) amalga oshiradi.

Axborotchi hakam jamoalar kurashining borishi haqida mun­tazam ma’lumot berib boradi, shuningdek, har bir turdan keyin musobaqada kim oldindaligi to'g‘risida xabar berib turadi.

Musobaqa qoidasiga binoan musobaqalar ertalab soat IO00 dan oldin boshlanmasligi va soat 20°° dan kech tugallanmasligi kerak. Bir smenaning davom etishi bolalar va o‘spirinlar jamoalari uchun

2 soatdan va o'smirlar uchun 3 soatdan oshmasligi lozim. Oddiy dastur bo'yicha gimnastlarning chiqishidan keyin murakkab dastur (yoki yuqori toifalilar) bo'yicha gimnastlar chiqishi boshlanadi.

Musobaqa yakunida oxirgi smenada oz jamoalar musobaqa- lashishini esdan chiqarmaslik kerak. Bu kotibiyat uchun musobaqani tezroq yakunlashga imkon beradi. Jamoalarning chiqishidan keyin ishtirokchilarni mukofotlashdan oldin bo'ladigan tanaffusning o'rnini to'ldirish uchun esa ushbu musobaqa ishtirokchilari orasidan eng yaxshi sportchilarni va shuningdek, bolalar guruhlari yoki boshqa sport turlari (akrobatika, badiiy gimnastika) vakillarining ko'rgazmali chiqishlarini tashkil qilish kerak.

Musobaqalar tantanali ravishda barcha marosimlar (g'oliblarni hurmat shohsupasiga chaqirish, g'olib jamoaning tantanali marshi, hurmat doirasi bo'ylab yurish, yangi chempionlar musobaqa bayrog'ini tushirishi va boshq.)ga rioya qilingan holda yakunlanadi.


Download 45,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish