Musobaqalarning turlari
Turli tashkilot va muassalar, umumta'lim maktablari, o`rta va oliy o`quv yurtlari hamda KSJ (ko`ngilli sport jamiyatlari) sport ishida gimnastika musobaqalarini uyushtirish va o`tkazish borasida muayyan an'analar paydo bo`ldi. Ularning maqsadi, shakli, ko`lami va xususiyatiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
Yo`nalishi (maqsadi) bo`yicha: o`quv, saralash musobaqalari, eng kuchli gimnastikachi, komanda jamoasini aniqlash musobaqalari, o`rtoqlik uchrashuvlari, ommaviy musobaqalar (osonlashtirilgan dasturlar).
Zachyot formasi bo`yicha: shaxsiy, komanda va shaxsiy komanda musobaqalari.
Ko`lami bo`yicha: tuman, shahar, viloyat va boshqalar.
Vakilligi bo`yicha: xududiy va muassasa musobaqalari.
Xususiyati bo`yicha: turlangan, turlarga ajratilmagan, yopiq, ochiq musobaqalar, konkurs, sahifali musobaqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |