Giltuproqli sement ishlab chiqarish texnologiyasi


Giltuproqli sementning texnik shartlari



Download 472 Kb.
bet3/10
Sana24.09.2021
Hajmi472 Kb.
#184070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Giltuproqli sementning texnik shartlari


Sementning markasi

Mustahkamlik chegarasi, MPa

Siqilishdagi

Egilishdagi

24 soatdan keyin

Zkundan keyin

24 soatdan keyin

3 kundan keyin

400

35

40

5

5,5

500

45

50

5,5

6

600

55

60

6

6,5

Fizik-mexanik xossalari. Giltuproq sement mustaxkamlik ko`rsatkichlari buyicha 300; 400 va 500 markalarga bo`linadi.

Gilputroq angidrid sement uchun xam giltuproq sementnikidek markalar, to`ldirgichlari bor giltuproq sementlar uchun esa fakat birinchi ikki marka, ya’ni 300 va 400 belgilangan.

Giltuproq sementning kotishi uchun nam sharoit juda kulay. Bunday sharoitda, garchi sekin bo`lsa xam, mustaxkamligi osha boradi. Quruq xavo sharoitida mustaxkamligi avvaliga biroz oshganidan keyin to`xtaydi.

Namunalar vaqti-vaqti bilan dam nam, dam quruq sharoitlarda saqlansa, yaxshi natija beradi.



Normaldan past, xatto nolga yakin temperaturada xam giltuproq sement nixoyatda ekzotermik bulgani uchun qanoatlanarli qotadi; qotishining dastlabki 1 – 3 sutkasida giltuproq sement, masalan, alit-alyuminat portlandsementga qaraganda 1,5 – 2 barobar ko`p issiqlik chiqaradi. Giltuproq sement shu kadar ko`p issiqlik chiqarishi sababli uni yaxlit konstruksiyalarda ishlatib bo`lmaydi; yaxlit beton massiv tayyorlansa massa ichi qiziydi, sirti tez soviydi, natijada tashqi qatlamlarida cho`zuvchi kuchlanishlar paydo buladi va beton darz ketadi.



Ko`pga chidamliligi. Giltuproq sementlar asosida ishlangan betonlar, xavo va sovuqqa ancha chidamli buladi.

Qotayotganda sementtosh nixoyatda yaxshi zichlanishi tufayli giltuproq sementdan ishlangan betonlar sovuqqa juda yaxshi chidaydigan bo`ladi. Giltuproq sement portlandsementga qaraganda suvni ancha ko`p talab etishiga qaramasdan, giltuproq sement xam ancha zich buladi. Giltuproq sement suvda qorilganida gidrotatsiya jarayoni jadal davom etishi tufayli suvga juda talabchan buladi, lekin portlandsementdagidek talay ortiqcha suv erkin xolda qolmaydi, sement toshda govaklar xosil kilmaydi, gidratatsiyaga sarf buladi. Natijada sementtosh yanada zichlashadi.

Giltuproq sement asosida ishlangan konstruksiyalarni isitish yoki buyumlarni (tezroq kotishi uchun) bug`lash mumkin emas. Klinker minerallarining digidratatsiyalanishiga sababchi bo`ladigan yuqori temperaturada giltuproq sement boshqa sementlarga karaganda ancha yaxshi chidaydi. U xatto 1200 – 1400o va bundan yuqori temperaturalar ta’siriga xam yaxshi qarshilik ko`rsata oladi. Yuksak temperatura ta’siridan sung namiqqan taqdirda xam portlandsement singari buzilmaydi.

Bundan tashqari, giltuproq sement qizdirganda nisbatan kup cho`kmaydi va kengaymaydi. Ana shu jixatlari tufayli u issiqqa nixoyatda chidamli buladi; unga mayda shamol qo`shib, 1200 – 1400o gacha temperaturaga chidaydigan, o`tga nixoyatda chidamli materiallar (xromit, karund va boshkalar) kushib, 1600 - 1700o gacha temperaturaga bardosh bera oladigan o`tga chidamli betonlar ishlanadi.



Ishlatilishi. Giltuproq sement temir-beton konstruksiyalar ishlashda qo`llaniladi. Bunday konstruksiyalar uchun qisqa muddatda qotadigan va nixoyatda mustaxkam betonlar kerak. Bundan tashqari sovuqqa juda yaxshi chidaydigan konstruksiyalar uchun xam ishlanadi.

Oltingugurt gazlar ta’sirida buladigan konstruksiyalar uchun xam giltuproq sement ishlatish tavsiya kilinadi.

Lekin yer usti va ostida, shuningdek suv tagida quriladigan konstruksiyalarga yaramaydi, chunki bunday konstruksiyalarda tashqi xarorat va ajralib chiqadigan issiqlik ta’siridan beton temperaturasi 25o dan oshib ketishi mumkin (jumladan, juda qalin yoki katta xajmdagi konstruksiyada). Xatto salgina ishqorlar ta’sirida bo`ladigan konstruksiyalarda xam giltuproq sement ishlatishga yo`l qo`yilmaydi.

Giltuproq angidridssement gil tuproqli sement bilan bir qatorda qotayotganida beton temperaturasi 25o dan oshib ketishi mumkin bulgan konstruksiyalar uchun xam ishlatiladi. Angidrid qo`shilgan giltuproqli sementning angidrid qo`shilmagan giltuproqli sementdan prinsipal farq xam shunda.

To`ldirgichlari bor bo`lgan giltuproq sement xam bir xil temperatura sharoitlarida (qotish jarayonida 25o dan oshmasa) giltuproqli sement qatori ishlatiladi. Ammo to`ldirgichlari bor bo`lgan sementning unchalik mustaxkam emasligini xisobga olib, qotish muddatining qisqaligi sababli undan o`rtacha va past markali bo`lgan beton va temir-beton konstruksiyalari yasashda foydalaniladi.

Giltuproq sementlar juda (yuqori markali portlandsementga qaraganda 2 – 3 barobar) qimmat bo`lgani uchun xozircha yig`ma beton va temir-beton konstruksiyalarda ishlatilayotgani yuk. Biroq yig`ma temir-beton texnologiyasida giltuproq sement ishlatish juda foydali bo`ladi, chunki buyumlarni sun’iy qotirishga xojat qolmaydi.






Download 472 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish