Bozor iqtisodi sharoiti respublikamizdagi barcha ishlab chiqarish sanoatining iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lishi uchun yangicha yondoshishni taqozo etmoqda. Endilikda imkoniyat va bozor ehtiyojlarisiz korxonalar ishini zamon talabida boshqarish mumkin emas. Respublikamiz sement sanoati o‘tgan davr mobaynida ma’lum bir yutuqlarga erishdi. Sement korxonalaridagi asbob-uskunalar texnik va ma’naviy jihatdan eskirib qolganligi tufayli jahon andozalariga javob beradigan yangi texnologiyalar keltirildi. 1995 yildan boshlab sement zavodlari barqaror ishlay boshladi.Sement sifati jahon talablarini qondira boshladi. Eksport oshdi. Har yili 2 mln. tonnaga yaqin sement eksport uchun mo‘ljallanmoqda.