Mavzu: Dorixona xonalari mikroiqlimining ahamiyati.
Mashg‘ulotning jixozlanishi: Termometrlar, anemometrlar, psixrometrlar
Mavzuni asoslash:
Xonalarda havo haroratining o‘rtacha ko‘rsatkichlarini aniqlash
Xonalardagi havo haroratini simobli va spirtli termometrlarda aniqlanadi. Hozirgi kunda xona haroratini aniqlashda selsiy shkalasi bo‘yicha 00 dan + 300-500, tashqi havoni esa-500 bo‘lgan simobli va spirtli termometrlardan foydalaniladi.
Xonaning kun davomida maksimal darajadagi yuqori va eng past haroratini aniqlash uchun maksimal va minimal ko‘rsatkichlarni ifodalovchi termometrlardan foydalaniladi. Bunday termometr orqali xonaning haroratini maksimal darajaga ko‘tarilganligini va tushganini ma’lum ajratilgan vaqtda aniqlash mumkin.
Devor haroratini aniqlashda devor haroratini o‘lchaydigan termometrlardan foydalaniladi. Termometrni yopishtirish uchun mum, kanifol yoki alibastr pol sathidan 10-15 sm hamda 1,5 m balandlikda o‘lchanadi. Ushbu termometr yordamida devorning burchaklari va eng sovuq joyining haroratini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Tashqi muhit haroratini uzluksiz ravishda ob’ektiv belgilab turish uchun o‘zi yozuvchi asbob- termografdan foydalaniladi. Termograflar bir kunlik yoki haftalik bo‘ladi.
Asbob takomillashmagani tufayli vaqti-vaqti bilan tekshirib aniqlik kiritib turish zarur. Havo haroratini aniqlashda termometrni mumkin qadar isituvchi yoki sovutuvchi moslamalardan uzoqroq o‘rnatgan ma’qul. Bolalar muassasalaridagi (yasli-bog‘cha, shifoxona va h.k) havo harorati spirtli termometrlar yordamida o‘lchangani ma’qul. Spirtli termometrlar simobli termometrlariga nisbatan ancha aniq bo‘lmasa ham, ishlanish uchun bexavotirdir. Oz miqdorda bo‘lsa ham tasodifan termometrdan to‘kilgan simob bolalarga zaxarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Xona havosining o‘rtacha haroratini aniqlash uchun gorizontal holda kattalar uchun poldan 1,5 m balandlikda, bolalar muassasalarida esa ularning o‘rtacha bo‘yiga qarab 5 nuqtadan, ya’ni xonaning 4 burchagidan devorlardan va isitish moslamalaridan 10 sm nari va xona o‘rtasidan o‘lchab arifmetik miqdori olinadi.
Vertikal bo‘yicha kuzatilishi mumkin bo‘lgan haroratning o‘zgarishi 3m balandlikda, jumladan: poldan 10 sm va 1,5 m balandlikda hamda shiftdan 15-20 sm pastdan aniqlanadi.
Gorizontal yo‘nalishi bo‘yicha haroratning o‘zgarishi tashqi devordan ichki devorgacha bo‘lgan oraliqda 20 dan, vertikal yo‘nalishi bo‘yicha xonaning polidan 1.5 m balandlikda 1,5-20 S dan oshmasligi kerak.
Xona haroratini bir yo‘la tekshirib to‘la ma’lumot olindi, deb bo‘lmaydi , chunki olinadigan ko‘rsatkich faslga, isitish moslamalarining turiga, issiqlik chiqarish davomiyligiga, xonadagi odamlar soniga, ularning xonada bo‘lish paytiga va hakozoga bog‘liq. Shunga ko‘ra xona harorati yuqoridagilarni hisobga olgan holda kun davomida tekshirib turilgani ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |