Gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua



Download 0,76 Mb.
bet140/154
Sana22.08.2021
Hajmi0,76 Mb.
#153554
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   154
Bog'liq
gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua

Mavzuni asoslash

Ichimlik suvi sifatiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar

Ichimlik suvi epidemiologik nuqtai - nazardan salomatlik uchun xavfsiz bo‘lishi kerak, kimyoviy tarkibi bo‘yicha zararsiz, organoleptik xususiyatlari bo‘yicha yoqimli va radiatsion xavfsizlik holatida bo‘lishi kerak. Bu talablarning bajarilishi O‘zR SSV gining 951-2011 Davlat Standart «Ichimlik suvi sifatiga bo‘lgan gigiyenik talablar va uning nazorati» qoidalariga javob bergandagina erishiladi. Davlat standarti ikkita asosiy bo‘limdan tashkil topgan: « Suvning sifat ko‘rsatkichlarini normativlari va uni nazorat qilish usullari va «Xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti markazlashgan tizimida suv sifatining nazorati» .

Ichimlik suvining sifat ko‘rsatkichlari o‘z tarkibiga quyidagilarni oladi:

  1. Mikrobiologik ko‘rsatkichlar: umumiy mikroblar soni, koli-indeks, esherixiyalar, kolifaglar.

  2. Parazitologik ko‘rsatkichlar: oddiy patogenlar va gelmint tuxumlari

  3. Toksikologik ko‘rsatkichlar: REK bo‘yicha: a) anorganik

komponentlar, organik moddalarning komponentlari

  1. Organoleptik ko‘rsatkichlar va komponentlar uchun REK, chunki bu komponentlar suvning organoleptik xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Radioaktiv ifloslanish ko‘rsatkichlari — alfa va beta aktivlik bo‘yicha tekshiriladi.

Ichimlik suvning fizikaviy xossalarini aniqlash

Organoleptik xususiyatlarini aniklash.

Odamning sezgi a’zolari yordamida aniqlash mumkin bo‘lgan tekshirish usullariga organoleptik usullar deyiladi. Suvning organoleptik xossalariga uning hidi, tiniqligi, rangi, ta’mi, harorati va h.k. kiradi.

1. Suv hidini aniqlash: 150—200 ml kolbaga 2/3 qism hajmida sinama suv olinadi. Kolbaning og‘zi soat oynasi bilan berkitiladi va 40—50° gacha qizdiriladi. Kolba silkitilgandan keyin, hidi aniqlanadi va 5 ball darajasida ifodalanadi.

A

Ball

Sezish belgilari

Aniqlashni aks ettirish

0

hech qanday

hid sezilmaydi

1

juda kuchsiz

iste’mol qilgan odam sezmaydi, lekin laboratoriyada aniqlanadi.

2

kuchsiz

iste’mol qilgan odam yaxshiroq ahamiyat bersa seziladi.

3

sezilarli

hid etarli darajada seziladi.

4

yaqqol sezilarli

hid o‘ziga jalb qila oladigan darajada.

5

juda kuchli

hid kuchli, iste’mol qilish mumkin emas.



gar suv hidining jadalligi ruxsat etilgan 2 balldan oshmasa, iste’mol qiluvchiga yomon ta’sir qilmaydi.


S
uvning tiniqligini aniqlash
. Sinama suv aralashtiriladi va ubi tekis, rangsiz silindrga solinadi (20-rasm). Silindr tagida undagi suvni chiqarib yuboradigan jo‘mrak bor. Silindr tagiga 1 sonli bosmadan chiqqan Snellen harflari qo‘yiladi. Yuqoridan qaralganda silindr tagiga qo‘yilgan harflar yaqqol ko‘ringuniga qadar suv jo‘mrak orqali oqizib turiladi. Silindrda to‘kilgandan qolgan suv ustuni sm larda o‘lchanadi. Ruxsat

etilgan suvning tiniqligi 30 sm dan kam bo‘lmasligi kerak.

20—30 sm gacha bo‘lgan tiniqlik kuchsiz loyqa suv, 10—20 sm gacha juda loyqa suv hisoblanadi.

  1. Suvning rangini aniqlash. Suvning rangi teng hajmda olingan distillangan suv bilan oq qog‘oz ustida taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Sinama suv suzgichdan o‘tkaziladi, 40 ml li rangsiz silindrga quyiladi va shu hajmdagi distillangan suv bilan solishtiriladi. Suvning rangi har xil sabablarga ko‘ra o‘zgarishi mumkin. Masalan o‘simliklarning kolloid moddalari parchalanishi tufayli, botqoqlik suv sarg‘ish bo‘ladi va h.k.

Loyqa suv — loyning mayda bo‘lakchalar bilan ifloslanganidan dalolat beradi. Temirning kolloid birikmalari suvga yashil yoki sarg‘ish-yashil rang beradi.Suvda ko‘k-yashil o‘tlar bo‘lsa, uning rangi yashil tusda bo‘ladi. Suv rangining darajasini aniqlashda standart aralashmalar shkalasi bilan solishtiriladi (platina-kobalt va xrom-kobalt aralashmalari). Suvning rangi graduslarda ifodalanadi, bu ko‘rsatkich 20° dan oshmasligi kerak.

  1. Suv ta’mini aniqlash. Suvning ta’mi kimyoviy, bakteriologik, virusologik, radiologik tekshirishlardan so‘ng aniqlanadi. Suv ta’mini aniqlash uchun 15—20° gacha isitiladi. Suvni og‘izga oz-ozdan olib, bir necha sekundgacha ushlab turiladi. Suvning ta’mi uning tarkibidagi kimyoviy birikmaga qarab — achchiq, sho‘r, shirin, nordon, xlorli, baliq ta’mli (va h.k.) bo‘lishi mumkin.

Suvning ta’mi 5 ball darajasida baholanadi:


Ball

Ta’mi

Ball

Ta’mi

0

hech kanday

3

seziluvchan

1

juda kuchsiz

4

yaqqol seziluvchan

2

kuchsiz ta’mli

5

kuchli







  1. Suv haroratini aniqlash. Suvning harorati gigiyenik va fiziologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Og‘iz bo‘shlig‘idan va me’da retseptorlari orqali markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishi tufayli, suvning harorati odam organizmining har xil a’zolari va sistemalarida javob reaksiyalarini keltirib chiqaradi. 7—12°S haroratli ichimlik suv odamga rohat bag‘ishlaydi. Suvning harorati 15° dan yuqori bo‘lganda odamni tetiklantiruvchi xususiyati kamayib boradi. 5° dan past bo‘lsa, shamollash kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, suvning harorati jismoniy tarbiya o‘tkazishda katta ahamiyatga ega. Cho‘milish uchun ajratilgan suv havzalarida suvning harorati 22—26° bo‘lishi zarur.

Suvning optimal harorati mikroblar ko‘payishiga imkon yaratadi. Suvning harorati suv haroratini o‘lchaydigan alohida termometrlar bilan aniqlanadi.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish