Mavzuni asoslash:
Aholi yashash joylarini chiqindilardan tozalashning gigiyenik asoslari
Zamonaviy shaharlar, shahar turkumiga kiruvchi tuman markazlari va aholi yashash posyolkalarining qurilishi aholi sonining ortib borishi bilan bog‘liq holda aholi yashash joylarini turli xildagi sanoat va xo‘jalik chiqindilaridan tozalash muammosining gigiyenik ahamiyati kundan-
kunga ortib bormoqda. Insonlarning hayoti va mehnat faoliyatlari juda katta miqdordagi chiqindilarni hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, ular 2 guruhga bo‘linadi:
suyuq chiqindilar (ifloslangan idishlar, kir yuvishdan hosil bo‘ladigan suvlar, umumiy ovqatlanish muassasalaridan chiqariladigan suvlar, kundalik turmushdan va sanoat korxonalaridan chiqariladigan suyuq chiqindilar;
qattiq chiqindilar (oshxona chiqindilari, axlat va ko‘cha supirindilari, sanoat korxonalarida hosil bo‘ladigan qattiq chiqindilar).
Qilingan hisob-kitoblarga qaraganda 1 odam 1 yil davomida o‘rtacha 160 kg dan 360 kg gacha qattiq chiqindilarni ua 300 1 gacha suyuq chiqindilarni chiqarar ekan. Xar yili Respublikamizdagi kanalizatsiyasi bo‘lmagan aholi turar-joylaridan o‘n ming tonnalab chiqindilarni, kanalizatsiyasi bor bo‘lgan shaharlardan esa o‘n minglab quruq chiqindi va million kub metrlab suyuq chiqindilar tashib chiqariladi. Bunday katta miqdorlardagi chiqindilarni nima qilish kerak va ularni qanday zararsizlantirish mumkin degan muammoning yuzaga kelishi tabiiy. Chiqindilar o‘z tarkibida juda katta miqdordagi mikroorganizmlarni ushlaydi, gelmentlar va ularning tuxumlarini tutadi, metall va shisha chiqindilari, plastik materiallarning qoldiqlari va turli tabiatga ega bo‘lgan kimyoviy birikmalarni ushlaydi. Chiqindilarni o‘z holicha tashlab qo‘yilishi esa ularning parchalanishi va chirishi oqibatida o‘zidan turli xildagi qo‘lansa hid tarqatuvchi kimyoviy gazlarni hosil qilib tabiiy muhitning tozaligiga putur etkazadi; sasib - chiriyotgan chiqindi pashshalar, suvaraklar, kemiruvchi hayvonlar va boshqa turdagi zararkunandalarni ommaviy tarzda ko‘payib ketishiga sharoit yaratadi.
Aholi yashash joylarida hosil bo‘ladigan va chiqarib tashlanadigan chiqindilarni tashkiliy tarzda to‘plash, uzoqlashtirish va zararsizlantirish tizimi tashkil etilmagan taqdirda ana shu joylarning sanitar tartibini keskin yomonlashishiga sab’ab bo‘ladi. Shuning uchun aholi yashash joylarini axlatlar va chiqindilardan o‘z vaqtida tozalash hamda zararsizlantirish muhim gigiyenik ahamiyatga egadir.
Aholi yashash joylarini qanday usulda bo‘lmasin tozalashda quyidagi asosiy prinsipga amal qilish juda muhimdir - aholi imkoniyati boricha ana shu chiqindilar bilan kamroq aloqada bo‘lishi va atrof-muhitga imkon qadar zarar keltirmasligi, ya’ni tabiiy muhitning tabiiy holiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Bu prinsipga aholi yashash joylarida to‘planadigan axlatlar va chiqindilarni muntazam, o‘z vaqtida, maksimal darajada mexanizatsiyalashtirilgan holda chetlashtirish va ularni zararsizlantirishni esa iloji boricha germetik tarzda bajarilish sharoitidagina amal qilinishi mumkin.
Aholi yashash joylarini suyuq chiqindilardan tozalash quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
tashib chiqarish tizimi orqali;
aholi yashash joylarini kanalizatsiya bilan jihozlash orqali.
Tashib chiqarish tizimida kichik aholi yashash punktlarida hosil bo‘ladigan suyuq chiqindilar avval to‘planishi va vaqtincha saqlanishi lozim; bu tizimni qo‘llashda quyidagi holatlarga e’tiborni qaratish kerak - chiqindilar to‘planadigan o‘ralar izolatsiya qilingan bo‘lishi kerak, tuproq orqali sizilib o‘tib shu tuproqni va er osti suvlarini ifloslamasligi lozim.
Axlat idishlari va o‘ralarning to‘lishi bilan tezlikda maxsus transport vositalari yordamida ularni aholi yashash joylaridan chetga chiqarilishi va zararsizlantirilishi kerak. Suyuq chiqindilarni zararsizlantirish assenizatsiya maydonchalari va haydash maydonchalarida amalga oshiriladi, bunday tozalash va zararsizlantirish usuli shu maydonlardagi tuproqning o‘z-o‘zidan tozalanish xususiyatiga asoslangan holda bajariladi. Kanalizatsiya tizimi aholi yashash joylarini suyuq chiqindilardan tozalashdagi eng yaxshi variant hisoblanadi.
Kanalizatsiyalangan shahar va ishchi poselkalarida oqizish tizimidan to‘g‘ri va unumli foydalanilganda aholi yashash joylari doim toza bo‘lib, aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklar darajasi keskin pasayadi. Kanalizatsiya deganda - turar joy binolari ichidagi har bir xonadonda hosil bo‘ladigan suyuq chiqindilarni qabul qilish vositalari, oqizish shoxobchalari, chiqindi suvlarini tozalash inshootlarini tushuniladi. Chiqindi suvlarini zararsizlantirish sug‘orish va boyitish maydonlarida, filtrlash maydonlarida yoki maxsus tozalash inshootlari majmuasida amalga oshiriladi.
Umumiy kanalizatsiya tizimi bo‘lmagan hollarda ayrim ob’ektlardan hosil bo‘ladigan suyuq chiqindilar, agar ularning umumiy hajmi 800m bo‘ladigan bo‘lsa, kichik kanalizatsiya tizimi jihozlanishi mumkin. Bunday tozalash va zararsizlantirish turi hosil bo‘ladigan suyuq chiqindilarni obektdan uzoqroqda maxsus tashkil etilgan maydonlarda tuproq orqali tozalash yoki kichik tozalash moslamalari orqali amalga oshirilishi mumkin, bu inshootlarning qudrati 25—100 m3 tengdir. Texnik vositalardan va tibbiy jarayonlardan to‘g‘ri foydalanilgan hamda to‘g‘ri tashkillashtirilgan tozalash tizimida kanalizatsiya chiqindi suvlarini tozalangandan so‘ng suv manbalariga qo‘shib yuborilishi yoki maxsus obektlar bo‘lsa shu suvdan qayta foydalanish imkoniyati yaratiladi. Aholi yashash joylarini qattiq chiqindilardan tozalash (axlatlar) ham etarli darajada murakkab jarayondir. Axlatlarni zararsizlantirishdagi ananaviy usul - axlat to‘plash joylari va keyinchalik ularni ko‘mish usuli hisoblanadi (axlatlarni tuproq usulida zararsizlantirish), ammo hozirgi kunda axlatlarni biotermik usulda zararsizlantirish ham mavjud bo‘lib, axlatlar maxsus kameralarga joylashtiriladi, natijada axlat o‘z-o‘zidan qizib, uning harorati 50-70 °C gacha ko‘tariladi. Bunday sharoitda axlat tarkibidagi oqsil va organik birikmalar aerobli sharoitda parchalanib go‘ngga aylanadi, mikroorganizmlar, ayniqsa patogen mikroblar, gelmentlar va ularning tuxumlari o‘ladi.
Aholi yashash joylarini obodonlashtirishning gigiyenik ahamiyati
Inson organizmiga ta’sir ko‘rsatuvchi atrof-muhit omillari o‘rtasida aholi yashash joylari, shu jumladan aholini turar-joylar bilan ta’minlash, turar-joy binolarini qurish, pardozlash, jihozlash va yashash sharoitlarini yaratish muhim gigiyenik ahamiyatga egadir.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, bu sohada sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda, xususan aholi yashash joylarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, chiqindilardan tozalash, shahar muhitida yashil dam olish zonalarini tashkil qilish va tabiiy manbalardan unumli foydalanish imkoniyatlarini yaratish uchun keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tuproq. AQSHda qishloq xo’jalikini noto’g’ri yurgizilganliki uchun 1934-yildagi qattiq shamol tufayli 200 mln tonna yer yuzi qatlami uchib ketgan. Odamning xo‘ jalik faoliyati ham tuproq hosil bo‘ lish jarayonining ba’ zi omillariga, mas., o‘ simliklarga, shuningdek, yerga ishlov berish, uning meliorativ holatini yaxshilash, organik o‘ g‘ it solish va boshqa bilan tuproqqa bevosita ta’ sir ko‘ rsatadi. Bu ta’ sir ko‘ rsatish to‘ g‘ ri mutanosiblikda olib borilganda tuproq hosil bo‘ lish jarayonini va xususiyatlarini maqsadga muvofiq o‘ zgartirish mumkin. Hozirgi yer usti tuproq qatlami esa 9 trillion deb baholangan. Bundan boshqa sanab o’tilishi kerak bo’lgan va iqtisodiy qiymatga ega bo’lgan resurslar bor. Ulardan biri, etnik va filosofik ahamiyatga ega bo’lgan bio turmaturlikni saqlash va qo’llab quvvatlashdir. Masalan, odamlar baliq sanoatining yoqolib ketishiga yetarlicha ahamiyat berishmasa va uni odamlarga va ekosistemaga foydasini bilishmasa nima bo’ladi16?
Darsda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiya usullari:
“Qopdagi mushuk”
Ish uchun zarur
Guruhdagi talabalar soniga qarab qur’a tashlash uchun
Topshiriqlar variantlarining to‘plami, sonlar. Toza qog‘oz varog‘lari.
Ishni bajarish tartibi.
Qur’a tashlash yo‘li bilan gurux 3 - 4 ta talabadan iborat bo‘lgan kichik guruxlarga bo‘linadi.
Har bir kichik gurux alohida stol atrofida o‘tiradi ,toza qog‘oz varog‘i va ruchka tayyorlanadi.
Varoqda sana, gurux soni, ish o‘yinini nomi, shu kichik guruxda ishtirok etadigan talabalar familiyasi, ismi, sharifi yoziladi.
Xar bir kichik guruhlarni bitta qatnashchisi o‘qituvchini oldiga kelib konvertdan topshiriq variantini oladi.
Talabalar varaqga o‘zlarining topshiriqlarini ko‘chiradilar va ish bajarish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.
Kichik guruxlar topshiriqni muxokama qiladilar va to‘liq javobni yozadilar.
O‘qituvchi kuzatib turishi shart, talabalar ko‘chirmasligi va boshqa guruxlar bilan aloqa qilmasligi kerak.
15 daqiqa o‘tgandan so‘ng javob varaqalari yig‘ib olinadi.
Testlar
1. Ko‘lansa xidga ega bo‘lgan gazlar tuproqning o‘z o‘zidan tozalanishida ... uchraydi
sorbsiyalanishga 2. filtratsiyalanishga
aerob parchalanishga 4. anaerob parchalanishga
Tarkibida mineral va organik moddalar miqdori va zarrachalar katta kichikligiga qarab qanday tuproq turlari ajraladi?
1. loy, loyli, qumli, qumloq, 2. loy, loyli, pestitsidli
koar, qumloq, qumli, loy, loyli 4.xlorli, pestitsidli
Tuproqning fizik mexanik xossalariga nimalar kiradi?
1. donadorligi, maydalanishi 2. namligi, xlorlanishi
donadorligi, namligi, o‘zida suv tutish xususyati 4. to‘g‘ri javob yo‘q
Aeratsiya jarayoni qaysi tuproqda yaxshi ketadi?
1. mayda donali tuproqda 2. yirik donali tuproq
3. chiqindili tuproq 4. xlororganik birikmali
Ifloslanmagan tuproq tarkibida qanday mikroorganizmlar bo‘ladi?
1. parazit 2. saprafit
3. patogen 4. to‘g‘ri javob yo‘q
Qorin tifi tarqatuvchi mikroblarning tuproqda yashash muddati?
1. 2 haftadan 12 oygacha 2. 1.5 haftadan 9 oygacha
3. 1 haftadan 4 oygacha 4. 13 haftadan 7 oygacha
Tuproqni o‘z-o‘zidan tozalanishida suyuq holdagi iflosliklar ...
1. filtrlanadi 2. sorbitsiyalanadi
3. aerob sharoitida parchalanadi 4. anaerob sharoitida parchalanadi
Tuproq tarkibidagi organik moddalar parchalanishi ta’sirida hosil bo‘ladigan oxirgi chiqindi maxsulot berilgan qator?
1. anorganik tuzlar 2. ko‘lansa hidli gazlar
3. CO2 va suv 4. gummus
Inson hayoti natijasida hosil bo‘ladigan chiqindilar nechta guruhga bo‘linadi?
1. 1 2. 5 3. 4 4.2
Aholi yashaydigan joylarda suyuq chiqindilar qanday yo‘l bilan tozalanadi?
1. tashib chiqarish tizimi 2. kanalizatsiya orqali
3. a va b 4. to‘g‘ri javob yo‘q
Endemik buqoqning kelib chiqish sababi
1. yod ko‘p miqdorda bo‘lishi 2. yod miqdori kamligi
3. kadmiy etishmasligi 4. brom etishmasligi
Karies kasaligining kelib chiqish sababi
1. yod kamligi 2. xlor etishmasligi
3. qadmiy etishmasligi 4. ftor kamligi
Ftorni kam tutadigan O‘zbekiston viloyati
1. hammasi to‘g‘ri 2. Andijon
3. Xorazm 4. Toshkent
Flyuroz kasalligi O‘zbekistonning qaysi viloyatida qayd qilingan?
1. Samarqand 2. Xorazm
3. Andijon 4. F arg‘ ona
Nitratlar miqdorining oshishi qanday kasalikka sabab bo‘ladi?
1. sil 2.vabo
3.endemik buqoq va triataksikoz 4. oshqozon raki
Itay - itay kasalligini qaysi element yuzaga keltiradi?
1. yod 2.brom
3. kadmiy 4. azot
Qon bosimining pasayib ketish, ko‘karish, klonik - tonik titrash, komatoz kabi holatlar qaysi birikma ta’sirida yuzaga keladi?
1. xlororganik birikmalar orqali 2.fosfororganik birikmalar orqali
3. yod orqali 4. ftor orqali
Xlororganik birikmalar oqibatida kasallik belgilari necha kungacha davom etadi?
1. 3-10 2. 6-20
3. 12-20 4. 1 oy muddatga
Mavzu: Ichimlik suvi sifatini yaxshilash usullari.
Mashg‘ulotning jihozlanishi: Kolba, soat oynasi, Silindr, Snellen harflari, distillangan suv
Do'stlaringiz bilan baham: |