Havo namligi
Suv xavzalari, tuproq yuzasi va o‘simliklardan muntazam ravishda suv bug‘lari chiqib turadi, bu havoning namligini ifodalaydi. 1 m3 havodagi suv bug‘larining miqdori (g-da) absolyut havo
namligi deb aytiladi. Maksimal havo namligi deb havoning ma’lum haroratda namlik bilan to‘la- to‘kis to‘yinib olishi uchun zarur bo‘lgan suv bug‘larining miqdoriga aytiladi. Havo harorati ko‘tarilib borgan sari havoning maksimal namligi oshib boradi. Nisbiy havo namligi deb, absolyut havo namligining maksimal havo namligiga foizlarda ifoda qilingan nisbatiga aytiladi. Nisbiy havo namligi havoning suv bug‘lari bilan to‘yinish darajasini belgilab beradi.
Havo namligini aniqlashda aspiratsion va statik psixrometrlardan hamda gigrograflardan foydalaniladi. Aspiratsion psixrometrni statik psixrometrdan farqi shundaki, aspiratsion psixrometrga o‘rnatilgan moslama orqali termometr ko‘rsatkichlarini aniqlashdan oldin, joylarda aspiratsiya usulida havo yo‘nalishini bir tekisda tashkil qilish bilan birga termometrlarni radiatsion
c
nur ta’siridan himoya qilish
horalari ko‘rilgan.
Psixrometrlar yordamida absolyut namlik aniqlanadi. Absolyut namlik formula yordamida hisoblab chiqiladi:
K= F - 0,50 (T - Ti) _V_
755
bu erda: K-absolyut namlik, mm simob bo‘yicha F- nam termometrning ko‘rsatishi bo‘yicha maksimal namlik T- quruq termometr ko‘rsatishi (gradusda)
T1- nam termometr ko‘rsatishi (gradusda),
V
Topilgan absolyut namlikni Ki= K_ x 100%
-tekshirish vaqtidagi barometrik bosim, mm simob ustunida. namlikka o‘tkazish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi.
Fi
bu erda: K1-nisbiy namlik, % hisobida
K-absolyut namlik, mm simob ustunida
F1-quruq termometrning harorati bo‘yicha maksimal namlik olinadi.
Nisbiy namlikni formula bilan aniqlashdan tashqari, aspiratsion psixrometr ko‘rsatkichlari bo‘yicha maxsus jadval yordamida ham topish mumkin.
Aholi yashaydigan xonalarda nisbiy namlik 40-60% bo‘lishi kerak.
Gigrograf - havo namligini uzluksiz qayd qiluvchi asbob. Gigrografning asosiy qismi yog‘sizlantirilgan ayol sochi yoki ot yoli bo‘lib, unga uzatgich mexanizmi yordamida chizuvchi ko‘rsatkich ulangan. Namlik o‘zgarganda soch tolasi uzayadi yoki qisqaradi. Namlikning o‘zgarishi soat mexanizmi qo‘zg‘almas o‘q atrofida aylanib turadigan barabanga o‘rnatilgan chizg‘ich yordamida uzluksiz chiziladi, barabanning aylanish davriga ko‘ra, gigrograflar sutkali va haftali bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |