Havo harakati
Havo harakatini markaziy Osiyo iqlim sharoitida aniqlash muhim gigiyenik ahamiyatga ega. U turar joy, ko‘chalarni, binolar va atmosfera havosining tabiiy tozaligini ta’minlaydi.
Havo harorati yuqori bo‘lganda shamol ortiqcha issiqlikni haydaydi. Past haroratli sharoitlarda esa shamolning salbiy ta’siri ortadi.
Sanitariya amaliyotida havo yo‘nalishi tezligi havoning tabiiy tozaligini ta’minlaydi.
Sanitariya amaliyotida havo yo‘nalishi tezligi asosan qanotli va kosachali anemometrlar yordamida aniqlanadi.
Qanotli anemometrlar shamolda harakatga keluvchi o‘qqa o‘rnatilgan qanotlardan iborat. Qanotlar harakati natijasida aylantirilgan o‘q o‘z yo‘lida ko‘rsatkichini harkatga keltirish tufayli, havoning yo‘nalish tezligi siferblatda ifodalanadi. Buning uchun asbobni ishlatishdan oldin siferblat ko‘rsatkichlaridagi sonlar yozib olinadi, ma’lum vaqt asbob ishlatgach so‘nggi ko‘rsatkichlardan oldingisi ayrilib, sekundlarga bo‘lingandan keyin olingan raqam, havo harakat tezligini sekundlarda ifodalaydi.
Qanotli anemometrlar yordamida tezligi 0,3 dan 12 m/sek bo‘lgan havo yo‘nalishini aniqlash mumkin.
Kosachali anemometrlar. Bu usulda havo yo‘nalish tezligini aniqlash aylanuvchi o‘qqa qanotlar o‘rniga kosachalar o‘rnatilishi bilan farqlanadi. Shu sababli tezligi sekundiga 1 dan 20 m bo‘lgan havo yo‘nalishini aniqlash mumkin. Yopiq xonalarda havoning kichik harkat tezligini aniqlash uchun (0,1-0,2 m/sek gacha) katatermometrar qo‘llaniladi.
Havo harorati uning harkat tezligiga ham bog‘liq. Shuni hisobga olgan holda katatermometr yordamida odam tanasining tashqi muhitga issiqlik chiqarish miqdorini ham aniqlash mumkin.
Agar 1 sek ichida 1 sm
2 ter sathining yuzasidan katatermometr ko‘rsatkichi bo‘yicha 5,5-7 millikaloriya bo‘lganda kiyingan odam o‘zini
yaxshi his etsa, bunda organizm o‘zidan 1,2-1,4 mkal-sm
2/sek issiqlik yo‘qotadi.
A gar katatermometr ko‘rsatkichi 7 kkal sm
2/sek dan yuqori
2
bo‘lsa, odam sovuqlikni, agar 5,5 kkal-sm /sek dan past bo‘lsa issiqlikni his etadi.
Havoning sovutish xususiyatini aniqlash uchun katatermometr asbobning yuqori rezervuarini ichidagi spirt S-1/3 hajmiga ko‘tarilgunicha suv hammomida isitiladi, so‘ngra ho‘llangan qismini quruq qilib artib tekshirilayotgan joyga- shtativga o‘rnatiladi va naychadagi (spirtning ko‘rsatkichi 38
0 S dan 35
0 S ga qadar tushish vaqti) sekundlarda belgilanadi. Katotermometrning sovish tezligi (mkal-sm
2/s) havoning sovutish xususiyatini ifodalaydi.
Bu quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
N= F ; a
F-katatermometr omili (o‘zgarmas kattalik)
a-naychadagi spirt ko‘rsatkichi 38
0 ga qadar tushishi vaqti sekundlarda ifodalanadi.
N-ni va atrofdagi havo harorat tezligini bilgan holatda empirin topilgan formula yordamida xonadagi harakat tezligini aniqlash mumkin.
= (H - 0,20)2 1 m/sek bo‘lgan havo tezligi uchun
Q
_ _H
= (Q- 0,20)2 1 m/sek dan yuqori bo‘lgan havo tezligi uchun
47
Bu erda:
V-havo harkat tezligi. m/sek,
N-quruq katatermometrning sovush tezligi mkal/sm2 sek
Q-odamning tana harorati 36.5
0S bilan tashqi muhit harorati orasidagi farq.
20-0,40-0,13-0,47-empirik koeffitsientlar.
YOpiq xonalarda, dorixona xonalarida va muassasalarida havoning harakat tezligi 0,2-0,4 m/sek orasida bo‘lishi kerak.
Kichik havo yo‘nalish tezligini quruq katotermometrning sovush tezligi (mkal/sm
2/sek) ko‘rsatkichini, odamning tana harorati (36.5
0S)bilan tashqi muhit harorati orasidagi farqining nisbat ko‘rsatkichini maxsus jadvallar yordamida ham topish mumkin. Havo harakati tezligining me’yori asosan xonaning haroratiga qarab belgilanadi. Turar joy xonalarida havo harakatinig tezligi 0,1-0,3 m/sek, sport zallarida 0,5 m/sek gacha, ishlab chiqarishda va issiq sexlarda 1-1,5 m/sek gacha me’yor bo‘lib hisoblanadi.
Gigiyenik nuqtai nazardan
qulay deb shunday harorat, nisbiy namlik tezligi va boshqa ko‘rsatkichlarga aytiladiki, hosil qilingan bunday sharoitlarda organizmda issiqlik almashinuvi va fiziologik faoliyat me’yorida kechadi. Bunday mikroiqlim komfort zona deb aytaladi.
Komfort zona (kattalar uchun) havo harorati 17-18
0S. nisbiy namligi 40-60% va havo yo‘nalish tezligi 0,1 m/sek bo‘lishi kerak.
Atmosfera bosimi va uni aniqlash
Er kurrasini qoplab turgan havo qatlami (atmosfera) o‘z og‘irligiga ega, bunday bosim havo tarkibidagi gazlarni odam tanasiga bir tekis tarqatib, a’zolar bo‘shliqlari va to‘qimalaridagi gazlarni muvozanatda saqlashni ta’minlaydi. Lekin ba’zan suv tagida ish bajarilganda yoki suvga to‘yingan er qatlamida ishlaganda organizm atmosfera bosimiga duchor bo‘ladi.
Toqqa ko‘tarilganda yoki samolyot, vertolyotda atmosferaning yuqori qatlamlariga ko‘tarilganda organizm past atmosfera bosimiga duchor bo‘ladi. Shu sababli atmosfera bosimini bilish muhim gigiyenik tadbirlardan hisoblanadi.
1980 yil 1 yanvardan boshlab atmosfera bosiminig o‘lchov birligi qilib jahon miqyosida yagona Paskal (Pa) qabul qilingan.
Atmosfera bosimi dengiz sathida 1000 mbar-1000 Pa - 750 mm simob ustuniga teng. Demak, 1 millibar-0,75 mm simob ustuniga, 1 mm simob ustuni o‘z yo‘lida 1,33 millibarga teng.
Atmosfera bosimini aniqlash yaqin orada ob-havoda kuzatilishi mumkin bo‘ladigan o‘zgarishlar hamda past yoki yuqori bosim sharoitida ishlaganda qanday profilaktik chora-tadbirlar ko‘rish kerakligini belgilashga imkon beradi. Bundan tashqari tashqi muhitning gazlar bilan ifloslanishi atmosfera bosimining qanday ko‘rsatkichida sodir bo‘lganini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Atmosfera bosimini simobli, metalli barometrlar hamda barograflar yordamida aniqlash mumkin.
Simobli barometr. Asbob vertikal holatda o‘rnatilgan, ustki qismi berk, pastki qismi esa simob solingan kosachaga tutashtirilgan shisha naychadan iborat. Bosimni o‘lchashdan oldin simob ustuni maxsus vintil yordamida “0”ko‘rsatkichiga tenglanadi. Simobning naycha bo‘ylab ko‘tarilishi, atmosfera bosimini shkala ko‘rsatkichi orqali ifodalaydi.
Simobli barometrni tashqi muhit haroratining o‘zgarishiga qarab to‘g‘irlab turish kerak, chunki harorat ko‘tarilish simobning kengayishiga, bu o‘z yo‘lida naycha orqali simob ko‘tarilishiga olib keladi. Bundan tashqari shkalaning kengayish koeffitsientini ham hisobga olish zarur, Barometr ko‘rsatishini to‘g‘irlash simobning kengayish koeffitsientiga 0,000163 hamda termometr ko‘rsatishiga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi.
Barometr ko‘rsatkichidan to‘g‘irlash ko‘rsatkichi olinadi, agar termometr ko‘rsatkichi musbat bo‘lsa qo‘shiladi, termometr ko‘rsatishi manfiy bo‘lganda ayriladi.
Misol. Barometr ko‘rsatishi 755 mm simob ustuniga teng, havo harorati 20
0 S bo‘lsa, tuzatishni topish uchun olingan ma’lumotlar ko‘paytiriladi. 755 x 0,000163 x 20 = 2.46. SHunday qilib, to‘g‘irlash 2.46 ga teng.
Barometr ko‘rsatishidan to‘g‘irlash ko‘rsatkichi ayrilsa, haqiqiy atmosfera bosimi topiladi:
755-2,46 = 752,54
demak, atmosfera bosimi tekshirilgan sathda 752,54 mm simob ustuniga teng.
Metalli barometrlar (aneroidlar). Asbob quticha shaklida bo‘lib, devorlari yupqa metaldan yasalgan. quticha ichida bosimni sezuvchi bo‘shliq hosil qilingan. Atmosfera bosimining o‘zgarishi tufayli, quticha devorlari ko‘tariladi yoki puchayadi. Bunday o‘zgarish richag sistemasi orqali siferblatga o‘rnatilgan ko‘rsatkichni harakatga keltiradi va atmosfera bosimini simob ustunini mm larda ifodalovchi raqamlarda belgilaydi.
Barograf atmosfera bosimini avtomatik holda aniqlash maqsadida o‘zi yozuvchi barograflardan foydalaniladi.
Metalldan yasalgan qutichalar asbobning sezuvchi qismi hisoblanadi.
Atmosfera bosimining o‘zgarish tufayli, qutichalar shaklini o‘zgartiradi va richagni harakatga keltiradi.
Harakatga kelgan richag avtomatik holatda aylanuvchi barabanga o‘ralgan qog‘ozda atmosfera bosimini bildiruvchi chiziqlarni ifodalaydi.
Havo mikroiqlimini baholash bilan bir qatorda uning kimyoviy tarkibini, jumladan uglerod (IV) -oksid miqdorining ko‘payishi, uning organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi o‘zga
kimyoviy birikmalar, changlar hamda kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar bilan ham ifloslanganligin bildiradi. SHu sababli xonalarda uglerod (IV) -oksid ko‘rsatkichi -sanitariya ko‘rsatkichi deb qabul qilingan, uning miqdoriga qarab, xona havosini tozalash chora-tadbirlari belgilanadi.
Nazorat savollari
Iqlim o‘zgarnishi sabablari
Ob-havo o‘zgarishining odam organizmiga ta’siri.
Turli iqlimiy omillarning odam organizmiga ta’siri.
Urbanizatsiya to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
Havoning fizik xossalari
Akklimatizatsiya nima?
Havo namligi turlari va o‘lchovchi asboblari.
Mikroiklim ko‘rsatkichlarining me’yorlari
Darsda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiya usullari:
Bo‘sh xalqa»
Bu usul yordamida talaba amaliy mashg‘ulotning nazariy qismiga tayyorgarligi aniqlanadi va baholanadi. Buning uchun nazariy qismi 8 turga bo‘linadi, birinchi va ikkinchi turga «0» ball beriladi, qolgan turlarga esa darsning nazariy qismiga ajratilgan ballar bo‘linib yoziladi. Agar talaba I va II turdan «0» ball olsa keyingi turga qo‘yilmaydi, bundan tashqari o‘yin davomida ikkita «0» ball olsa ham o‘yindan chiqariladi va shu vaqtgacha olingan balli qo‘yiladi. O‘yinni o‘tkazish uchun shu mavzu bo‘yicha savollar va optimal javoblar tayyorlanadi.
Savol-javoblar qisqa, aniq to‘g‘ri, lo‘nda bo‘lishi kerak.
O‘yinni o‘tkazish vaqtida guruhning 1 ta talabasi «hisobchi» vazifasini bajaradi, ya’ni sinf taxtasiga yozilgan familiyalar qarshisiga «+», «-» belgisini qo‘yib boradi. Bu talaba o‘yin oxirida savollarga javob beradi.
O‘yin tugagach bayonnoma yoziladi va unga o‘qituvchi hamda guruh sardori imzo
qo‘yadi.
Savollar
Xona haroratini o‘lchovchi asboblar va ularning turlari
Xona namligini o‘lchovchi asboblar va ularning turlari
Havo harakatini o‘lchovchi asboblar va ularning turlari
Atmosfera bosimini o‘lchovchi asboblar va ularning turlari
Xona yorug‘ligini o‘lchovchi asbobning nomini ayting
Xona havosi tarkibidagi SO2 miqdorini aniqlash usullari
Xona harorati pol sathidan necha sm balandlikda va nechta nuqtada o‘lchanadi
Absolyut havo namligi deb nimaga aytiladi
Maksimal havo namligi deb nimaga aytiladi
Nisbiy namlik deb nimaga aytiladi
Havoning kichik harakat tezligi qaysi asbobda aniqlanadi
Palatalarda xona harorati necha gradus bo‘lishi kerak