«GEOSIYOSAT» NING KATEGORIYALARI, QONUNLARI, METODLARI VA FUNKSIYALARI.
REJA:
Geosiyosatning asosiy qonunlari
Geosiyosatning asosiy kategoriyalari
Geosiyosatning asosiy metodlari
Geosiyosatning asosiy funksiyalari
Geosiyosatning asosiy qonunlari. Barcha fanlar singari geosiyosat fanining ham o‘ziga xos kategoriyalari, metodlari va qonuniyatlari mavjud. Geosiyosat ijtimoiy, siyosiy, geografik, demografık, harbiy va boshqa tizimlarning shakllanish, amal qilish, rivojlanish xususiyatlarini, qonuniyatlarini tahlil qiladi. Tadqiqotchilar geosiyosatning asosiy qonuniyatlari haqida gap borganida asosiy e’tiborni geografik dualizm qonuniga qaratishadi. Odatda ushbu qonun tabiatning geografik tuzilishi va sivilizatsiyaning tarixiy shakllarida namoyon bo‘ladi. Ko‘pgina geosiyosatchilar quruqlikdagi kuch - qudratni (tellurokratiya) dengizdagi kuch - qudratga (talassokratiya) qarama - qarshi qo‘yishadi. Bu holatlar Qadimgi Sparta, Qadimgi Rim, Qadimgi Atına va Karfagen misolida namoyon bo‘ladi. Osiyo davlatlarini bir - biri bilan bog‘laydigan muhim bo‘g‘ozlar kamligi, borlar ham kashf etilmaganligi sabab dengizdagi kuch - qudratga kam e’tibor qaratildi. Oddiygina misol ilk saltanatga asos solgan ahamoniylar vakili Doro I (mil.av. 522 - 486) Afınaga dengizda bas kela olmadi. Kushon, Turk hoqonligi, Somoniylar, Temuriylar haqida gap ketganida talassokratiya xususida bir nima deb bo‘lmaydi. Geosiyosat asoschilari jumladan A.Mexen, X.Makkinder fıkricha dualizm dastlab tarixiy - madaniy sivilizatsiyalar o‘rtasida dushmanlik adovatlarini, turli - xil ziddiyatlarni, o‘ziga xosliklarni keltirib chiqardi. Tellurokratiyaga xos bo‘lgan xususiyatlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi: aniq belgilangan chegara, ma’lum makon, aholi turmush tarzi, rivojlanishning o‘ziga xos yo‘nalishlari, barcha amal qilishi shart bo‘lgan ahloqiy va huquqiy normalar, aholi toifalari, etnoslar, irqlar, davlat va saltanatlar. Bu qat’iylik ushbu makonda ahloqiy va qonununiy normalarni belgilab beradi. Talassokratiya esa dengiz savdosi ham bo‘lib texnik progressga tayanadi. Individualizm kayfiyatiga, boylik orttirishga, tadbirkorlikka keng e’tibor qaratiladi. Ahloqiy, huquqiy normalar nisbiylik kasb etib ekstrimal shart - sharoitlarda yashash ko‘nikmalariga keng e’tibor beriladi. Natijada ahloqiy, madaniy qadriyatlar tez o‘zgaradi, yoki oldinga intilish, boylik orttirish yo‘lida harakat qilish, kashfıyotlarga e’tibor kabi harakatlar soyada qolib ketadi.
Uzoq yillar davomida tarixiy taraqqiyot davomida Qadimgi Rim, Atına, Sparta
savdo, hunarmandchilikning rivoji natijasida dengizda ham hukmron mavqega ega
bo‘la boshlashdi. Mehnat taqsimoti, dengiz savdosining o‘sishi bois dengizda hukmronlikni qo‘lga kiritish uchun kurash boshlandi. Ushbu holat natijasida geosiyosatning ikkinchi qonuni- makon omilining kuchayish qonuni kelib chiqadi. Bu omil buyuk geografik kashfiyotlardan keyin ayniqsa ko‘proq ahamiyat kasb eta boshladi. XX asrga kelib o‘zining yuksak darajasiga erishdi.
Shuningdek geosiyosiy jarayonlarning, uning tahlili bilan bog‘liq bilimlarning muhim ahamiyat kasb etib rivojlanib borishida manfaatlarning doimiyligi va dinamik xarakteri o‘ziga xos o‘rin tutadi. Isnoniyat paydo bo‘libdiki o‘zining tub manfaatlarini amalga oshirishga, turmushini farovonlashtirishga intiladi. Isnoniyat o‘zining qaysidir ehtiyojini turli ixtirolar hisobiga qondirmasin, uning ehtiyojlari turli kashfıyotlar yuz bergani sari yanada murakkablashib, ko‘payib bormoqda: stanoklar, divigatellar, avtomobil, poyezd, aviatsiya, kopyuter, internet va shu kabilar. Lekin bu kashfıyotlarning keyingi rivoji qator tabiiy zahiralarni talab etadi. Ona zaminning tabiiy imkoniyatlari insoniyatning ehtiyojlaridan farqli ravishda chegaralangan. Maxatma Gandi afsus bilan aytadiki agar Britaniyaga o‘z farovon turmush tarzini barpo etish uchun sayyoramizdagi zahiralarning yarmi ketgan ekan, unda Hindistonning farovonligini Britaniya darajasida ta’min1ashga qancha sayyora zarur bo‘ladi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |