Geosiyosat predmeti. Xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etishda geosiyosiy sub‘yektlar va tabiyat o‗rtasida, shuningdek geosiyosiy sub‘yektlarning o‗zaro munosabatlari, jamiyatda kechayotgan har xil darajadagi ijtimoiy - siyosiy jarayonlar, ularning yuzaga kelishi, harakatlanishi va o‗zgarib borishini o‗zida aks ettiruvchi voqealar rivoji geosiyosat predmeti sifatida olindi.
Albatta har qanday manfaat iqtisodiy asosga tayanadi. Uzoq yillar davomida turli kelishmovchiliklarning asosi bo‗lib iqtisodiy manfaat xizmat qilib keldi. Lekin uning amalga oshirishning turlari, usullari takomillashib keldi. Xalqaro iqtisodiy jarayonlar nafaqat texnologik, balki tashkiliy jihatdan ham takomillasha boshladi. Iqtisodiy jarayonlarning umumbashariylashuvi xalqaro savdo, davlatlararo munosabatlarda investitsiya, kapital va boshqa omillarning ahamiyatini ko‗rsata boshladi. Tabiiyki, bu va bularga mansub bo‗lgan boshqa iqtisodiy tarmoqlar nafaqat xalqaro hayotda muhim o‗ringa ega, balki ularning dunyoviy siyosatga ta‘sir etayotganligi ham real haqiqatdir.
Bundan tashqari, zamonaviy geosiyosatning asosiy muammolari bo‗lib kelayotgan quyidagi masalalarni geosiyosiy tadqiqotlarning predmeti sifatida ko‗rish mumkin:
ilmiy - texnika inqilobi rivojining samarasi bo‗lgan harbiy - texnikaviy vositalar va
ular turlarining ko‗payib va takomillashib borayotganligi; o‗z navbatida davlatlarning harbiy
texnika vositalaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarish yoki chiqarmaslikka nisbatan munosabatlari;
shuningdek, insoniyatning ommaviy qirg‗in qurollarini ishlab chiqarishga kirishishi bilan bog‗liq jarayonlar. To‗g‗ri bu jarayonni tartibga solishga intilish kuchaymoqda. Lekin uning samarasi ko‗ngildagidek emas. Buni Hindiston, Pokiston, Eron misolida ko‗rish mumkin.
davlatlar va xalqlar hayotida muhim ahamiyatga ega bo‗layotgan elektron aloqa vositalarining birgina kommunikatsiya vositasi emas, ularning harbiy va iqtisodiy sohalarga ham bog‗lanib ketayotganligi masalasi;
jamiyatdagi mavjud madaniyat va sivilizatsiyalar, ular o‗rtasidagi muloqot; dunyoviy va milliy - hududiy dinlar, ularning dunyo xalqlari turmush tarzidagi
o‗rni, birining boshqasiga yoki mavjud dunyoviy tartibotga nisbatan munosabati;
xalqaro tashkilotlar faoliyatining kengayib borishi, ikkinchi tomondan ular ta‘sir doirasining kuchayib borishi natsjasi bo‗lmish turli ziddiyatlarning vujudga kelishi: YEI - Gretsiya, YEI - Turkiya, YEI - Ukraina.
davlatlardagi mavjud siyosiy tuzumlar, ularning nafaqat davlat, boshqa davlatlarga
ham ta‘sir etish masalasi;
geosiyosiy kuchlar muvozanatiga u yoki bu darajada ta‘sir etayotgan demografik jarayonlar va h.
Geosiyosat predmetini aniqlash birgina mavjud muammolarning geografik ko‗lamigagina bog‗liq emas. Bunda muammoga daxldor bo‗lgan tashqi va ichki omillardan tashqari, yetakchi davlatlarning ishtiroki yoki ularning muammoga nisbatan munosabati masalasi ham muhimdir. Aynan ushbu omillar geosiyosat predmetida turgan va tadqiq etilayotgan jumboqlarning tarqalish darajasini (umumbashariy, mintaqaviy yoki davlatga mansubligini) belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |