chorrahaviy maydon – turli milliy jamoalarning yashashidan qat‘iy nazar, ikki yoki undan ko‗proq davlatlar da‘vogar bo‗lgan geosiyosiy borliq. Biroq u chegaraviy maydondan milliy jamoaning atrofida emas, endemik maydon ichkarisida joylashgan bo‗lishi bilan (Tog‗li Qorabog‗), mintaqadagi jamoaning etnik va diniy tarkibi tarixan o‗sha jamoaga mansub bo‗lsada, borliqning bugungi davlatlar chegarasida chorrahaviy xarakter kasb etayotganligi bilan farqlanadi. Masalan, Turkiya, Eron, Iroq va Suriya davlatlarining geografik jihatdan tutashgan muayyan kengliklarida - chorrahaviy maydonda 40 mln.ga yaqin kurd xalqining yashab kelayotganligi va bunday geosiyosiy bo‗shliqdan chiqish uchun milliy mustaqillik yo‗lida olib borayotgan harakatlarini eslashimiz mumkin;
Do'stlaringiz bilan baham: |