Fanning asosiy kategoriyalari. Ijtimoiy - siyosiy fanlarning barchasida bo‘lgani singari geosiyosat ham mustaqil fan sifatida o‘zining nazariy kategoriyalariga ega. Va fan o‘zining ushbu kategoriyalari orqali o‘z tadqiqot ob’yektini tahlil etadi, xulosalar beradi. Geosiyosatning asosiy kategoriyalari sifatida quyidagilarni ko‘rib chiqamiz: geosiyosiy makon, geosiyosiy maydon, geostrategik mintaqa, geosiyosiy mintaqa, geosiyosiy liniya, geosiyosiy raqibchilik, geostrategiya chngara, davlatning milliy xavfsizligi, milliy manfaat, hudud, ekaspansiya va sh.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |