Biror nuqtani, boshlang‘ich deb qabul qilingan nuqtaga nisbatan joylashgan о‘rnini ifodalovchi miqdorlar shu nuqtani koordinatasi deyiladi.
Geografik koordinatalar
Geografik koordinatalar katta territoriyalarda tayanch geodezik shoxobchalarni barpo etish, yerning shakli va kattaligini aniqlashda, yer sun’iy yо‘ldoshlarini kuzatishlar jarayonida ishlatiladi.
Geografik koordinatalar sestemasida yer yuzasidagi nuqtaning о‘rni geografik kengligi va uzunligi bilan aniqlanadi. Yer yuzasidagi nuqtaning geografik koordinatalarini aniqlash usuliga qarab astronomik va geodezik koordinatalarga bо‘linadi. Astronomik koordinatalar osmon yoritkichlarini kuzatish bilan, geodezik koordinatalar esa yer yuzasida olib borilgan о‘lchash natijalari bilan aniqlanadi.
M nuqtaning geodezik kengligi shu nuqtaning normal chizig‘i bilan ekvator tekisligi orasidagi burchakdan iborat. B harfi bilan belgilanadi
Berilgan nuqtaning geodezik uzunligi uning geodezik merideani bilanbosh meridean tekisligi orasidagi burchakdan iborat bо‘ladi. L harfi bilan belgilanadi.
Geodezik meridian bilan bosh meridian orasidagi burchak geodezik uzunlik bosh meridiandan boshlab g‘arbga () va sharqqa (-) tomon 0° dan 180° gacha о‘lchanadi.
Yer yuzidagi biror nuqtaning astronomik meridiani bilan boshlang‘ich deb qabul qilingan Grinvich meridiani tekisliklari orasida hosil bо‘lgan burchak shu nuqtaning astronomik uzunligi deyilib λ bilan belgilanadi.
Yer yuzidagi biror nuqtadan tushirilgan shovun chizig‘i bilan ekvator tekisligi orasida hosil bо‘lgan burchak shu nuqtaning astronomik kengligi bо‘lib φ bilan belgilanadi.
Geografik koordinatani afzalligi yer yuzidagi barcha nuqtalarning о‘rni yagona sistemada aniqlanishidadir.
Gauss-Kryugerning tо‘g‘ri burchakli koordinata sistemasi
Katta territoriya uchun tо‘g‘ri burchakli koordinatalarning zonal sistemasidan foydalaniladi. Bunda yer shari Grinvich meridianidan boshlab 6o li 60 meridional zonalarga bо‘linadi. har bir zona о‘rtasida о‘tgan meridian shu zonaning о‘q meridiani bо‘ladi.
Zonalar nomeri Grinvich meridianidan boshlab g‘arbdan sharqqa tomon hisoblanadi. MDH territoriyasiga bu zonalarning 29 tasi (4 dan 32) tо‘g‘ri keladi.
Yer sharini tekislikda yaxlit tasvirlab bо‘lmaganligidan har bir meridional zona alohida-alohida silindr ichiga joylashtirilib, har zonaning о‘q meridiani silindrning ichki yuzasiga tegib turadi, deb faraz qilamiz. Sо‘ngra har bir zonadagi meridian va parallellar silindrning ichki yuzasiga proyeksiyalanadi.
ZONA
Meridian va parallellar proyeksiyalangan silindrni biron yasovchi bо‘yicha qirqib, sо‘ngra yoysak, har bir zonaning о‘q meridiani va ekvator bо‘lagi tо‘g‘ri chiziq tarzida, boshqa barcha meridian va parallellar esa egri chiziq tarzida tasvirlanadi. Shu hosil bо‘lgan proyeksiya Gauss proyeksiyasi deb yuritiladi.
X - absissa о‘qi
Y - ordinata о‘qi
A – nuqtaning koordinatalari XA va YA
Zonalar kо‘ndalang silindr sirtiga о‘q meridianlari urinma qilib proyeksiyalanadi va tekislikka yoyiladi. Har qaysi zonaning о‘z koordinatalar boshi bо‘lib, abssissasi ekvatordan M nuqtagacha bо‘lgan oraliqni tashkil qiladi, ordinatasi esa о‘q meridiandan sharq va g‘arbga qarab о‘zgaradi, uning qiymatiga 500 km qо‘shiladi va hosil bо‘lgan natija oldida zona nomeri kо‘rsatiladi.
Grinvich meridianidan boshlab 60 li
zonalarga bо‘linishi
Tо‘g‘ri burchakli yassi koordinata
X
Y
Ордината ўқи
Absissa o’qi
Sharq
G’arb
О
Janub
Shimol
-Y
-Х
1
Х1
Y1
-Х2
-Y2
2
О‘zaro perpendikulyar ikki chiziqcha koordinata о‘qi deb yuritiladi
Bu koordinata sistemasi Dekart tо‘g‘ri burchakli yassi koordinata sistemasi deyiladi.