Kuchlanganlik chiziqlari elektr maydonini qanday usulda tasvirlashga imkon beradi va ular qanday shartlarga asoslanib o‘tkaziladi.
Ixtiyoriy shakldagi berk sirt orqali o‘tayotgan elektr maydon kuchlanganlik oqimini Gauss teoremasidan foydalanib aniqlang.
Elektrostatik maydonda zaryadni ko‘chirishda bajarilgan ishni, potensial, potensial energiya va potensial gradientlari bilan bog‘lanishlarini ko‘rsating.
Elektr maydoniga o‘tkazgichlar kiritilsa, zaryadlar taqsimoti nimalarga bog‘liq?
Zaryadlarni o‘tkazgich bo‘ylab tekis taqsimlanishi va muvozanatining vujudga kelish shartlarini keltiring.
Elektr sig‘imi deb nimaga aytiladi va uning o‘lchov birliklarini ayting?
Elektr maydon energiyasini va energiya zichligini ifodalang?
Elektr tokining mavjudlik shartini u vujudga keltirgan hodisalarga qarab qanday aniqlash mumkin?
Agar elektr toki ikki xil ishorali zaryadlarning tartibli harakati tufayli vujudga kelayotgan bo‘lsa, tok zichligini ifodasi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘tkazgichda uzluksiz ravishda elektr toki mavjud bo‘lishi uchun qanday qurilma bo‘lishi va uning ichida hamma vaqt turli ismli zaryadlarni ajratib turuvchi qanday kuchlar bo‘ladi?
Elektr yurituvchi kuch (E.Yu.K.), potensial va kuchlanishlar orasida qanday bog‘lanish bor?
Om qonunlarini bir jinsli va bir jinsli bo‘lmagan elektr zanjirlari uchun ifodalang va ularni differensial ko‘rinishini keltirib chiqaring.
Mustaqil va nomustaqil gaz razryadlari hosil qilishda ionizator va elektr maydonlarini ta’sirini xarakterlang.
Magnit maydoni va uni xarakterlovchi kattaliklar.
Magnit induksiya chiziqlarining yo‘nalishini aniqlashda qanday qoidadan foydalanamiz va u qanday ta’riflanadi.
Bio-Savar-Laplas qonuni qanday ifodalanadi va uning ba’zi tadbiqlarini ko‘rsating.
Magnit maydonidagi tokli o‘tkazgichka ta’sir qiluvchi Amper kuchi va magnit maydonida harakatlanayotgan zaryadga ta’sir etuvchi Lorens kuchlari o‘rtasida qanday umumiylik mavjud hamda ularning yo‘nalishlari qanday qoida bilan aniqlanadi?
O‘z tajribalariga asoslanib Faradey induksion tokning qiymatini qanday aniqladi?
Induksion E.Yu.K hosil bo‘lishini energiyani saqlanish qonuniga asosan tushuntiring.
O‘z induksiya va o‘zaroinduksiya hodisasi deganda nimani tushunasiz, o‘zinduksiya E.Yu.K ifodasini keltirib chiqaring?
Magnit maydon energiyasini va energiya zichligini ifodasini yozing.
Moddalarning magnit xossalarini xarakterlovchi kattaliklar magnitlanish vektori, magnit qabul qiluvchanlik va magnit maydon kuchlanganligi orasida qanday bog‘lanish bor?
Moddalarning diamagnetik, paramagnetik va ferramagnetik xususiyatlarini uch sinfga bo‘linishining asosiy sababini ko‘rsating.
Maksvellning elektromagnit maydon uchun yaratgan tenglamalarining integral va differensial ko‘rinishlarini ifodalang.
Elektr maydonining o‘zgarishi tufayli vujudga kelgan magnit maydon va elektr maydon orqasidagi miqdoriy bog‘lanishini ifodalovchi Maksvell siljish toki deganda nimani tushunasiz?
O‘tkazgichlardagi elektr toki. Elektr tokining mavjud bo‘lish shartlari.
Metallar elektr o‘tkazuvchanligining klassik nazariyasi.
Om va Joul-Lens qonunlarining differensial va integral ko‘rinishlari.
O‘zgarmas elektr tok qonunlari.
Tashqi kuchlar. Elektr yurituvchi kuch (E.Yu.K).
Bir jinsli bo‘lmagan zanjir uchun Om qonuni.
Kirxgof qoidalari.
Termoelektron emissiya hodisasi. Vakuumda elektr toki.
Metallardan elektronlarning chiqish ishi. Gazlarda elektr toki. Ionlanish va rekombinatsiyalanish jarayonlari.
Mustaqil va mustaqil bo‘lmagan gaz razryadlari. Mustaqil gaz razryadlarining turlari va ularning qo‘llanilishi.
Plazma haqida tushuncha.
Elektrolitlarda elektr toki.
Elektroliz jarayoni uchun Faradey qonunlari.
Magnit maydon induksiya vektori. Magnit maydon induksiyasi vektori uchun superpozitsiya prinsipi.
Bio-Savar-Laplas qonuni. To‘g‘ri va aylanma tokning magnit maydonini hisoblash.
Amper kuchi. Parallel toklarning o‘zaro ta’siri.
Magnit maydonni xarakatdagi zaryadga ta’siri. Lorens kuchi.
Bir jinsli magnit maydonida zaryadli zarralar harakati. Xoll effekti. Tezlatgichlar.
Vakuumdagi magnit maydon induksiya vektorining sirkulyasiyasi haqidagi teorema.
Solenoid va toroidning magnit maydoni induksiyasi. Magnit maydon oqimi.
Vakuumdagi magnit maydon uchun Gauss teoremasi.
Tokli o‘tkazgich va konturni magnit maydonida ko‘chirishdagi bajarilgan ish.
Faradey tajribalari. Faradeyning elektromagnit induksiya qonuni.
O‘zinduksiya hodisasi. Induktivlik. Fuko toklari. O‘zaro induksiya.
Magnit maydon energiyasi va uning zichligi.
Moddalarning magnit xususiyatlari. Moddadagi magnit maydon.