Farg‘ona turistik
salohiyati
Qadimdan yuksak madaniyati va ilm-fani, me'moriy
obidalari bilan ko'pchilikni hayratga solib kelgan
yurtimiz istiqlol sharofati bilan zamonaviy sayyohlik
markaziga aylanmoqda. Mamlakatimiz hududida
turli davr va sivilizatsiyaga daxldor to'rt mingdan
ortiq qadimiy me'morlik va san'at yodgorliklari
mavjud. Ulardan 140 tasi YuNESKO tomonidan
muhofazaga olingan tarixiy ob'yektlar ro'yxatiga
kiritilgan. Aynan boy madaniy-tarixiy merosimiz,
mangulikka daxldor ko'hna shaharlarimizdagi
noyob me'moriy obidalar O'zbekistonning xalqaro
sayyohlik bozoridagi yuksak salohiyatidan dalolat
beradi. Farg'ona viloyatida ham mazkur
yo'nalishda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Farg'ona deganda, avvalambor, O'zbekistonimizning gavhari
bo'lgan go'zal diyor ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Istiqlol
yillarida bu maskan yanada chiroy ochdi. Ahmad Farg'oniy,
Burhoniddin Marg'inoniy kabi allomalarimizning hamda
Marg'ilon shahrining yubileylari jahon miqyosida nishonlanishi
xorijliklarning bu zaminga bo'lgan qiziqishini yanada orttirib,
sayyohlik salohiyati yuksalishiga xizmat qilmoqda.
Ayni paytda Farg'onaga tashrif buyurayotgan mehmonlar
uchun Marg'ilon, Qo'qon va Farg'ona shaharlari hamda Quva
tumani bo'ylab sayyohlik yo'nalishlari tashkil qilinmoqda.
Yangi sayyohlik yo'nalishlari – Marg'ilonda Burhoniddin
Marg'inoniy, Said Ahmad Eshon majmualari, Pirsiddiq Hazrat
chillaxonasi va maqbarasi, Uvaysiy uy-muzeyi, hunarmandlar
ustaxonalari, Qo'qon shahridagi O'rda saroyi va unda
joylashgan O'lkani o'rganish muzeyi, Jom'e, Kamolqozi
masjidlari, Norbo'tabiy majmuasi, Dahmai Shohon va
Madalixon tarixiy yodgorliklari, Farg'ona shahri hamda
Quvadagi Ahmad Farg'oniy majmualari bo'ylab
uyushtirilayotgan ekskursiyalar sayyohlarda katta taassurot
qoldirmoqda. Milliy hunarmandlik mahsulotlari
ko'rgazmasining tashkil etilishi ham yangi imkoniyatlarga yo'l
ochmoqda.
Buyuk astronom, matematik va geograf Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad
ibn Kasir al-Farg'oniy 797-865-yillarda yashab ijod qilgan. Yevropada Al-
Fraganus nomi bilan shuhrat qozongan. Olim astronomiya, matematika va
geografiya fanlariga oid ko'plab ilmiy asarlar yozib qoldirgan. U Damashqdagi
rasadxonada osmon jismlari harakati va o'rnini aniqlash, yangicha zij
(astronomik jadval) yaratish ishlariga rahbarlik qilgan hamda 832-833-yillarda
Suriya shimolidagi Sinjor dashtida Tadmur va ar-Raqqa oralig'ida er meridiani bir
darajasining uzunligini aniqlashda qatnashgan. Farg'oniy "Miqyosi Nil”, ya'ni suv
sathini o'lchaydigan asbob yaratgan.
Bizning davrimizgacha Ahmad Farg'oniyning sakkizta asari etib kelgan, ular
orasida "Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” dunyo olimlari
tomonidan hozir ham keng o'rganilmoqda. Olimning "Astronomiya asoslari”
asari o'n ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima qilinib, keyinchalik Italiya,
Germaniya, Frantsiya, Gollandiya va AQSh kabi ko'plab mamlakatlarda qayta-
qayta chop etilgani uning ahamiyatidan dalolat beradi. Allomaning Yerning
sharsimon ekani borasidagi qarashlarini oradan 800 yil o'tib isbotlagan mashhur
sayyoh Xristofor Kolumb "Yer meridianining bir darajasi miqdori haqidagi al-
Farg'oniy hisoblarining to'g'riligiga to'la ishonch hosil qildim”, deb yozgan. O'n
oltinchi asrda Oydagi kraterlardan biriga bobokalonimiz nomi berilgan. Misrda,
Nil daryosining Roda orolida 2007-yili Ahmad Farg'oniyga haykal o'rnatilgani
barchamizga g'urur-iftixor bag'ishladi. Bularning barchasi dunyo tamadduniga
ulkan hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimizga bo'lgan yuksak ehtiromning amaliy
ifodasidir. YuNESKO qaroriga muvofiq 1998-yilda Ahmad Farg'oniy tavalludining
1200 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Bu buyuk ajdodimizning jahon
sivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan ulkan hissasi, xalqimiz ilmiy salohiyatining yana bir
e'tirofi bo'ldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan alloma tug'ilib
o'sgan Quva shahri va viloyat markazida qomusiy olimga haykal o'rnatildi.
Viloyatda bugungi kunda 15 sayyohlik firmasi faoliyat ko'rsatayotgan
bo'lib, yaqin kunlarda yana ikkita ana shunday yangi firma ish boshlash
arafasida turibdi. Rishton kulolchilik an'analariga sayyohlarning qiziqishi
yildan-yilga ortmoqda. Bu erda tadbirkor G'anisher Nazirov tashabbusi
bilan sayyohlarni qabul qilish va xizmat ko'rsatish maqsadida kulolchilik
milliy an'analarini, tarixini o'zida mujassamlashtirgan muzey,
mehmonxona majmuasi bunyod etilmoqda.
Viloyatimizda chet ellik sayyohlarni jalb etish, ularga zamonaviy xizmat
ko'rsatish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. 2015-yilga
qadar turizm sohasini yanada rivojlantirish, xususan, sayyohlik xizmatlari
ko'lamini kengaytirishga oid ishlab chiqilgan maxsus dastur asosida
viloyatda turizm litsenziyasiga ega bo'lgan 12 mehmonxona faoliyat
ko'rsatmoqda. Joriy yilda ularning safiga "Ziyorat”, "Do'stlik”, "Ezgulik
Orastasi” va "Farg'ona” mehmonxonalari ham qo'shildi.
Yurtimizning nafaqat madaniyati, balki totli, sarxil mevalari, o'ziga xos
tabiat manzarasi ham ko'pchilikning e'tiborini tortadi. Dastur asosida
Toshloq tumanida "Akmal – 75” fermer xo'jaligi ko'li, Beshariq
tumanidagi "Shodoqoziq” va "Sarikalish” fermer xo'jaliklari ko'li qayta
ta'mirlandi. Sayyohlar baliq ovi orqali hordiq chiqarishi uchun barcha
qulayliklar yaratildi. Qo'qon o'rmonchilik xo'jaligi hududida esa tabiat
bilan yaqindan tanishish, ona zaminning bebaho ne'matlaridan
bahramand bo'lish imkoniyati yaratilgan.
Ayni kunlarda viloyatning sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirish
borasida ko'plab ishlar olib borilmoqda. Jumladan, xorijiy turistik
tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun "Mega-info-
tur” tanishtiruv tadbirlari tashkil etilmoqda.
O'zbekiston o'zining betakror va xushmanzara tabiati, qadimiy va boy madaniy merosi bilan xorijlik
sayyohlarni o'ziga maftun etib kelmoqda. Bu yurtimizda ekoturizmni yanada rivojlantirish imkoniyatini
beradi. Farg'ona viloyatida ham ekoturizmni rivojlantirish borasida keng ko'lamli ishlar amalga
oshirilmoqda. Sayyohlarning tabiat qo'ynida maroqli hordiq chiqarishi, go'zallikdan bahra olishi,
nabotot va hayvonot olamining nodir namunalari bilan tanishishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
Go'zal va betakror tabiat, noyob o'simlik va hayvonot
dunyosi, diqqatga sazovor tarixiy-madaniy obidalar
ekoturizmni jadal rivojlantirishda muhim omil bo'lmoqda.
Ekoturizmni rivojlantirishda muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar, tabiiy va tarixiy, me'moriy va arxeologik
yodgorliklarni hisobga olish, ularni muhofaza qilish alohida
ahamiyatga ega. Bu borada viloyatda ishlab chiqilgan
maxsus rejaga ko'ra, 100 dan ortiq hudud va ob'ekt tanlab
olinib, cho'l, adir va tog' mintaqalarining o'ziga xos
geohududlari o'rganildi. "Sirdaryo daryosi to'qayzorlari”
sayyohlik yo'nalishi shulardan biridir. Daryoning chap
sohilidagi 58 kilometrga cho'zilgan to'qayzorlarni o'z ichiga
olgan mazkur yo'nalish rang-barang o'simlik va hayvonot
dunyosi bilan ajralib turadi. O'z navbatida, bu hududda
muhofaza qilinadigan o'rmonlar, Sariqamish ovchilik,
Beshariq va Dang'ara baliqchilik xo'jaliklari, Gumxona,
Qayroqqum kabi tabiat yodgorliklari mavjud. Sirdaryo sohili
va uning orollaridagi o'rmonlar, tabiiy o'rmonlarni qayta
tiklash, dorivor o'simliklarni ko'paytirish jarayonlari bilan
yaqindan tanishish xorijlik sayyohlarga o'zgacha zavq
bag'ishlaydi. Hududda asalarichilikni rivojlantirish, o'rmonlar
va suv havzalaridagi hayvonot dunyosini asrash, noyob
baliq turlarini ko'paytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Jumladan, qirg'ovul, to'ng'iz, Buxoro bug'usi, qamish mushugi,
olaqo'zon, bo'rsiq, bahra baliq, kurak burun, mo'yli baliqlarni
ko'paytirish uchun tabiiy sharoitlar yaratildi. "Markaziy Farg'ona”
tabiat yodgorligining umumiy maydoni 142,5 gektar bo'lib, uning 122
gektarini o'rmonlar bilan qoplangan do'ng-marza qumlar, 14
gektarini qamish, oqbosh, yulg'un o'sadigan pastqamliklar, 6,5
gektarini sho'rxok yerlar egallagan. Hududda "Qizil kitob”ga kiritilgan
Farg'ona chipor kaltakesagi, Shtraux qurbaqaboshi, echkiemar,
tustovuq, to'ng'iz, o'qilon va ko'rmailonlar muhofazaga olingan. Bu
erdagi boy o'simlik va hayvonot olamidan ilmiy, o'quv-ma'rifiy, estetik
va turizm maqsadlarida unumli foydalanish mumkin. Viloyatning
tabiiy suv havzalari bilan bog'liq yodgorliklari, adir
geokomplekslaridagi ekoturistik ob'yekt va hududlar ham o'ziga xos.
O'zbekiston tumanida 21 buloq, Uchko'prik va Rishton tumanlarida 2
buloq, Oltiariq tumanida asriy qayrag'och va sharq chinori, Quva
tumanidagi Akbarobod qumlari singari sayyohlik ob'yektlari davlat
muhofazasiga olingan. Beshariq, O'zbekiston, Rishton, Oltiariq, Quva
va Farg'ona tumanlaridagi adir va tekisliklarda bog'lar barpo etildi.
Zilha qumlari, Sariqo'rg'on tepaligi, Kitkontepa, Saurbuloq, Yomonjar
jarlari, qadimiy pistazorlar, Oqbilol g'ori kabi tabiat yodgorliklari
ekoturistik ob'ektlar ro'yxatini yanada kengaytiradi. Ekoturizm
nafaqat daromad manbai, balki aholi bandligini ta'minlash va
turmush darajasini yuksaltirish, asl tabiat ne'matlarini asrash va
muhofaza qilishda eng samarali vositadir. Viloyat hokimligi
tomonidan hududda turizm sohasini yanada rivojlantirish va turizm
xizmatlari eksportini oshirishni ta'minlashga qaratilgan 2016-2017-
yillarga mo'ljallangan tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur hujjat
ijrosi doirasida ekoturizm rivojini xalqaro tajribalar asosida yangi
bosqichga ko'tarish ishlari izchil olib borilayotir
E’TIBORINGIZ
UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |