9-mavzu. O’zbekistonnig ijtimoiy – iqtisodiy salohiyati va ularning ekoturistik xususiyatlari
Режа
O’zbekistonnig ijtimoiy – iqtisodiy salohiyati va ularning ekoturistik xususiyatlari
O‘zbekistondagi ekoturizim imkoniyatlari
Turizmning global axloq kodeksida ta’kidlanishicha, ―...turistik infratuzilma
ob’ektlari va turistik faoliyat turlarini shunday rejalashtirish kerakki, ekosistemalar
va biologik turli-tumanlikni tashkil qiluvchi tabiiy merosni himoya
qilishta’minlansin hamda yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan fauna va flora turlari
muhofaza qilinsin; turistik jarayonlarning ishtirokchilari va ayniqsa, professional
xodimlar o‘z faoliyatlariga qo‘yiladigan ayrim cheklashlar va me’yorlarga
ko‘nikishlari lozim. Bu gaplar asosan tabiiy bog‘lar yoki qo‘riqlanadigan
qo‘riqxonalar va alohida nozik joylardagi faoliyat turlariga tegishli‖5. 1
Ekoturizmning maqsadlaridan biri noyob fauna va florani asrab-avaylash,
kelgusi avlod uchun saqlashdan iborat. Yo‘qolib borayotgan hayvon turlari,
qushlar, reptiliyalar, baliqlar, o‘simliklar va hatto, hasharotlarga bo‘lgan talab,
tabiiyki, taklifning shakllanishiga olib keldi. Iqtisodiyotning yangi xufyona sohasi
5 Globalnыy eticheskiy kodeks turizma.-Santyago, CHili, 1oktyabrya 1999g.
paydo bo‘ldi. Nafaqat an’anaviy soha, masalan, Afrika uchun karkidon shoxi, fil
suyagi, sherlarning tishlari, balki, ―Qizil kitob‖ga kiritilgan to‘tiqushlar, lochinlar,
gekkonlar, ilonlar, tropik baliqlar, shuningdek, o‘rgimchaklar, qo‘ng‘izlar,
chayonlar ham kantrabanda ob’ektlari bo‘lib qoldi. Bularning hammasiga evropa
va Osiyodagi ba’zi mamlakatlar kollektsionerlarida ham talab kuchaydi.
Ekzotik tovarlarning narxi qora bozorda ancha yuqori: angola pitoni 65 ming
AQSH dollari, kamyob afrika qo‘ng‘izi ―kolofong‖ 15 ming dollar va hokazo.
O‘rgimchaklar va tropik baliqlarning noyob turlari ham qimmat baholanadi.
Mayda reptiliyalar va hasharotlarni kichik idishlarda olib o‘tishga harakat
qilishadi, lekin bunda atiga 20–30% ―mol‖ tirik qoladi. Biroq, shuning o‘zi ham
katta daromad olish uchun etarli bo‘ladi. Tabiiyki, bunday maqsaddagi sayohat
hech bir mamlakatda ma’qullanmaydi va ―turizmning bunday sohasi jinoiy
qonunchilik bilan ta’qib qilinadi.
Ayrim hayvonlardan ekoturizm ob’ekti sifatida foydalanish ham
nobudgarchilikdan ko‘ra samaraliroqdir. Iqtisodchilarning hisob-kitoblari bo‘yicha
Amboseli milliy bog‘ida (Keniya) bitta sher har yili 27,0 ming dollar, fillar to‘dasi
esa 610 ming dollar turistik daromad keltiradi. Bu mablag‘ hayvonlarning terisi va
a’zolari qiymatidan ancha yuqori bo‘lib ularni muhofaza qilish va turlarini tiklash
harajatlarini qoplaydi.
SHunday qilib, tabiat turizmi va ekologik turizm noyob va yo‘qolib
borayotgan turlarni muhofaza qilish bilan uzviy bog‘liq, chunki ularning
ko‘pchiligi ekzotik hisoblanadi va ekoturizmning ob’ektlariga aylanadi. Bu faqat
hayvon va o‘simliklargagina emas, balki, umuman, ekosistemalar va tabiiy
komplekslarga ham taalluqlidir. Boshqa tomondan, noto‘g‘ri rejalashtirish tufayli
turistik ―yuk‖ ning oshib ketishi, yovvoyi tabiat ―sovg‘alari‖ning o‘ziga xosligi va
qimmatbaholigi ba’zi turlar muvozanati yo‘qolishi va tabiat omillari buzilishiga
sabab bo‘lmoqda. Hududlarning noyob turlari va ekotuzilmani mahalliy jamoalar
uchun hayotiy resurs deb qarash lozim. SHu bois ularning muhofazasi mahalliy
madaniyatni himoya qilish bilan uzviy bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |