Geografiya va ekologiya fakulteti


- mavzu. Mavjud iqtisodiy – ijtimoiy resurslar



Download 0,8 Mb.
bet38/70
Sana14.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#671642
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70
Bog'liq
ekoturizm majmua (1)

10- mavzu. Mavjud iqtisodiy – ijtimoiy resurslar
Reja;

  1. Boshqa turistik turlar bilan muvofiqlashtirish

  2. Boshqa turistik turlar bilan savdo-sotiqni uyushtirish.

  3. turistik turlar bilan aloqalarni mustaxkamlash masalalari

Ma’lumki, butun dunyoda "2002 - yil - ekoturizm yili", - deb e’lon
qilindi. Bu albatta, bejiz emas. Negaki, hozirgi kunda ekologik muammolar
etarli bO‘lib, tabiatni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish dunyo
hamjamiyati oldida turgan eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Ekologiya - ushbu tadqiqotimiz ob’ektida kishilik jamiyatining O‘zaro
munosabatlari, uning turizm va atrof muhitdagi faoliyati tO‘g’risidagi fan
sifatida qaraladi.
Jamiyat rivojlanishi hozirgi bosqichining xarakterli xususiyatlaridan biri
atrof - muhit ifloslanishini texnogen omillarining ortishi bO‘lib, bu
favqulodda holatlarda birinchi navbatda turistik resurslarning ekologik
krizisiga olib keladi. Ekologik vaziyatning zO‘rayishi butun dunyoda
muammo darajasidagi xolatdir.
Bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri tabiiy muhitni saqlash
masalalarini hal qilishga yangicha yo’nalishlarni ishlab chiqishdir. Bunday
yondashuvni kompleks darajada murakkab ijtimoiy - iqtisodiy va ekologik 348
tizim sifatida qaralishi muhimdir. Ushbu muammolarni hal qilishda etakchi
O‘rinni turizm egallaydi va buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
1. Turizm dunyo xO‘jaligida dinamik rivojlanayotgan tarmoqlaridan
biridir. U jahon milliy yalpi mahsulotida samarali O‘rin egallaydi, jahon
investitsiyalarining 7% ni O‘ziga jalb qilgan holda katta miqdorda yangi
ishchi O‘rinlari yaratishi kO‘p mamlakatlarda soliq tushumlarining muhim
moddasi hisoblanadi.
2. Turizm zamonaviy davlat iqtisodiyotining barcha muhim
bO‘g’inlariga, rivojlangan jamiyat hayotining barcha tomonlariga ta’sir
kO‘rsatadi. Turizm iqtisodiyotni tarkiban qayta qurishni va ijtimoiy taraqqiyot
ustuvor almashuvining samarali vositalaridan biri hisoblanadi.
3. Turizm chuqur ijtimoiy vazifalarni bajaradi. U O‘zining hozirgi
rivojlanish bosqichida birinchi navbatda ma’lum bir ijtimoiy masalalarni hal
qilishga yo’naltiriladi.
Turizmning ijtimoiy masalalari quyidagilarda belgilanadi:
a) iste’molchilarni keng xizmat tarmoqlari orqali nomoddiy ne’matlar
bilan ta’minlash;
b) aholining umumta’lim, madaniy, ijtimoiy darajasini shakllantirish;
v) millatlararo, davlatlararo etnik guruhlar, shaxslar O‘rtasidagi
munosabatlarni kengaytirish;
g) iste’molchilarning dam olishi, hayotiy kuchlarini tiklash,
salomatligini ta’minlash; d) jamiyat uzoq muddatli manfaatlari bilan aholining alohida guruhlari
manfaatlarini kelishtirish, shu jumladan yoqimli ekologik, ijtimoiy - madaniy
muhitni saqlash.

Boshqa turistik turlar bilan savdo-sotiqni uyushtirish.



Ijtimoiy hayotning ekologik jarayonida turizmning roli masalasi
kO‘rilganda turizm ekologiyasi va ekologik turizm tushunchalarini ajratib
olish lozim. Turizmning ekologik yoki noekologik xarakteri uning atrof
muhit, ya’ni atmosfera, suv resurslari, tuproq, hayvonot va O‘simlik
dunyosiga ta’siri darajasi bilan O‘lchanadi.
Ta’sir sof narsa kO‘rinishida yoki shovqin, elektromagnit, radiaktiv
kO‘rinishida bO‘lishi mumkin. Turizm ekologiyasi tushunchasi O‘z ichiga
atrof - muhitni himoya qilish va tiklashning aniq chora - tadbirlarini oladi.
SHuning uchun turistik rekreatsion resurslar turizmning muvaffaqiyatli
rivojlanishida asosiy omillardan hisoblanadi va uning salbiy ta’siri boshqa
tarmoq korxonalariga nisbatan kamroqdir.
YUqoridagilardan kO‘rinadiki, turizm ekologiyasi deganda ushbu
tarmoqning atrof - muhitga keng miqyosdagi ta’siri tushuniladi.
Ekologik turizm - tabiiy turizmning insonlarni birlashtiruvchi ilmiy tadqiqot maqsadlaridagi turlaridan biridir. Unda turistlarning qiziqishlari
atrof - muhit tabiati va ularni saqlash bilan olib borilmog’i kerak. Turizmning
ushbu turida qO‘riqlanayotgan tabiat hududlari alohida O‘rin tutadi. SHunday 350
qilib, ekologik turizm -qat’iy maxsus turdagi, ilmiy - tadqiqot maqsadlaridagi
xizmat turidir.
Ekoturizmni O‘tkazish (amalga oshirish) dagi imkoniyatlar
Ekoturizmni O‘tkazish imkoniyati - bu ma’lum bir turistik ob’ektni
mahalliy resurslarga ortiqcha zarar keltirmagan va aholiga ijtimoiy - iqtisodiy
muammolar keltirib chiqarmagan holatda maksimal miqdordagi
yuklashlikdir.
Ba’zi mamlakatlar va joylar turistlarni qabul qilish va xizmat
kO‘rsatishga ixtisoslashgan. Masalan: Kanar orollari (Atlantika okeanidagi
orollar guruhi. Ispaniya tarkibidagi muxtor viloyat), unda doimiy
yashaydigan aholi soniga nisbatan 10 barobar kO‘proq turistlarni qabul qiladi.
Andorra (Frantsiya bilan Ispaniya oralig’idagi, evropaning janubi g’arbidagi davlat. Pimrineylar yarim orolida joylashgan) davlatini misol
qilsak, har yili u erda 12 mlndan ortiq turistlar, O‘rtacha 2 - 4 kun muddat
bilan dam olishadi. Aholining asosiy hayot tarzi, mehmonlarga joy berish,
taom tayyorlash, ertadan kechgacha turistlarga kO‘ngilochar tamoshalar
uyushtirish bilan O‘tadi. Bundan yigirma yil oldin ushbu tog’li Pirineylar
vodiysi qashshoqlar bilan band bO‘lgan bO‘lsa, bugungi kunda esa (turizm
hisobiga ) evropaning boy mamlakatlaridan biri hisoblanadi. SHulardan kelib
chiqib, ekoturizmni O‘tkazish imkoniyatini 3 ta asosiy turga bO‘lish mumkin:
1. Ekologik O‘tkazish imkoniyati - bu biror - bir ob’ekt yoki joyning
qabul qilish darajasi bO‘lib, undan ortib ketishi ekologik jihatdan salbiy
oqibatlarga olib keladi. 2. Turistik ijtimoiy O‘tkazish imkoniyati - bu turistik ob’ekt joyining
qabul qilish darajasi bO‘lib, undan ortig’i turistlarning safardan oladigan
ta’surotlarini yomonlashuviga olib keladi.
3. Mahalliy ijtimoiy O‘tkazish imkoniyati - bu turistlarni qabul qilish
darajasining shunday chegarasiki, undan ortig’i mahalliy madaniyat, mahalliy
aholi va turistlar ortasidagi munosabatlarni yomonlashuviga olib keladi.
SHunday qilib, O‘tkazish imkoniyati hududdagi resurslarni saqlash va
turistik ob’ekt yoki joyning qayta tiklanishini ta’minlaydigan chegaradir.
Hududning resurs imkoniyati - bu jamiyatning hayot faoliyatini barcha
jabhalarini qamrab oluvchi tushunchadir.
Olamshumul insonparvarlik nuqtai - nazardan qaraganda, uni alohida
iqtisodning ekologik va ijtimoiy jihatlarini hisobga olish zarur.Uning bir
qismi tO‘g’ridan - tO‘g’ri hududning turistik resurslariga, ikkinchi qismi
mintaqadagi turizmni rivojlantirish omillariga tegishlidir.
Turizm uchun turistik rekreatsion resurslar birinchi darajali ahamiyatga
ega. Bular turistik biznesni rivojlantirish jarayonining poydevori hisoblanadi.
Turistik rekreatsion resurslar turistik mahsulot yaratish uchun inson
tomonidan yaratilgan tabiiy va sun’iy obe’ktlar majmuasidir.
Turistik resurslar mintaqada turizmni rivojlanish xususiyatlarini
belgilangan hududda investitsiya siyosati yo’nalishlarini belgilashda turistik
mahsulot ishlab chiqarish uchun boshlang’ich manba’ hisoblanadi.

  1. Turistik turlar bilan aloqalarni mustaxkamlash masalalari

Hududlarni O‘zlashtirish tadbirlari jarayonida ularni tabiatan birinchi


holatdagi kO‘rinishini, alohida madaniy va tarixiy qiymatga ega bO‘lgan
yodgorliklarni ushbu mamlakat hamda butun insoniyat uchun saqlab qolish
kerak. SHu maqsadda, deyarli barcha davlatlarda qO‘riqlanayotgan hududlar
e’lon qilinib, u erlarda barcha xO‘jalik faoliyatlari cheklangan. O‘simlik va
hayvonot dunyosini rivojlanishi qO‘llab - quvvatlanadi, quruqlik va suv
havzalaridagi joylar belgilanadi.
Milliy parklar, boshqa zahiralar - obektlar tabiatni muhofaza qilish
vositasi va uni moliyalashtirish manba’si bO‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ammo, kO‘p hollarda parklar va hududlar ushbu mamlakat byudjeti yoki
xalqaro tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladi. Buning uchun turizmni
tartibga solish va rejalashtirish, ob’ekt yoki hududdan turizm maqsadida
foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qilish zarur.
Tabiiy turizm va ekoturizm tabiatga nisbatan xO‘jalik faoliyati etib
bormagan ob’ektlar bilan belgilanadi.
Bunday turizmning maqsadi va uslubi - O‘simlik va hayvonot dunyosini
hamda ushbu hududda joylashgan har qanday madaniy yodgorliklarni, xoh
eski, xoh zamonaviy bO‘lsin ularni kuzatish va O‘rganishdan iborat.
Tabiiy turizm turizmning boshqa turlaridan tabiiy muhitga kamroq
ta’siri bilan ajralib turadi va keng tarmoqli xizmat kO‘rsatishga muhtoj emas.
Ekoturizm uslubining qamrovi odatdagidan kO‘ra kengrok bO‘lib,
O‘simlik va hayvonot dunyosini O‘rganishga ilmiy yondashuv, tabiat qO‘yniga 353
sayohat, masalan, dam olish kunlari hordiq chiqarish bilan O‘rganishni
birgalikda amalga oshiriladi.
QO‘riqlanayotgan hududlar tashqi qismining keng tarqalgan
shakllaridan biri milliy parklarni yaratish bO‘lib hisoblanadi. Parklar
Ekoturizm sezilarli darajada, insonlar xO‘jalik faoliyati natijasida
O‘zgartirilmagan O‘simlik va hayvonot dunyosi boshlang’ich kO‘rinishini
saqlab qolgan, geomorfologiya va atrof - muhitni O‘ziga xos qiziqish
uyg’otadigan chiroyli landshaft erlarda tashkil qilinadi. Parklar davlat yuqori
organlari tomonidan yoki ular bilan kelishilgan holda xalqaro tashkilotlar, masalan YUNESKO qarori bilan tashkil qilinadi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish