Hozirgi kunda turizm tarmog‘i dunyodagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish hamda xalqaro va mintaqalararo rivojlanish dasturlariga integratsiyalashuvning o‘ta muhim vositalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Bu bo‘limda Evropa mintaqasi mamlakatlari turizmining o‘ziga xos xususiyatlari. shakllanishi va ommaviylashishi. mintaqada xalqaro turizmni rivojlanish yo‘nalishlari. Evropa mamlakatlari turizm industriyasida axborot texnologiyalarining rivojlanishi. «Onlayn» turizm bozorining holati hamda Evropa ittifoqiga a’zo etakchi mamlakatlar turizm iqtisodiyoti. Evropaning «Benilyuks» iqtisodiy ittifoqiga kiruvchi Farbiy Evropa mamlakatlari turizm iqtisodiyoti. SHimoliy Evropa Skandinaviya mamlakatlari turizm iqtisodiyoti. SHarqiy Evropa mamlakatlari turizm iqtisodiyoti. Evropa mintaqasi mamlakatlarining geografik o‘rni. joylashuvi. Evropa mamlakatlariga qilinayotgan tashriflar va daromadlar tahlili hamda bu mamlakatlar bilan O‘zbekiston o‘rtasida olib borilayotgan diplomatik munosabatlar o‘rganiladi. Evropa mamlakatlarida turizmning shakllanishi va kishilarning ommaviy sayohat qilishlari XVIII-XIX asrlarda ziyorat qilish va migratsiya harakatlari davomida rivojlandi. Nomdor kema kompaniyalari mamlakat ichkarisida ham yuk hamda kishilarni tashish uchun vositachilik byurolarini ta’sis eta boshladilar.
Temir yo‘li orqali ijtimoiy sayohat qilishning boshlanishi 1841 yilning 5 iyulida. ya’ni Leicester dan Loughborough tomon temir yo‘l poezdining yo‘l olishiga borib taqaladi. Mana shu sayohatdan boshlab. pekij tur sayohati kelajak avlodlarning bo‘sh vaqt tadbirlari qatoriga qo‘shila boshlagan. Mazkur sayohatlarning tashabbuskori Tomas Kuk (1802-1892) hisoblanadi. Asli duradgor bo‘lgan bu kishining sayohat uyushtirishdan maqsadi turist manfaatlarini aks ettirmas edi. U “Leicester Temperance Society” ning kotibi sifatida. Loughboroughda ichkilikka qarshi namoyish uyushtirib. safarni engillashtirish va chiroyliroq tashkil etish maqsadida «Midland Counties Railway» dan butun bir poezdni ijaraga olgan edi. 570 ga yaqin yo‘lovchilar uchun Loughborouhgda faqatgina vazxonlik emas. balki keng qamrovli ko‘ngil ochar dasturlarni ham ishlab chiqqan edi. Tomas Kuk o‘sha paytda avj olayotgan ijtimoiy muammolarga o‘z fikrini bildirib ishchilar sinfi ishlab topgan pullarini ichkilikka emas. balki sayohat qilib atrof muhitni o‘rganishga sarflaganlari ma’qul deb hisoblardi. Tomas Kuk uyushtirgan bu sayohat ilk pekij tur hisoblangan. Uning bir qator belgilari sayohat shaklini tashkil etuvchi quyidagi elementlar va xususiyatlar sifatida namoyon bo‘ladi:
yo‘nalish bahosi tarkibiga bir nechta xizmatchilar kiritilgan;
sayohatga avvaldan tayyorgarliklar ko‘rilgan. ya’ni rivojlantirilgan tashkilotchi turoperatorlar poezdni o‘z tavakkalchiliklari asosida charter qilganlar;
sayohat reklamasi maqsadli ravishda ishlab chiqilgan. turli tarqatma materiallar va boshqa reklama vositalari orqali amalga oshirilgan.
Yo‘llar narxlarining nisbatan arzonligi yangi aholi tabaqalariga sayohat qilish imkonini yaratib berdi. O‘sha paytlarda hali yangi bo‘lgan temir yo‘l kompaniyalari uchun Tomas Kuk bir vaqtning o‘zida sotish bo‘yicha ham hamkor. ham raqobatchi sifatida qatnashgan. U mijozlarni topib. jalb etib sayohatlarni ommaviylashtirgan bo‘lsa. temir yo‘l kompaniyalarining o‘zlari ham bu kabi ijtimoiy sayohatlarni tashkil etishga harakat qilganlar.
1845 yili Tomas Kuk. birinchi marotaba temir yo‘l transportidan tijorat maqsadida foydalanuvchi turoperatorlik sohasiga asos solib. uni to‘xtovsiz ravishda rivojlantiradi.
Tomas Kuk o‘z faoliyatini rivojlantira borib. alohida temir yo‘l tashkilotlari bilan shartnoma tuzish orqali ularda tan olinadigan aylanma sayohat chiptalarini joriy etish xuquqini qo‘lga kiritadi. 1855 yilga kelib. yuqorida ko‘rib o‘tilgan aylanma sayohat chiptalarining amal qilish doirasi butun kontingent chegaralarigacha kengaytiriladi. Umumiy narx asosida bir necha xizmatlarni taklif etish natijasida vaucherlar. mehmonxona talonlari joriy etildi. Tomas Kuk xorijiy sayohatlarda to‘lov muammolarini kamaytirish maqsadida. kredit kartochkalari va sayohat cheklarini joriy qilib. uni o‘z mijozlariga taklif etadi. Sayohat cheklari ham turli mintaqalarda banklar aro ayriboshlash vositasiga aylandi. Vaholanki. o‘sha paytlarda xalqaro ayriboshlash vositasida faqat oltin qo‘llanilar edi. Bundan tashqari. u sayohat broshyuralarini ommalashtirdi hamda o‘z mijozlari uchun jurnal nashr ettira boshladi.
Tomas Kuk zimmasiga 1851 yili Londonda bo‘ladigan dunyo ko‘rgazmasi uchun xususiy sayohatlarni tashkil etish yuklandi. U markaziy Angliyaning shaharlarida “Ko‘rgazma klublari”ga asos soldi. Bu klublarning a’zolari haftalik to‘lovlar orqali o‘zlarining Londonga sayohatlarini mablag‘ bilan ta’minlab bordilar. Natijada insonlarda sayohat qilish uchun mablag‘ jamg‘arish g‘oyasi vujudga keldi. Turizm strukturasi rivojlanmagan u paytlarda Tomas Kuk xizmat ko‘rsatuvchi sifatida bevosita o‘zi faoliyat ko‘rsatadi. U mehmonxonalarni ijaraga olib. bank ishiga asos soladi va Nilda kema flotini vujudga keltiradi hamda nafaqat Evropada balki Hindiston. Avstraliyada. Amerika va Afrikada turistik byurolar (turagentlar) tashkil etadi.
Tomas Kukning ijtimoiy sayohat g‘oyasi tez orada o‘z taqlidchilarini topadi. Angliyada – Gaze. Dean & Dawson. Amerikada xususiy pochta tadbirkori Henry Wells G. Pomeroy va C Livingstone bilan birgalikda 1850 yili American expess Company ga asos solib. “sayohat qilishni istasangiz – Kukni tanlang” degan shior ostida faoliyat olib boradi.
Xalqaro turizmning tarixiy rivojlanish asoslaridan biri bu - Ommaviy standartlashgan uzluksiz turizmdan ommaviy difirensiyalashgan xizmat ko‘rsatishga o‘tish hisoblanadi. Turizm XIX asrning 50-yillarida Evropada ommaviy tus oladi. Jahonda turizm harakatlarida qatnashgan umumiy sayyohlar soni 25 million kishini tashkil qilgan. Turizmning bunday tus olishi nafaqat boy tabaqaga mansub kishilarning ko‘payishi yoki ularning ehtiyojini qondirilishi bilan. balki industirial rivojlangan davlatlar aholisining bu jarayonga ommaviy tarzda qatnasha boshlagani va zamonaviy sayohat qilish madaniyatining shakllanganligi bilan ifodalash mumkin. Aynan shu paytga kelib dam olish maskanlarini tashkil qilish va ularni boshqarish uslublariga asoslangan kuchli turizm industriyasi vujudga keladi. Turli xil hordiq chiqarish maskanlari. mehmonxonalar. motellarni ommaviy tarzda qurish davom ettirildi. Ommaviy turizm 1970 yillargacha uzluksiz davom etdi. Bu davrda turistik sayohatdan maqsad jismoniy dam olib. ish qobiliyatini tiklashdan iborat edi. Bu model aholining psixologiyasida shakllandi va «YAxshi dam mehnatga hamdam» tushunchasi tarkib topdi. 1960-1970 yillarda Evropa mamlakatlarining iqtisodiy o‘sishi natijasida turizm bozorida talabning ortishi kuzatildi. Bunda ichki va tashqi turizm harakatlarida ekstensiv o‘sish ro‘y berdi. Bunga javoban turistik tashkilotlar va turistik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar hajmi ortdi.
Turistik firmalar «Uzluksiz ommaviy turizmga o‘ta boshladilar. standart xizmatlar» pekij turlar kombinatsiyasiga asoslangan edi. Uzluksiz turizmdan diferensial turizmga o‘tish modeli iqtisodiyotdagi «Ishlab chiqaruvchilar bozori»dan «Iste’molchilar bozori»ga asoslangan mezonda amalga oshirildi. Bozorlarning tovarlarga to‘lishi. ommaviy iste’molchilar turmush darajasining o‘sishi. ish sharoitlarining yaxshilanishi va bo‘sh vaqtning ortishi diferensial turizmning rivojlanishiga olib keldi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki. diferensial turizm har ikkala bozorda (ishlab chiqaruvchilar va istemolchilar bozorida) ham o‘z o‘rnini topdi. Iste’molchilar bozori diferensiallashgan turistik talab bilan tavsiflanadi. ya’ni iste’molchilarga turistik xizmatlarning keng asortimenti taklif qilina boshlandi va ayni vaqtda iste’molchilarning ham tanlash imkoniyatlari kengaydi. Turistik mahsulotlarning sifati va narxi. iste’molchilarning ijtimoiy bazasining kengayishi. turizmning ommaviylashuvini ta’minlaydi. unda nafaqat boy va o‘rta me’yordagi. balki aholining quyi qatlami ham ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilar turizm talabining yangi sigmentlarini o‘ylab topa boshlashdi. Ular taklif qilinayotgan xizmatlarning turlarini ko‘paytirishdi. taklifni diferensiallashtirib. uni umumiylashtirishdi. 1980 yillarga kelib Evropada turizm tendensiyasi batamom shakllandi va ommaviylashdi. Buning asosiy belgilariga quyidagilarni kiritish mumkin: axborot bilan ta’minlanganligi va bilim darajasining yuqoriligi; tovar va xizmatlar sifatiga qo‘yilgan talablarning oshishi; faol hayot kechirish usuliga moslashish; doimo o‘z bilimini oshirib borishga harakat qilish. Turizmda «ommaviy iste’mol» ko‘pgina rivojlangan davlatlar. ayniqsa. Evropa mamlakatlariga xosdir. Iste’molchilarning turizm bozoridagi harakatlarining yangi ko‘rinishlari va xususiyatlari shakllana boshladi. Bunda axborot hajmining ko‘payishi va erkinligi bilan bir qatorda. taklif qilinayotgan xizmatlarga ham yangi ilmiy va amaliy qarashlar vujudga keldi.