QO’SHIMCHA MATERIALLAR (VIDEOLAR, KEYS-STADILAR VA BOSHQALAR)……………………………………………………..
EKOLOGIYA VA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI KAFEDRASI ASSISTENTI D.OLIMOVANING “EKOTURIZM” FANI BO‘YICHA MODULI (elektron majmua) SILLABUS ( YO`NALISHNING NAMUNAVIY VA ISHCHI O`QUV REJASI, FANNING NAMUNAVIY VA ISHCHI O`QUV DASTURI) (tasdiqlangan variantini skaner shakllarini qo`yish talab qilinadi)...
1.1. Umumiy ma’lumotlar
1
OTM
SamDU
Manzili: Unisersitet xiyoboni, 15
2
Fakultet
Geografiya va ekologiya
Manzili: Geografiya va ekologiya fakulteti
3
Kafedra
Ekologiya
Manzili: Geografiya va ekologiya fakulteti
4
Bilim va ta’lim sohasi
Bilim sohasi:600000 – xizmatlar
Ta’lim sohasi: 630000 – Atrof muhit muhofazasi
5
Ta’lim yo‘nalishi, kurs, guruh
5630100 – Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (fan va ta’lim)
3-kurs, 6-semestr, 305-306 guruhlar
6
Fan (o‘quv soatlari)
Ekoturizm
O‘quv soatlari: ma’ruza – 38 soat am. mashg‘. – 64 soat mustaqil ish – 30 soat
7
Kursning davomiyligi
6 – semestr
03.02.2021 – 04.05.2021
8
O‘qituvchi (lavozimi, unvoni, elektron pochta)
Ma’ruza o‘qituvchisi: Olimova Dildora
ass, e-mail:a- d-olimova@ umail.ru
Amaliy m. o‘qituvchisi: Olimova Dildora
ass, e-mail:d-olimova@ umail.ru
9
Dars joyi va vaqti
Ma’ruza
Geografiya va ekologiya fakulteti 17 – aud., seshanba, shanba.
Amaliy mashg‘ulot
Geografiya va ekologiya fakulteti 17 – aud., seshanba, shanba.
10
Konsultatsiya
Geografiya va ekologiya fakulteti 17 – aud., seshanba, shanba.14.00 – 15.00
11
Shaxsiy grafik asosida ishlash vaqti
Ekologiya bo‘limi kabineti
Dushanba, chorshanba, shanba kunlari, 15.00 dan 17.00 gacha
1.2. Asosiy ma’lumotlar
1
Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni
Shularga binoan 2010 yilning dekabr oyida qabul qilingan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklari tomonidan BMTning Barqaror rivojlanish uchun ta’lim dasturiga binoan 2011-2012 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarida tegishli bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha ekologiya, tabiatdan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish sohasiga oid o‘quv-uslubiy majmualarni takomillashtirish va amalga joriy etish vazifasi kiritilgan.
Milliy ekoturizmni rivojlantirish o‘ta dolzarb masalalardan biri bo‘lib, u davlatimizni barqaror rivojlanishini ta’minlab beruvchi omillardan biridir. Ekoturizmning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari bevosita ekoturizm obektlarida aholini ish bilan ta’minlash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish muammolarini hal qilish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liqdir.
2
Fanning maqsad va vazifalari
Fanning o‘qitishdan maqsad – hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun tabiatdan turistik yo‘nalishda oqilona foydalanish sohasida talabalarga bilim, ko‘nikma va malakalarni berish.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan tarzda mazkur o‘quv faniga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
aholining ekologik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali o‘stirish;
ekoturizm orkali maxalliy axolini ijtimoiy muxofaza kilish masalalarini o‘rganish;
ekoturistik ob’ektlarni xar tomonlama baholash va ularni kadastrini olib borish;
O‘zbekiston hududida mavjud ekoturizm bo‘yicha rayonlashtirish bilan tanishib chiqish;
tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning mazmunini ekoturistik marshrutlarda aks ettirish;
mahalliy aholining ekologik ongi va madaniyatini o‘stirishda ekoturizmni jalb qilish masalalarini o‘rganish;
—buzilgan tabiat komplekslari ham ekoturistik ob’ekt ekanligini mazmunan anglash;
ekologik turizm-tabiatdan foydalanish, tabiatni muhofaza qilishning bir shakli ekanligi va ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib berish;
alohida muhofaza qilinadigan hududlar ekologik turizm ob’ekti ekanligini bilan tanishtirish;
— ekologiya va tabiat muhofazasi bo‘yicha olingan bilimlarni ekoturizm sohasida qo‘llay bilish;
davlatimizning ekoturizmga oid taktik reja va strategik dasturlar hamda rejalari bilan tanishish;
ekoturizmga oid ijobiy harakatlarni rag‘batlantiruvchi omillarni o‘rganish;