Nazorat savollari
1.Shahar va sanoat ekologiyasi fanining maqsadi, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi izohlab bering?
2.Shahar va sanoat ekologiyasini yaxshilash yo‘lida hissa qo‘shgan dunyo olimlari to’g’risida ma’lumot bering.
3.Dunyo shaharlarida ekologiya va gigienani rivojlanishi to’g’risida ma’lumot bering.
Ma’ruza 2. Sanoat va shahar ekologiyasi fanining shakllanishi - 2 soat.
Reja
1.Shaharlarning paydo bo‘lishi.
2.O’rta Osiyo mintaqasidagi qadimgi davlatlar, ular egallagan hudud nomi va ma’muriy tuzilishi
Shahar ekotizimining o‘ziga xosligi (Navoiy viloyati misolida).
Tayanch iboralar:
Miloddan avvalgi eng qadimgi davlatlar Xarapa madaniyati,bronza davri,kalta minor madaniyati,panjikent,Arxeologik topilmalar
Eng birinchi yirik shaharlar 4 ming yil oldin Mesopotamiya, Nil, Hind, Xuanxe daryolari vodiylarida vujudga kelgan. Shaharlarning vujudga kelishi iqtisodiy taraqqiyot bilan bog’lanadi. Shaharlar hukmdorlar yashovchi hududlar, bosh vazifasi mudofaa bo‘lgan qal’alar sifatida shakllangan. Bunday holatda ular strategik jihatdan eng qulay joyda bunyod qilingan. Meksika va Peru hududlarida Kolumbga qadar davrlarda ulkan shaharlar sivilizatsiyalari rivojlangan. Qadimiy Amerika va Yevrosiyo hududlari bir-biridan butunlay xabarsiz bo‘lsada ulardalgi shaharlar sivilizatsiyasi o‘z xususiyatlariga ko‘ra juda o‘xshash bo‘lgan.O‘rta asrlarda dunyodagi eng yirik shaharlar Nankin (470 ming kishi), Qohira (450 ming kishi), Vidjvanagar (350 ming kishi), Pekin (320 ming kishi) bo‘lgan. Yevropa mintaqasining eng yirik shahri Parij bo‘lib, uning aholisi 275 ming kishi bo‘lgan. Milan va Venetsiya shaharlari undan ikki barobar kichik bo‘lib, 19-asrda 870 ming aholisi bilan dunyoning eng yirik shahri bo‘lgan London aholisi o‘sha vaqtda 50 ming kishidan ortmaga 18 – asr boshida dunyo aholisining 10% dan kamrog’i shaharlarda yashagan. O‘rta asrlarda eng katta bo‘lgan shaharlar hozirgacha mavjud, ba’zilari rivojlanishdan to‘xtab qolgan va provintsiyalar markaziga aylangan yoki butunlay yo‘q bo‘lib ketgan.
Shaharlashish jarayonini qo’yidagi xususiyatlarda ko’rishimiz mumkin.
1) Shahar aholisi sonining o’sib borishida.
2) Ishlab chiqarishning shaharlarda to’planishida.
Shaharlar maydonining kengayib borishida jamiyat rivojlanishi tarixda shaharlarning ma’muriy markaz, madaniy markaz hamda iqtisodiy aloqalar qilinadigan markazlar sifatida roli ortib bordi. 1808 yilda dunyo aholisining 2,4 % ining shaharlarda yashagan bo’lsa, hozirgi kunda bu ko’rsatkich 47 % ga ortib ketdi.
Zamonaviy shaharlar tizimining shakllanishi 19-asrdan boshlanadi. 19-asrning boshida eng yirik shahar sifatida London hisoblanar edi, uning aholisi 865 ming kishi bo‘lgan. Yevropada ikkinchi o‘rinda Parij (550 ming kishi), uchinchi Neapol(340 ming kishi), ulardan keyin Sankt-Peterburg (330 ming kishi) va Vena(230 ming kishi) turgan. London va Parij shaharlari oralig’ida Osiyo shaharlaridan Pekin, Kanton (800 ming kishi) va Konstantinopol (Istambul) (570 ming kishi) turgan. Aholining shaharlarda to‘planib borishi, shaharlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatining ortib borishi butun jamiyat tarixi davomida ro‘y berib borgan.Faqat 19-asr boshidagina bu jarayonning tezlashishi kuzatildi. 1800 va 1900 yillar oralig’ida Yer yuzi aholisi 1,7 martaga ko‘paygani holda, shahar aholisining soni 4,4 martaga ko‘paydi, bu raqamlar XX asrda muvofiq ravishda 3,7 va 13,3 martani tashkil etadi. Zamonaviy yirik shaharlarning iqtisodiy, siyosiy va savdo markazlari sifatida rivojlanishi manufaktura va fabrika ishlab chiaqrishining paydo bo‘lishi bilan bog’lab izohlanadi. Shaharlarda aholining ko‘p to‘planishi energetikaning taraqqiyoti natijasida amalga oshdi, bu avvalo ko‘mirni, keyinchalik neftni qazib olish, tashish va foydalanish texnologiyasining takomillashuvi bilan bog’liqdir. Sanoat inqilobi davrida shaharlarning eng muhim funktsiyalari tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, boshqaruv va rayonlararo tovar ayirboshlash bo‘lib qoldi.
Miloddan avvalgi IV-III-II asrlarda qadimgi Xorazm mustaqil davlat bo’lib, Iskandar, Salavkiylar va Yunon-Baktriya davlatlari tarkibiga kirmagan. Bu hol Xorazmda o’ziga xos mahalliy davlatchilik tizimi rivojiga muhim omil bo’ldi.
O’rta Osiyoda Miloddan avvalgi 3 ming yillikning o’rtalarida bronza (mis, qalay va qo’rg’oshin qorishmasi) davri boshlanishi bilan ota urug’i - patriarxat topadi. Bronza davrida dehqonchilik xo’jaligi yangi erlarda, jumladan O’zbekiston hududida ham keng yoyilgan. Mazkur davrda ishlab chiqarish munosabatlari tez rivojlanib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar yangi asosda taraqqiy etadi.
O’rta Osiyoda qabilalar tomonidan yangi erlarni keng o’zlashtirish jarayoni miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri - 3 ming yillikda boshlangan. Zarafshonning yuqori qismida, Panjikent shahridan 15 km g’arbda topilgan 90 gektar maydonda joylashgan Sarazm qishlog’i harobasi moddiy topilmalarida Janubiy Turkmaniston ziroatchilari va Xorazmning Kaltaminor madaniyatlariga mansub buyumlar bor. Xuddi shu davrda (miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklarda) Afg’onistonning shimoli-sharqida Hind-Pokistonning mashhur Xarappa madaniyati vakillarining makonlari paydo bo’ladi.
Bronza davrida O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida baland bo’yli, boshi cho’zinchoq, yuzi tor odamlarning vakillari tarqalgan. O’rta Osiyoning shimoliy dasht va cho’l qismida janub aholisidan farq qilgan boshi dumaloq, yuzi juda keng va cho’ziq bo’lmagan qabilalar yashagan. Janubiy qiyofali odamlar O’rta er dengizi irqining vakillari deb ataladi. Ular Olb Osiyo, Mesopotamiya, Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyoning janubi, Hindiston kabi katta grafik hududga yoyilganlar. Shimoliy qiyofali odamlar Janubiy Sibir hududidan to Qozog’iston va O’rta Osiyoning shimoli-sharqiy qismida, Ural, Volga erlarigacha tarqalganlar.
Miloddan avvalgi 2 ming yillikning ikkinchi yarmida O’rta Osiyo hududida qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi, ya’ni dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan odamlar vakillarining aralishib ketishi jarayoni boshlanadi. Shu davrga kelib bronza davri qabilalari O’rta Osiyodagi turli elatlarga asos solganlar.
O’zbekiston hududida joylashgan shu elatlarning vakillari - so’g’dlar, baqtriylar, xorazmiylar va saklar, o’zbek xalqining qadimgi ajdodlaridan bo’lib, ular haqida ayrim ma’lumotlar qadimgi yozma manbalarda saqlangan.
Miloddan avvalgi 1 ming yillikdan boshlab, yirik madaniy-tarixiy viloyatlar - Xorazm, Baqtriya, So’g’d, Farg’ona, Shosh (Choch) qadimdan, to o’rta asrlargacha Sharq hududlarida juda mashhur bo’lgan.
Antropologik va yozma manbalarning ma’lumotlari O’rta osiyoda alohida eng qadimgi elatlarning shakllanishi va etnik hududlarning ajrala boshlashi miloddan avvalgi IX - VIII asrlarga oid bo’lgani haqida dalolat beradi. Bu masalani o’rganish juda murakkab muammo bo’lsa ham, shubhasiz aytib o’tish kerakki, miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida Erondagi ahmoniylar sulolasi podsholarning O’rta Osiyoga yurishlari boshlanganda bu elatlarning ajrala borish jarayoni butunlay tugagan va turli qadimgi xalqlarning hududiy joylashuv chegaralari, viloyatlarning umumiy chegaralari ahmoniylardan ancha oldingi davrlarda shakllangan edi. Yozma manbalarga ko’ra ahmoniylar O’rta Osiyoning alohida yirik viloyatlariga qarshi harbiy yurishlarni boshlaganlar. Demak, O’rta Osiyo viloyatlari va aholisi haqida, ularning hududiy joylashuvi va ayrim viloyatlarning chegaralari haqida Sharqda turli ma’lumotlar to’plangan edi.
Jahon tarixidagi ilk davlatlar dehqonchilik kabi ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar paydo bo’lgan joylarda shakllandilar. Ming yillar davomida faqat termachilik va ovchilik hisobiga yashab kelgan, dehqonchilikni bilmagan ko’pgina qabilalar va elatlar davlatchilik bosqichiga ko’tarila olmadilar.
Eng qadimgi davlatlar miloddan avvalgi 4-ming yillikda Ikki daryo oralig’ida (Mesopotamiya) va qadimgi Misrda paydo bo’ldi. Bundan 10 ming yillar ilgariyoq bu erda termachilik va ovchilik asosida ekinlarni etishtirishga va yovvoyi hayvonlarni qo’lga o’rgatish - chorvachilikka o’tish boshlanadi. Asta-sekinlik bilan dehqonchilik bu erdan qo’shni hududlarga (Kavkazorti, Eron, O’rta Osiyo, Hindiston, Xitoyga) tarqaladi. Miloddan avvalgi 3-2-ming yillikdayoq Qadimgi Sharq mamlakatlari o’rtasida qalin tarixiy-madaniy aloqalar mavjud edi.
Arxeologik topilmalar shuni ko’rsatmoqdaki, miloddan avvalgi 2-ming yillik o’rtalarida O’zbekiston (Surxon vohasi)da qadimgi dehqonchilik madaniyati rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o’tish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon bosqichma-bosqich rivojlanishining o’ziga xos xususiyat va qonunlarga ega edi.
Ilgarigi o’quv qo’llanmalari va darsliklarda ilk davlatlarning shakllanishini ekspluatatsiyaning paydo bo’lishi yoki boshqa kishilar mehnati bilan yaratilgan mahsulotni o’ziniki qilib olishning vujudga kelishi natijasida jamiyatning bir-biriga dushman sinflarga bo’linishi bilan bog’lab tushuntirilar edi. Aslida, turli manbalar ilk davlatchilikka o’tishda boshqacha tarixiy vaziyatni ko’rsatmoqda.
Dastlabki davlatlar alohida makonlar yoki ilk shaharlar hamda ishlov beriladigan erlar va sug’orish tizimi maydoni bilan chegaralangan nisbatan kichik hududda, ya’ni zich o’zlashtirilgan, xo’jalik va ishlab chiqarish maqsadida keng foydalaniladigan qadimgi sug’orma dehqonchilik vohalarida paydo bo’lgan. Bunday vohalar aholisi uchun tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, makonlar va manzilgohlar hududini mudofaa qilish, sug’orish va dehqonchilik ishlarini tashkil etish, jamoaning ichki va tashqi aloqalarini boshqarib turish masalalarni echish muhim va hayotiy zaruriyat edi.
Shu tariqa, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti jamiyatda alohida hurmat-e’tiborga bo’lgan kishilarning ajralib chiqishga olib keldi. Ular ijtimoiy ishlab chiqarishda doimiy band bo’lmasdan, faqatgina ijtimoiy va xo’jalik hayoti ustidan nazorat va rahbarlikni amalga oshirdilar. Lekin, ular na boy-badavlat kishilar, na ekspluatatorlar va na quldorlar edi. Jamiyatda bunday kishilarning ajralib chiqishiga ularning axloqiy xislatlari va obro’-e’tibori sabab bo’lgan xolos. Ammo bu muhit keyinchalikkina alohida to’q oilalarning paydo bo’lishiga olib keldi va asta-sekinlik bilan jamoadagi yuksak hurmatga asoslangan hokimiyat meros tariqasida otadan o’g’ilga o’ta boshladi.
O’rta Osiyoda dastlabki davlat uyushmalari ham dehqonchilik vohalari aholisini chetdan bo’ladigan bosqinchilardan himoya qilish va jamoadagi munosabatlarni huquqiy boshqarib turish uchun tashkil topdi.
Mustaqillik davri viloyat hayotining beistisno barcha sohalarida yuksalish, o`sish-o`zgarish yillari bo`ldi. Buni quyidagi fakt va raqamlar miqyosida aniq-ravshan ko`rish mumkin:
Viloyatda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulot hajmi 2003 yilga nisbatan 2010 yilda qariyb to`rt baravarga oshdi. Viloyat ahlining bu fidokorona mehnatidan topayotgan daromadi ham shunga yarasha bo`lmoqda. Agar 2003 yilda o`rtacha oylik ish haqi 74 ming 223 so`mni tashkil etgan bo`lsa, bugungi kunda ushbu ko`rsatkich 914 ming 980 so`mga yetdi.
Shu o`rinda, 2008 yilda butun jahon miqyosida boshlangan moliyaviy — iqtisodiy tanglik sabab dunyoning aksariyat mamlakatlarida o`sish sur`atlari sezilarli darajada tushib ketgan, ishlab chiqarish hajmi keskin kamaygan bulsa, mamlakatimizda kamdan-kam davlatlardagina kuzatilgan mo``tadil iqtisodiy yuksalish bardavom bo`lganligini katta quvonch bilan tilga olishimiz mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo`ljallangan eng muhim ustuvor yo`nalishlarga bag’ishlangan O`zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma`ruzasida bu ijobiy natijalarning asosiy sabab va omillarini chuqur izohlar ekan, jumladan, quyidagilarni ta`kidladi: «Yurtimizda yalpi ichki mahsulotning o`sish sur`atlari 2008 yilda 9 foiz, 2009 yilda 8,1 foiz, 2010 yilda esa 8,5 foizni tashkil etdi. Jahon moliya institutlarining xulosasiga ko`ra, bu dunyodagi eng yuqori ko`rsatkichlardan biri ekani, albatta, barchamizga mamnuniyat bag’ishlaydi». Albatta, bu natijalarning asosi, mustahkam poydevori sifatida Yurtboshimizning bunyodkor g’oyalari va tashabbuslari asosida ishlab chiqilgan hamda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab hayotga izchil tadbiq etib kelinayotgan taraqqiyotning o`zbek modelini ko`rsatish kerak. O`tish davrining butun murakkabligi, respublika iqtisodiyoti, siyosiy -ijtimoiy holati, aholining kayfiyati va dunyoqarashi, milliy mentalitetning o`ziga xos xususiyatlari singari nihoyatda muhim omillarni e`tiborga olgan holda yaratilgan bu model bugungi kunda butun dunyo afkor ommasi tomoni dan milliy taraqqiyotning g’oyat samarali koncepciyasi ekanligi keng e`tirof etilmoqda.
Agar Navoiy viloyati miqyosida olib qaraydigan bo`lsak, bu erda yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarishning o`sish sur`atlari 2008 yilda 108,1 foizga, 2009 yilda 108,2 foizga etganini, 2010 yil yakunida esa 108 foizdan oshganini ko`ramiz. 2010 yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlar umumiy hajmining 53,5 foizi viloyat sanoat korxonalarida, 12,5 foizi esa qishloq xo`jaligi sektorida yaratildi.
Yalpi hududiy mahsulot hajmida aholiga ko`rsatilgan xizmatlar ulushining ortib borayotgani mustaqillik yillarida mamlakatimizda xo`jalik yuritishni tarkibiy (strukturaviy) jihatdan isloh etish, ko`p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish siyosatining amaliy natijasi sifatida baholanmog’i kerak.
Yuqorida keltirilgan fakt va raqamlar, ta`kidlanganidek, O`zbekiston taraqqiyoti uchun tanlab olingan buyuk kelajak yo`lining naqadar to`g’riligidan, bu yo`l xalqimizning azaliy orzu-umidlarini ro`yobga chiqarishidan, eng muhimi esa, xalqning mazkur sa`y-harakatlar mazmun-mohiyatini teran anglayotganidan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |