Geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi


Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o`tkazish



Download 1,58 Mb.
bet8/84
Sana13.07.2022
Hajmi1,58 Mb.
#787173
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84
Bog'liq
Shahar sanoat majmua

Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o`tkazish
JADVALI

5 baholik shkala

100 ballik shkala




5 baholik shkala

100 ballik shkala




5 baholik shkala

100 ballik shkala

5,00 — 4,96

100

4,30 — 4,26

86

3,60 — 3,56

72

4,95 — 4,91

99

4,25 — 4,21

85

3,55 — 3,51

71

4,90 — 4,86

98

4,20 — 4,16

84

3,50 — 3,46

70

4,85 — 4,81

97

4,15 — 4,11

83

3,45 — 3,41

69

4,80 — 4,76

96

4,10 — 4,06

82

3,40 — 3,36

68

4,75 — 4,71

95

4,05 — 4,01

81

3,35 — 3,31

67

4,70 — 4,66

94

4,00 — 3,96

80

3,30 — 3,26

66

4,65 — 4,61

93

3,95 — 3,91

79

3,25 — 3,21

65

4,60 — 4,56

92

3,90 — 3,86

78

3,20 — 3,16

64

4,55 — 4,51

91

3,85 — 3,81

77

3,15 — 3,11

63

4,50 — 4,46

90

3,80 — 3,76

76

3,10 — 3,06

62

4,45 — 4,41

89

3,75 — 3,71

75

3,05 — 3,01

61

4,40 — 4,36

88

3,70 — 3,66

74

3,00

60

4,35 — 4,31

87

3,65 — 3,61

73

3,0 dan kam

60 dan kam


Tavsiya etilgan adabiyotlar ro`yxati
Asosiy adabiyotlar

  1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent. O`zbekiston nashriyoti, 2017.

  2. Mirziyoyev Sh.M.Qonun uctivorligi inson manfaatlarini ta`minlash –yurt taraqqiyoti va xalq forovonligining garovi. Toshkent. O`zbekiston nashriyoti, 2017.

  3. Mirziyoyev Sh.M.Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent. O`zbekiston nashriyoti, 2017.

  4. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlid, qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. Toshkent. O`zbekiston nashriyoti, 2017.

  5. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni PF-4947 son 07.02.2017 y.O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida.

  6. Ekologik ta`limdan barqaror rivojlanish ta`limi sari/A.N.Nigmatovning umumiy tahriri ostida. Toshkent.2007.

  7. Abirqulov Q.N., Abdulqosimov A., Xamdamov Sh.Ijtimoiy ekologiya.-T., 2004.

  8. Abirqulov Q.N.,Xojimatov A., Rajabov N., Atrof-muhit muhofazasi.-T., 2004.

  9. Rafiqov A.A., Abirqulov Q.N.,Xojimatov A.N. Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti. O`quv qo`llanma.T., 2004.

  10. Nigmatov A.N., Shivaldova N.S., Sultanov R.N. Ekologiya va barqaror rivojlanish. O`quv qo`llanma.T.,2004.

  11. O.Qudratov, «Sanoat ekologiyasi», T., 2001 y.

  12. X.T. Tursunov, T.U.Raximova. «Ekologiya» O’quv qo’llanma T., 2006 y.

  13. T. Raximova. «Ekologiya tabiatni muhofaza qilish». T., 2001 y.

  14. X.T. Tursunov. «Ekologiya va barqaror rivojlanish». Uslubiy qo’llanma. T., 2009 y.

  15. P. Baratov. «Tabiatni muhofaza qilish». T., 2003 y.

  16. A. Ergashev. «Umumiy ekologiya». T., 2003 y.

  17. Q. Ochilov. «Sanoat ekologiyasi». Ma’ruzalar matni majmuasi. Samarqand., 2012 y.



Qo’shimcha

1 Z. Izzatullayev, I.Shukurov., «Shaharning ekologik muammolari». Uslubiy qo’llanma. Samarqand, 2009 y.


2. Q.Ochilov. «Sanoat ekologiyasi». Ma’ruzalar matni. 2001-2005 y.
Web saytlar
1. http:www. Environment.ru.
2. http:www. Ecologye.ru.
3. http:www. Environ.com.
4. http:www. Ecolog. com.
5. http:www.clin. procl. Com.

2.O’TILAYOTGAN FANNING ASOSIY NAZARIY MATERIALI
2.1.MA’RUZALAR MATNI


Ma’ruza 1. Sanoat va shahar ekologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari - 2 soat.
Reja

  1. Kirish.

  2. Shahar va sanoat ekologiyasi fanining maqsadi, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.

  3. Shahar va sanoat ekologiyasini yaxshilash yo‘lida xissa qo‘shgan dunyo olimlari.

  4. Dunyo shaharlarida ekologiya va gigienani rivojlanishi.



Tayanch iboralar:Kommunal ekologiya, iptidoiy davr, eramizdan avvalgi, K.Korsun va daprovodi, feodal davr.

Hozirgi vaqtda ilmiy-texnika taraqqiyoti hayotda yangidan-yangi ekologik muammolarni keltirib chiqardi, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabat tubdan o‘zgardi. Mavjud ekologik muammolarni to‘liq o‘rganish va bartaraf etish maqsadida ekologiya fanining yangi tarmog‘i bo‘lmish Kommunal yoki shahar va sanoat ekologiyasi fani shakllandi. Shahar va sanoat ekologiyasi fani rivojlanayotgan yosh fanlar qatoriga kiradi. Shahar va sanoat ekologiyasi fanining rivojlanib borishi albatta odamlarni ekologik, tibbiy, ijtimoiy fanlar bo‘yicha tushunchalari xamda ularning dunyo qarashlariga bog‘liq. Kommunal yoki shahar ekologiyasi shahar, posyolka, qishloq aholisi xayoti va sog‘ligi bilan bog‘liq bo‘lgan va unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi salbiy omillarning oldini olishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.


Kommunal ekologiya ko‘p qirrali fan bulib, ilmiy asosga tayangan xolda insonning (sixat-salomatligini saqlash) yashash sharoitini yaxshilash uchun turli ekologik talablar ishlab chiqadi, konuniy ravishda bajarilishi zarur bo‘lgan normativ xujjatlarni tayyorlaydi va turli vazirliklar yordamida ekologik xamda sanitariya-gigiena qoidalari, ko‘rsatmalar, qo‘llanmalarni tasdiqlab, ularni amalda joriy qilinishini kuzatadi. Bu xujjatlarni asl maqsadi aholini ekologik va gigienik axvolini yaxshilash, kishilar uchun qulay yashash muxiti yaratishdir.
Shahar va sanoat ekologiyasining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

  1. Turar joylarni loyihalashtirish ekologiyasi.

  2. Atmosferani ekologik holatini yaxshilash.

  3. Aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlanishiga erishish.

  4. Suv havzalarini ekologik holatini yaxshilash.

  5. Fizik omillarni ahamiyatini to‘g‘ri baholash va ulardan to‘g‘ri foydalanish.

  6. Jamiyat xizmatida bo‘lgan binolarni ekologik va gigienik holatini yaxshilash.

Kommunal ekologiya fani biologiya, sanitariya-gigiena,meditsina, geografiya, astronomiya va shu kabi juda ko‘p fanlar bilan chambarchas bog‘lik. Albatta kommunal ekologiya fani kishilarga ta’sir etuvchi tabiiy va ijtimoiy muxitni o‘rganadi.Kishilar uchun qulay muxitni aniqlashga va yaratishga xarakat qiladi. Odamlar zich joylashgan shaharlarda ekologik va gigienik ko‘rsatkichlarni yomonlashuvi kishilar uchun katta xavf tug‘diradi. Shu sababli kishilar zich yashaydigan shahar sharoitida kishilarni toza suv, toza xavo bilan ta’minlash, shovqin va epidemiyalarning oldini olish juda muxim.
Qadim Turkistonda azaldan ekologik qarashlar mavjud bo‘lib kelgan. Insoniyat o’z evolyutsiyasi davomida tabiat qonunlariga bo‘y so‘nib kelgan. Shu davrlar davomida inson tabiat qonunlarini o‘rganib xam kelgan. Chunki bu tabiat qonunlarini o‘rganmasdan yoki bu qonunlarga moslashmasdan yashab qolish mumkin emas. Inson shu tabiat qo‘ynida yashar ekan, o‘ziga qulay muxit yaratishga xarakat qiladi. Ibtidoiy davrdan hozirgacha qurilgan uylar o‘rtasida tafovut juda katta. Yashab o‘tgan dunyo olimlari uy-joyni qanday qurish va qaysi muxitlarda qurish xaqida o‘z fikrlarini qo‘l yozmalarda meros qilib qoldirganlar. Eramizdan ilgari 460-377 yillarda yashab o‘tgan Gippokrat «Xavo, suv va joylar to‘g‘risida» nomli kitobida turar joylar xavosini, tuprog‘ini va suvini o‘rganishni tavsiya qilgan u shunday deb yozadi: «Kimki biror notanish shaharga borib qolsa u shaharning shamol yo‘nalishiga va quyoshga nisbatan qanday joylashganiga e’tibor berish kerak, sababi shaharning shimolga yoki janubga joylashishi inson salomatligiga turlicha ta’sir qiladi».
G’arbiy Yevropada yashab ijod qilgan yirik olimlardan Pettonkofer, Flyuger va boshqalar kommunal ekologiyani mukammal o‘rganish masalasini ko‘targanlar. Pettenkoferni fikricha kommunal ekologiyani o‘rganishda boshqa tashqi muhitni o‘rganuvchi fanlarning yordami juda muhim.
Kommunal ekologiya fanining tarakkiyotiga ulug‘ olim, O‘rta Osiyo tibbiyotining namoyondasi Abu Ali Ibn Sino, Ismoil Jurjoniy va boshqalar o‘z xissalarini qo‘shdilar. Masalan: Ibn Sino o‘z asarlarida yashash muxitida chang ko‘p bo‘lishi ham kishi umri qisqarishiga sababchi bo‘ladi deydi. U ayniqsa havo harorati va namligiga aloxida e’tibor beradi. Insonlar yilning turli fasllarida sog‘liqlarini saqlashning extiyot choralarini ko‘rishlari zarurligini uqtiradi. Ko‘pgina kasalliklar namlik oshganda yoki issiqlik darajasi haddan tashqari oshganda kelib chiqadi deydi va shuni e’tiborga olib odamlarga kun tartibini tavsiya qilish kerak deydi.
O‘rta Osiyolik olim Ismoil Jurjoniy kasallikni kelib chiqishiga 5 xil omil sabab bo‘ladi deydi:

  1. Iqlim.

  2. Oziq-ovqat va dori-darmon.

  3. Uyqu va uyqusizlik.

  4. Xarakat va xarakatsizlik.

  5. Haddan tashqari xursandlik va xafagarchilik.

Jurjoniy «Xorazmshox xazinasi» kitobida zax, namligi yuqori bo‘lgan joylarda uy qurganda poydevorini balandroq qurishni tavsiya etadi.
O‘lkamizda kommunal ekologiya va gigienani taraqqiy ettirishda keyingi avlod vakillari bo‘lishi professorlar A.Z.Voxidov, K.S.Zoirov, S.N.Bobojonov, Sh.T.Otaboev, T.I.Iskandarov, N.S.Tojiboeva, R.U.Ubaydullaev, M.I.Ilinskiy va boshqalar xizmati katta.
Har qanday fanning taraqqiyoti ijtimoiy formatsiyalar evolyutsiyasi bilan, texnika va madaniyat taraqqiyoti bilan maxkam bog‘langandir. Shu jihatdan kommunal ekologiya va gigiena tarixi turli davrlardagi ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlarning ta’sirini aks ettiradigan bosqichlarga bo‘linadi.
Tarixdan ma’lumki dunyonning hamma nuqtalarida kommunal ekologiya bir xil rivojlangan emas. Dunyoning bir nuqtasida kommunal ekologiya bo‘yicha ijobiy ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa, ba’zi joylarda odamlarni muhitga mos yashashlari saviyasi past bo‘lgan. Masalan: Qadimgi Hind va Xitoy qonunlarida (miloddan avvalgi 3000-4000 yillar) ovqatlanish va kundalik rejim, mehnat va dam olish tartibi to‘g‘risida gapirib o‘tiladi, murdalarni ko‘mish qoidalari ma’lum qilinadi. Eramizdan 1500 yil ilgari Misrda axlatlarni yo‘qotish va botqoqliklarini quritish ishlari uyushgan holda o‘tkazilar, sug‘orish sistemalari va vodoprovodlar barpo etilgan edi. «Iso Masix qonunlari»degan asarda (eramizdan 1600 yil oldin). Shaxsiy gigiena, ovqatlanish, mehnat qilish va dam olish tartibiga taalluqli bir qancha qoidalar keltiriladi. Shuningdek ichiladigan suvga qo‘yiladigan talablar va yuqumli kasalliklarga qarshi kurash choralari bayon qilinadi. Afinada suyuqliklarni tashlash va oqova suvlarni yo‘qotish uchun kanalizatsiya qurilgan edi. Bundan tashqari uy kurish va oziq-ovqat maxsulotlari ustidan sanitariya nazorati o‘rnatilgan edi. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish uchun qadimgi Yunonistonda binolar oltingugurt va xushbuy moddalar tutatib tozalanardi.
Qadimgi Rimni suv bilan ta’minlaydigan va kanalizatsiya inshoatlari o‘sha zamon uchun mo‘jizaning o‘zi edi. Qadimgi Rimda tog‘ buloqlaridan har bir kishiga bir kecha-kunduzda 0,5-1m3 suv yetkazib beradigan 14 ta yirik va 20 ta mayda vodoprovod bo‘lgan. Rimda axlatlarni yuqumsizlantirishni ibtidoiy usullari mavjud bo‘lgan. Narsa qushib, masallikni qalbakilashtirish va buzilgan oziq-ovqatni sotish ta’kib qilinar, binokorlik ishlari sanitariya nazorati olib borilar edi. Lekin qanchadan-qancha odamlarni qirib yuborgan Afinadagi toun, Rimdagi chechek, quzib turuvchi isitmalar, antik davr sanitariya bilimlari yetarli bo‘lmaganligini bildiradi.
Rossiyada ham qadimgi davrda shahar qurilishiga juda kata e’tibor berilganligini tarix ko‘rsatib turibdi. Arxeologik qazilmalar vaqtida bir qancha rus shaharlarida yo‘l qoplamalari qoldiqlari topilgan. Qadimgi Novgoroda X-XI asrlarda, Suzdalda XII asr boshlarida yog‘och yotqizilgan yo‘llar qurilganligi aniqlangan. Yog‘och yotqizilgan yo‘llar Moskvada ham bo‘lgan. Xolbuki G‘arbiy Yevropada bunday yo‘llar 1369 yildagina Nyurnbergda va faqat 1417 yilda Londonda paydo bo‘ldi.
X asrga oid qo‘lyozmalarda Korsun vodoprovodi tilga olib o‘tilgan. Novgorodda olib borilgan qazishlarda vodoprovod qoldiqlari topilgan. XV asrda Moskvada ham o‘zicha oqadigan vodoprovod bo‘lgan. Bundan tashqari rus shaharlarida jamoat xammomlari ko‘p bo‘lgan.
O‘rta asrlar (XI-XIX) G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida iqtisodiy va madaniy inqiroz davri bo‘ldi. Feodal zulmi va to‘xtovsiz urushlar oqibatida aholi qashshoq bo‘lib qoldi. O‘rta asrlarda xristian cherkovi baxt-saodat va jismoniy salomatlikdan jirkanishni targ‘ib qilib chiqdi. O‘rta asrlar Yevropasida antik madaniyat ham, madaniyatda yetishib kelayotgan yangi nixollari ham yo‘q qilib yuborildi. Katta-katta shaharlarda axlatlar uylarning derazasidan ko‘chaga tashlanganining o‘ziyoq sanitariya va ekologik madaniyatdan asar qolmaganini bildiradi.
Asriy ifloslarni tozalash ishi dastlab 1609 yildagina Parijda o‘tkazildi va 1780 yildagina bu yerda axlatni ko‘chaga tashlash odatiga qarshi kurashishga kirishildi. Ichki kiyim, choyshab, ko‘rpa hamda yostiq jildlari XVIII asrgacha noyob bo‘lib keldi. Bitliqilik juda ko‘p tarqalgan bo‘lib, qirol xonadonlarida ham uchrardi. Ovqat uchun tutiladigan aloxida idish Yevropada 15 asrda paydo buldi. Xojatxonalar odatda yo‘q edi, jamoat binolari (qasr, cherkov) shu qadar iflos bo‘lar ediki, xar narsaga o‘rganib qolgan aholi axlatlar chirishidan chiqadigan qo‘lansa xiddan bezor bo‘lar edi.
O‘rta asrlar tarixi xaddan tashqari katta epidemiyalar va Yevropa aholisining qirilishini bir kadar aks ettiradigan tarixdir. O‘rta asrlarda Yevropada chechak, tif, gripp epidemiyalari to‘xtamay davom etdi. Tanosil kasalliklari, teri va ko‘z kasalliklari keng tarqalgan edi. 16 asrda toun epidemiyasi 25 million kishini yostig‘ini quritdiki bu yevropadagi butun aholini to‘rtdan bir qismini tashkil etardi. Kommunal ekologiya va gigienani rivojlanishi Yevropada ulug‘ fransuz revolyutsiyasidan keyin boshlandi. 1823 yili Yevropada osiyo vabosi epidemiyasi boshlandi. Osiyoda toun epidemiyasi xavfi tug‘ildi. Shu muammolarning xammasi shaharlarda vodoprovod o‘tkazish, kanalizatsiya qurish zaruriyatini tug‘dirdi. Kommunal ekologiya esa asta-sekin taraqqiy etib kela boshladi.
Albatta tarixiy davrlar davomida kishilarda ekologik va gigienik bilimlar shakllanib kelgan. Mas: rus cherkovlaridagi muqaddas suv kishilarni ba’zi kasalliklardan tuzatgan. Bunga sabab suvga tashlangan kumush tangalar bo‘lgan, ya’ni kumushning suvdagi juda oz miqdori xam mikroorganizmlarni o‘ldiradi. Kishilar qo‘rgoshin va alyumin idishdan foydalanish kasallik keltirib chiqarishini sezib, bu idishlardan foydalanmay qo‘yganlar. Asrlar davomida ekologik bilimlarni asta-sekin rivojlanganiga sabab, albatta kishilarni dindorlar va amaldorlarning jamiyatni noto‘g‘ri boshqaruviga ko‘r-ko‘rona ergashganliklaridadir.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish