Kartalarni jihozlashning umumiy elementlari
Jihozlashning asosiy elementlariga: kartaning nomi, ramkasi (ichki va tashqi), legendasi qo’shimcha kartalar (karta-vrezkalar), diagramma, grafik, profil, fotosurat, badiiy surat va boshqalar; izohli matin (mashtab ko’rsatkichi, tashqi ma’lumotlar va h.k), kartaning hoshiyasiga taalluqlidir. Farmatni loyihalash, muqovani tanlash, muqovaning badiiy kopozitsiyasi, super-muqova, forzats, atlas va bo’limlarning titul varag’ini samarali joylashtirish –atlaslarni jihozlashning maxsus shakl va usullaridir.
Quydagi kartografik tasvirga taalluqli ayrim tashqi jihozlash elementlarining oqilona joylashtirilishi usularini ko’rib chiqamiz.
Kartaning nomi- o’quvchining birinchi navbatdae’tiborini qaratuvchi, mazmunni to’ldiruvchi element. Shu sababdan, ishlatiladigan shirifning o’lchami, surati, shuningdek, karta nomi aniq, ko’rgazmali va estetik jihatdan qulay joylashtirilishi lozim. Kartaning nomi yuqori ramkaga simmetrik holda yoki chap burchakda, shuningdek umumiy ramkaning ichki qismida bo’lishi mumkin, ba’zan u maxsus qo’shimcha ramka bilan ajratib ko’rsatiladi (49-rasm).
S tolda foydalanish uchun mo’ljallangan kartalarda ancha ingichka va shaffof rasmli akademik turdagi shriftlardan foydalaniladi. Bunday kartalar nomining o’lchami o’rtacha formatdagi karta varag’ida 2-5 mm gacha bo’ladi. Devoriy kartalarda yirik o’lchamdagi badiiy shrift ishlatiladi. Shrift o’lchami karta formati va masofadan o’qilishini hisobga olgan holda tanlanadi. Odatda, devoriy kartalarda shrift balandligi 3-5 sm ni tashkil etadi (50-rasim). Ramkalar kartografik tasvirni va kartadagi qo’shimcha elementlarni chegaralaydi. Ramka shakli to’g’ri burchakli, aylana, oval, trapetsiya va boshqacha bo’lishi mumkin. Ramkalar ichki va tashqiga ajratiladi.
Ichki ramka kartografik tasvimi chegaralaydi. Murakkab komponovkali kartalarda karta –vrezkani, asosiy kartaning legendasi yoki boshqa ma’no beruvchi qo’shimchalarni ajratib ko’rsatish uchun ichki ajratuvchi ramkadan foydalaniladi. Ajratuvchi ramkalar turiga ko’ra xilma-xil: to’g’ri burchakli, siniq chiziqlardan tuzilgan, ravon (lekal) qiyshiq chiziqlar va h.k.
Tashqi ramka kartani varqdagi bo’sh qolgan maydon (hoshiya) dan ajratib, asosan bezak vazifasini bajaradi.
Stolda foydalanish uchun mo’ljallangan spravochnik turidagi karta tashqi ramkasini bir yoki ikki chiziqli geometrik surat bilan tasvirlash maqsadga muvofiqdir. Turkim karta yoki atlas kartalari uchun yagona turdagi ramkalar tanlanadi.
Devoriy kartalarni jihozlashda turli yo’g’onlikdagi geometirik ramkadan ham, naqish va boshqa suratlar bilan bezatilgan badiiy ramkalardan foydalaniladi (51-rasm).Umumiy olganda , ramkalarni badiiy jihatdan jihozlash shrift ko’rinishi bilan karta nomi uyg’unlashuvini hisobga olgan holda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |