Diagramma grafik, profil (yon ko’rinishi), badiiy surat va boshqalar soni va ahamiyatiga ko’ra varaqning bo’sh joyida (ramka ichida) ko’rsatiladi ( O’zbekiston atlasi, 1982-y, 8-sinif o’quv atlasi).
Tushuntirish matinlar turlicha bo’lib, unda asosan karta masshtabi, tashqi ma’lumotlari, statistik jadvallar, tabiy, iqtisodiy, tarixiy va boshqa ma’lumotlar sharhlanib, kart mazmunini boyitadi.
Turistik kartalar va kompleks atlaslarning matni alohida ahamyatga ega.
Karta maydoni (tashqi ramka va varaqdagi kartadan bo’sh qolgan maydon) –Karta nomini yozish, masshtabini ko’rsatish, ba’zi qo’shimcha malumotlar; maslan: kartani nashirga tayyorlagan va nashir qilingan tashkilot nomi, yili; atlas kartalarda – sahifa nomeri, bezak vazifasini o’taydi. Maydon (hoshiya) o’lchami stol kartalari uchun 2-3 sm, devoriy kartalar uchun 3-5 sm dan ortmaydi. Badiiy qabul qilishni oshirish maqadida rangli hoshiyalardan foydalanish mumkun. Tashqi jihozlash elementlari tashqi ramkaga nisbatan joylashtiriladi. Bunda turli usullardan foydalanish mumkun (53-rasim).
K artaning tashqi qismini jihozlashda qo’shimcha elementlar bilan boyitishning turli darajalari mavjud. Ko’pgina kartalarda iloji boricha bo’sh o’rinlardan samarali foydalanishga harakat qilinib, bunda karta mazmunan boyishi, o’qishning qulayligi, badiiy jihatdan qabul qilish hisobga olinadi (54-rasim).
B ir varaqda bir necha kartani joylashtirganda ularning kompozitsiyasi ancha murakkablashadi. Bunday vaziyatda ahamiyatga molik kartani kompanovkaning asoasiy qismida va shunga ko’ra boshqalari ko’rsatiladi. Masalan: 8-sinif O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi atlasidagi “O’zbekistoning iqtisodiy aloqalari” kartasi. Maktablar uchun chiqarilgan o’quv kartalarida asosiy karta bilan birgalikda vrezka, diagramma, legendadan tashqari e’tiborni tortadi. Kartaning tashqi elementlari maydonlarni bir necha rang yordamida jihozlash; masalan: asosiy karta legendasi- och kulrangda qo’shimcha karta – och pushti, diagramma va grafik – oq fonda (8-sinif va 6-sinif atlaslari) berilishi kartadagi qo’shimcha malumotlarni oson farqlashni va ko’rgazmaliligini estetik jihatdan ko’rinishini ta’minlaydi. Noto’g’ri tanlangan kompozitsiya kartaning ko’rinishi, mazmunan o’qilishini ham qiyinlashtiradi.
Qadam: My Computer D disc AcademicYear2014_2015 Geography Group1 Project katologi ichiga kirib AdministrativeMap.prj loyihasi ustida dobl klik qling; loyiha ochilishini kuting!
Do'stlaringiz bilan baham: |