Geografiya 10 sinf 2017. indd



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

geotizim
  tushunchasi  fanga  kiritildi  va  ta’limoti  yaratil-
di.  Bu  tushuncha  geografi yaning  obyektini  aniqroq  va  mukammalroq 
ta’rifl ashi  barcha  tomonidan  e’tirof  etildi.  Hozirgi  paytda  geografi k 
tadqiqotlarda  tizimlar  haqidagi  ta’limotga  amal  qilinadi  va  o‘rganish 
obyekti  tizim  deb  qaraladi.
Akademik  V.  B.  Sochava  quyidagicha  ta’rif  beradi: 
Geotizim
  –  bosh-
qariluvchan  tizimlarning  alohida,  o‘ziga  xos  sinfi ;  Yer  yuzasidagi  kom-
ponentlari  bir-biri  bilan  tizimli  aloqada  bo‘lgan  hamda  ma’lum  yaxlitlik 
sifatida  fazo  qobig‘i  va  kishilik  jamiyati  bilan  o‘zaro  ta’sirda  bo‘ladi-
gan  barcha  o‘lchamdagi  makon. Yaxlit  bo‘lish  bilan  birga,  kichik  tizim-
larga  bo‘linadigan  bu  tizimlar  sayyoraning  yuzasini  to‘liq  qamrab  oladi, 
shu  bilan  bir  qatorda  uning  bir  bo‘lagi  sifatida  uncha  katta  bo‘lmagan 
makonda  mustaqil  mavjud  bo‘ladi  va  maxsus  faoliyatni  bajaradi.
Mazkur  ta’rifga  ko‘ra,  geotizimni  o‘zaro  bog‘liq  komponentlar ning 
to‘g‘ri  va  teskari  aloqalar  orqali  birlashgan  hamda  bir-biri  bilan  o‘zaro 
ta’sirda  bo‘ladigan  tabiat  va  jamiyat  kichik  tizimlaridan  iborat,  mod-
diy-energetik  bir  butun  yaxlit  holdagi  hududiy  tizim  deb  qarasak  bo‘la-
di.  Geotizim  insonning  haqiqiy  yashash  muhiti,  xo‘jalik  faoliyati  bevo-
sita  yoki  bilvosita  ta’sir  etadigan  tabiiy,  tabiiy-antropogen  (o‘zgartirilgan 
tabiiy)  yoki  antropogenlashgan  (inson  tomonidan  kuchli  o‘zgartirilgan) 
hududiy  tizim  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Geotizimni  tashkil  qiluvchi  va 
uni  rivojlantiruvchi  komponentlarning  o‘zaro  ta’sir  va  aloqadorliklari 


37
ular  orasida  muttasil  ro‘y  berib  turadigan  modda  va  energiya  alma-
shinishining  natijasi  bo‘lib,  bu  almashinish  moddaning  aylanishi  va 
energiya  oqimi  shaklida  bo‘ladi.  Geotizimdagi  modda  va  energiya ning 
harakati  uning  tarkibiy  qismlarini  –  kichikroq  geotizimlarni  va  tabiat 
komponentlarini  hamda  antropogen  obyektlarini  bog‘lab  turadi  hamda 
bir  butunligini  ta’minlaydi.
Geotizimlarning 
modda va energiya almashinuvi
 
xususiyatiga
  ko‘ra 
ikki  turi  ajratiladi: 
a)  modda  va  energiya  almashinuvi  chegarasidan  tashqariga  chiqmay-
digan  yopiq  geotizimlar.  Masalan,  geografi k  qobiq;
b)  modda  va  energiya  almashinuvi  chegarasidan  tashqariga  chiqadi-
gan  ochiq  geotizimlar.  Masalan,  landshaftlar.
Geotizimlarning
 ko‘lamiga
,  ya’ni  katta-kichikligiga  qarab  V.  B.  So-
chava 
sayyoraviy, regional, topologik
  darajalarini  ajratadi.  Mazkur 
sayyoraviy,  regional  va  topologik  (mahalliy)  ko‘lamdagi  geotizimlarning 
har  biri  o‘ziga  xos  hajmi,  yoshi  bilan  tavsifl anib,  o‘ziga  xos  modda  va 
energiya  almashinishi  shakliga  egadir.  Ushbu  uch  ko‘lamdagi  geotizim-
lar  yoshi  jihatidan  ham  bir-biridan  farq  qiladi.  Masalan,  sayyoraviy  va 
regional  ko‘lamdagi  geotizimlarning  yoshi  geologik  davrlar  o‘lchami 
bilan  o‘lchansa,  topologik  ko‘lamdagi  geotizimlarning  yoshi  esa  bir 
necha  o‘nlab,  yuzlab  ming  yillar  bilan  o‘lchanishi  mumkin. 
Sayyoraviy  ko‘lamdagi  geotizimlarga  geografik  qobiq  kiradi. 
U  eng  katta  va  eng  murakkab  geotizim  bo‘lishi  bilan  bir  vaqtda 
juda  ko‘p  va  turli  taksonomik  qiymatga  ega  bo‘lgan  geotizimlarga 
tabaqalangandir.  Regio nal  darajadagi  geotizimlar  quyidagilar:  ma-
teriklar,  o‘lkalar,  zonalar,  provinsiyalar,  okruglar,  rayonlar.  Bu  yerda 
biz  faqat  quruqlikning  geotizimlarga  bo‘linishini  ko‘rsatdik.  Suvlik 
esa  boshqacha  bo‘linadi.  Topologik  (kichik)  ko‘lamdagi  geotizimlar 
–  landshaft,  joy,  urochishe,  fatsiya. 
Geotizimlar  (fatsiyadan  boshqalari)  o‘z  ichki  tuzilishi  jihatidan  bir 
vaqt ning  o‘zida  ham  bir  butundir,  ham  xilma-xildir,  ya’ni  o‘zidan 
kichik  bo‘lgan  geotizimlardan  tashkil  topgan.  Bu  geotizimlar  o‘zining 
katta-kichikligiga  bog‘liq  holda  pog‘onasimon  taksonomik  qiymatga 
egadir.  Masalan,  geografi k  qobiq  o‘zidan  kichikroq  bo‘lgan  geotizim-
lar  –  quruqlik  va  okeanlarga,  quruqlik  esa,  o‘z  navbatida,  materiklarga, 
materiklar  esa  o‘zidan  kichikroq  bo‘lgan  geotizimlar  –  tabiiy  geografi k 
o‘lkalardan  tashkil  topgan  va  h.k.


38
Geotizimlarni  katta-kichikligi  bo‘yicha,  ya’ni  pog‘onasimon  qo‘yib 
chiqilsa,  quyidagicha  bo‘ladi:  geografi k  qobiq–quruqlik–materiklar  –ta-
biiy  geografi k  o‘lkalar–tabiiy  geografi k  zonalar–tabiiy  geografi k  provin-
siyalar–  tabiiy  geografi k  okruglar  –  tabiiy  geografi k  rayonlar  –  land-
shaftlar  –  joylar  –  urochishelar  –  fatsiyalar.  Lekin  geotizimlar,  odatda, 
yuqorida  aks  ettirganimizdek,  birin-ketin  emas,  balki  kichik  geotizimlar 
birgalikda  kattalarini,  ular  esa,  o‘z  navbatida,  undan  kattaroqlarini  hosil 
qilib,  ya’ni  “kattasining  ichida  kichiklari”  joylashgandir.
Geografi k  tadqiqotlarda  yuqorida  keltirilgan  geotizimlardan,  asosan, 
landshaft va uning qismlari bo‘lgan joy, urochishe va fatsiya o‘rganiladi. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish