Geografiya 10 sinf 2017. indd



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

Qor  chizig‘i
  –  tog‘lardagi  shunday  chegaraki,  undan  balandda  qor  yil 
bo‘yi  erimay  turadi.  Qor  chizig‘ining  balandligi  joyning  geografi k  o‘rni-
ga,  iqlimi,  yog‘in  miqdori,  yonbag‘ir  ekspozitsiyasiga  bog‘liq.  Qancha-
lik  havo  harorati  past  va  yog‘inlar  ko‘p  bo‘lsa,  shunchalik  qor  chizig‘i 
pastda  joylashadi.  Qutbiy  kengliklarda  u  dengiz  sathidan  o‘tadi.  Qut-
biy  kengliklardan  tropiklargacha  qor  chizig‘ining  balandligi  ko‘tarilib 
boradi.  Frans-Iosif  Yerida  50–100  m,  Shpitsbergen  arxipelagida  400–
450  m,  Kavkazda  2700–3800  m  balandlikdan  o‘tadi.  Uning  eng  baland 
joylashishi  tropiklarga  to‘g‘ri  kelib  5800–6000  m  balandlikdan  o‘tadi. 
Tropiklarda  bunday  balandlikdan  o‘tishiga  sabab  haroratning  yuqoriligi 
va  yog‘inlarning  juda  kamligidir.  Ekvatorda  esa  qor  chizig‘ining  ba-
landligi  4500  m  gacha  pasayadi.  Bunga  sabab  yog‘inlarning  ko‘pligi, 
haroratning  biroz  pastligidir.         
Qor  chizig‘ining  balandligi  faqatgina  qutblardan  ekvatorga  tomon 
emas,  dengiz  va  okeanlardan  materik  ichkarisiga  tomon,  ya’ni  uzoq-
lik  bo‘yicha  ham  ko‘tarilib  boradi.  Mo‘tadil  mintaqada  qor  chizig‘ining 
chegarasi  g‘arbiy  okeanbo‘yidagi  dengiz  iqlim  o‘lkasidan  materik  ich-
karisidagi  keskin  kontinetal  iqlim  o‘lkasiga  tomon  ko‘tarilib  boradi. 
Masalan,  Alpda  qor  chizig‘i  1000–1300  m,  G‘arbiy  Kavkazda  2700 
m,  Tyanshanning  Xontang ri  qismida  4200  m  balandlikda  joylashgan. 
Bunga  sabab,  dengiz  iqlim  o‘lkasida  yog‘inlar  ko‘p,  yoz  salqin.  Keskin 
kontinental  iqlim  o‘lkasida  esa,  aksincha,  yog‘inlar  kam,  yoz  esa  issiq 
va  quyoshli,  uzoq  davom  etadi.
Balandlik  mintaqalanishi,  yonbag‘ir  ekspozitsiyasi,  qor  chizig‘i,  cho‘l,  adir,  tog‘, 
yaylov, qor va muzliklar.
1. Balandlik mintaqalanishiga nima sabab bo‘ladi?
2. Qor chizig‘i nima?
3. Balandlik mintaqalari soni nimalarga bog‘liq?
4. Quyi sinfl arda va biologiya fanidan olgan bilimlaringizdan foydalanib O‘zbekis-
tondagi balandlik mintaqalari tabiiy sharoitining o‘ziga xos xususiyatlarini daf-
taringizga jadval shaklida yozing.


36

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish