Geografiya 10 sinf 2017. indd



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

Azonallik  qonuniyati
  zonallik  qonuniyatidan  farq  qilib,  Yerning 
ichki  jarayonlari  va  mahalliy  omillar  tufayli  tabiat  komponentlari  va 
geotizimlarning  o‘zgarishi. Azonallikning 
omillari
  – Yer  yuzini  qopla gan 
tog‘  jinslaridagi  va  relyef  tuzilishidagi  tafovutlar,  grunt  suvlari  sathi ning 
relyef  va  tog‘  jinslarining  suv  o‘tkazuvchanlik  xususiyatiga  qarab  o‘zga-
rishi,  insonning  xo‘jalik  faoliyati  va  h.k.  Bu  omillar  kenglik  zonallik 
qonuniyatiga  bo‘ysinmaydi.  Ayniqsa,  geologik-geomorfologik  omillar 
Yerning  ichki  kuchlari  bilan  bog‘liq  bo‘lgani  uchun  boshqalariga  nis-
batan  keng  qamrovlidir.  Geologik  omillar  ichida  neotektonik  (hozirgi 
zamon  tektonik)  harakatlar,  ularning  Yer  yuzining  turli  joylarida  har  xil 
kuch  va  jadallikda  ro‘y  berayotgani  eng  muhim  omillardir.  Shuningdek, 
tog‘  jinslaring  kimyoviy  va  fi zik  xususiyatlari  ham  faol  ta’sir  ko‘rsatadi. 
Masalan,  tarkibida  tuzlar  keng  tarqalgan  tog‘  jinslari  tarqalgan  joylar-
da  sho‘rxoklar,  suvda  tez  eriydigan  tog‘  jinslari  tarqalgan  joylarda  esa 
karstlar  avj  olib,  tuproq-o‘simlik  qoplamining  va,  oxir-oqibatda,  land-
shaftlarning  zonal  xususiyatlarini  o‘zgarishiga  sabab  bo‘ladi. 
Yer  yuzasining  nishabligi  kichik  bo‘lgan  joylarda,  odatda,  grunt  suv-
larining  sathi  yuza  joylashgan  bo‘ladi.  Bunday  sharoitda  atmosfera 
yog‘inlari  va  atrofdan  kelgan  oqar  suvlar  hisobiga  ortiqcha  namlik 
to‘planib,  botqoqliklar  vujudga  keladi.  Masalan,  G‘arbiy  Sibir,  Kongo 


32
botig‘i,  La-Plata,  Orinoko  pasttekisliklarida  botqoqliklar  keng  tarqalgan. 
Botqoqlik 
–  ortiqcha  namlik  sharoitida  doimo  yoki  uzoq  vaqt  zax  bo‘lib 
yotadigan,  namsevar  o‘simliklar  va  torf  qatlami  (30  sm  va  undan  or-
tiq)  mavjud  bo‘lgan  yerlar.  Botqoqlarda  o‘simlik  ildizlari  torf  ostidagi 
tuproq-gruntga  yetib  bormaydi.  Agar  torf  qatlami  bo‘lmasa  yoki  yupqa 
(30  sm  dan  kam)  bo‘lsa, 
botqoqlashgan
  yerlar  deyiladi.  Botqoqlar  tun-
dra,  o‘rmon  tundra,  tayga  va  nam  ekvatorial  o‘rmonlar  kabi  tabiat  zo-
nalarida  keng  tarqalgan.           
Cho‘l  tabiat  zonasida  joylashgan  O‘zbekistonda  ham  azonal  omil-
lar  tufayli  zonallik  qonuniyati  “buzilib”,  o‘ziga  xos  landshaftlar  shakl-
langan.  Qizilqum  va  Ustyurtning  botiq  relyef  shakllarida  sho‘rxoklar 
vujudga  kelgan.  Sho‘rxoklarning,  ayniqsa,  Ustyurtda  keng  tarqalishiga 
sabab  relyefning  botiqligidan  tashqari  bu  yerda  tez  eruvchan  ohaktosh, 
gips,  mergel  kabi  jinslarning  keng  tarqalganligidir.  Daryolarning  qa-
yirlarida  esa  rel yefning  tekisligi,  grunt  suvlarining  yer  betiga  yaqinligi 
va  mikroiqlimning  atrofdagi  cho‘ldan  namroq  va  salqinroq  bo‘lganidan 
to‘qaylar  shakl langan. 
To‘qay
  –  daryo  bo‘ylaridagi  daraxt  –  buta  –  o‘t 
o‘simliklaridan  iborat  qalin  changalzor  o‘rmon. 
Insonning  xo‘jalik  faoliyati  ham  tabiat  zonalari  ichida  ularga  xos 
bo‘lmagan,  ya’ni  “azonal”  landshaftlarni  vujudga  keltirmoqda.  Ma-
salan,  O‘zbekistonda  cho‘llarga  suv  chiqarilib,  o‘zlashtirilishi  oqibatida 
katta-katta  maydonlar  vohalarga  aylantirilgan.
 Voha
  –  cho‘l  va  chala-
cho‘llarda  suv  chiqarilib  obod  qilingan  yer.  Agar  O‘zbekistonning  aho-
li  xaritasiga  qarasangiz,  aholisi  eng  zich  hududlar,  yirik  va  katta  sha-
harlarning  barchasi  vohalarda  ekanini  ko‘rasiz.     
Yer  yuzi  tabiiy  sharoitining  xilma-xilligi  va  rivojlanishi  zonal  va 
azonal  omillarning  yig‘indisi  va  o‘zaro  ta’siri  natijasidir.  Geografi k  qo-
biqda  faqat  zonal  xususiyatlar  yoki  faqat  azonal  xususiyatlar  uchray-
digan  bironta  joy  yo‘q.  Zonal  hamda  azonal  xususiyatlar  hamma  vaqt 
va  har  doim  birga  uchrab,  o‘zaro  ta’sirda  bo‘ladi.         
Zonallik qonuniyati, kenglik zonalligi, sektorlik, tabiat zonalari, azonallik, azonal 
omillar, botqoqlik, to‘qay, voha. 
1. Geografi k qobiqda zonallik qonuniyati nima sababdan yuzaga keladi?
2. Kenglik zonalligi va sektorlik nima?
3. Azonal omillarga nimalar kiradi?
4. O‘zingiz yashab turgan joydagi azonal tabiat komplekslari haqida aytib bering.


33

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish